2- mavzu: mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati
Download 25.08 Kb.
|
2M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishki marosimlar folklori
“Yo, haydar” qo`shig`ida shamol homiysi sifatidagi haydar aslida Muhammad payg`ambarning kuyovi hazrati Ali bo`lib, unga shunday murojaat qilinadi:
Haydar-haydar, Ota-onang o`libdir, Moli senga qolibdir, Bolang suvga oqibdir, Shamolingni qo`yib ber. Emishki hazrat Ali barcha tabiat hodisalari, jumladan, shamolning ham otasi sifatida uni o`z ixtiyorida tutib saqlarmish. Unga shu xilda murojaat qilinganda esa, tutib turgan shamolni qo`yibyuborarmish. Ikkinchi bir talqinda u Duldulini minib, qamchi bosarmish. shunda ot shiddat bilan chopayotganida yolining ko`tarilib tushishidan shamol hosil bo`larmish. M.Jo`rayevning fikricha, yalli momo turkiy xalqlar mifologiyasida shakllangan obrazlardan biri bo`lib, choy momoga qaraganda qadimiyroqdir. Chunki unda shamol egalariga qurbonlik qilishning o`ziga xos bir ko`rinishi – shamol qo`g`irchoq yasab, dafn etish udumi saqlangan.1 Qishki marosimlar folkloriga “gap-gashtak” va “yas-yasun” marosimlari kiradi. Ular mehnat jarayoni bilan bog`liq emas. “Gap-gashtak” marosimi ba’zi joylarda gapxo`rlik deb ham yuritiladi. Unga ko`ra, dala mehnatidan bo`shagan erkaklar uzun qish kechalarini zerikib o`tkazmaslik uchun o`z uylarida yo choyxonalarda galma-gal ziyofat berishgan. Uni boshqaruvchi oqsoqol va yordamchisi bo`lib, ziyofat navbatini, tartibini, unda o`ynaladigan o`yinlarni nazorat qilgan va boshqarib borgan. Ziyofat oldidan polvontavoq kimning oldiga eltib qo`-yilsa, ziyofat gali o`shaniki sanalgan. O`tirish choyxo`rlikdan boshlanib, ishtirokchilar xohishiga ko`ra tayyorlangan taom tanovulidan keyingi o`yin- kulgilar bilan allamahalgacha davom etgan. Yarim tunda palov suzilgan. yana o`yin-kulgi va choyxo`rlik davom etgan. Nihoyat, davraboshi ruxsati bilan gapxo`rlar uy-uylariga tarqalganlar. Bunday gashtaklarda mayxo`rlik bo`lmagan. Bu marosim shaxsda o`zini davralarda tuta bilish, mehmon kutish va uning ko`nglini olish malakasini shakllantirgan va targ`ibot-tashviqot olib borish vazifasiga ko`ra madaniy-oqartuv xizmatini ado etgan. “Yas-yasun”ko`chmanchi chorvadorlar o`rtasida qimizxo`rlik marosimi sifatida yuzaga kelgan bo`lib, uning ma’nosi davrada o`tirish qoidalari demakdir. Ba’zi joylarda u “bo`zaxo`rlik” yoki “ko`na o`tirishlari” deb ham yuritiladi. “Yas-yasun” sherdada o`tkaziladi. Sherdaning raisi, o`ng va chap otaliqlari (o`rinbosarlari) butun marosimga rahbarlik qiladi. Eshik og`asi (sherda o`tadigan uy xo`jayini), biy va uning o`rinbosarlari beradigan buyruqlarni bajartiruvchi yasovul, kosagul (soqiy) kabi javobgar shaxslar ham marosimda muhim vazifa bajaradilar. Marosimning quyidagicha shartlardan iborat qat`iy talablari mavjud. Ishtirokchilar: – kosagul uzatgan bo`zani bir nafasda ichib yuborishlari lozim; – kosadagi bo`zani to`kmasliklari yoki to`kib yubormasliklari shart; – doim cho`kka tushib o`tirishlari va biy ruxsatidan so`nggina oyoq uzatib yoki yonboshlab o`tirishlari mumkin; – sherda oxiriga qadar mastlik qilmay, odob saqlashlari shart; – sherda o`tirishini faqat biy yoki eshik og`asi ruxsati bilangina tark etishlari mumkin; – biy yoki o`rinbosarlarning topshiriqlarini so`zsiz ado etishlari lozim; Kosagul sherda ishtirokchilariga bo`za tutganida turli to`rtliklar aytmog`i va sherda a’zolari ham unga javob qaytarmog`i shart. Marosimda aytilgan to`rtliklarning sharti shuki, birinchi band qaysi so`z bilan boshlansa, ikkinchi band ham o`sha so`z bilan boshlanmog`i, shu asosda bandlararo anafora yuzaga kelib, ritmik-kompozision yaxlitlik ta’minlanishi shart. Masalan, kosagul sherda ishtirokchilariga bo`za uzata turib, shunday murojaat qiladi: Alyor bo`lsin-ay, Xo`jam yor bo`lsin-ay. Xo`jam bergan davlatga Dushman zor bo`lsin-ay. Kosagulning bunday murojaat qo`shiqlari turlicha bo`lishi mumkin, eng muhimi, bir to`rtlik qayta takrorlanmasligi lozim. Bo`za uzatilgan kishi kosani ola turib, kosagulni yoki bo`zani alqab juft bayt yoki juft to`rtlik aytmog`i, bunda ikkala bayt ham yoki to`rtlik ham bir so`z yoki ibora bilan boshlanmog`i shart. Chunonchi: Bo`za ichdim-boshga chiqdi xumori, Yor qo`ynida qoldi bo`ynim tumori. hech bahona topmas edim borgani, Xo`b bahona bo`ldi bo`yning tumori. Bo`zaning piyolasi ham lolasi, Yigitga hamdam bo`lur qaynonasi. Ul yigit chiqsa bo`zadan mas(t) bo`lib, Oldiga o`ynab chiqar jononasi. Yas-yusun marosimida aytiladigan bunday qo`shiqlar Turkiston, Sayram, qarnoq va Iqon atroflarida “haqqonalar yoki ko`nalar” deb yuritilsa, boshqa joylarda “bo`zagarlar qo`shig`I” deb yuritiladi. Download 25.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling