2- mavzu. O’rta asrlarda jismoniy tarbiya va sport
Download 128 Kb.
|
LIJnJJLGtudN803QCIzuGYbDreuDqhIv
Qirollar o’zboshimcha mahalliy feodal ritsarlarga qarshi kurashda shahar lashkarining harbiy qudratiga tayangan va shuning uchun shaharliklarning harbiy-jismoniy tayyorgarkigini takomillashtirishda shaharlarni qo’llab-quvvatlar edi. Shaharlarda kamalak otish odatini rag’batlantirish yuzasidan qirollarning ko’p sonli farmoyishlari chiqarilgan edi. Qirollar shaharliklarni bevosita harbiy tayyorgarlikdan chalg’itadigan o’yinlarnigina ta’qiqlagan edilar. Shaharliklar hayotida to’p bilan o’ynaladigan turli xalq o’yinlari keng tarqalgan edi. Ingliz shaharlari ko’chalarida futbol o’ynalar edi. Fransiyada «kross» va «jo de pom» singari o’yinlar juda ommalashgan edi. Shaharlar katta bo’lmaguncha, barcha o’yinlar va musobaqalar shahardan tashqaridagi dala va yaylovlarda o’tkazilgan edi.
Biroq keyinchalik shaharlar o’sib, o’yinlar shahar ko’chalarida o’tkazila boshlandi. Shahar zodagonlari bu o’yinlarni ta’qiqlash uchun harakat qilganar. Masalan, 1314 yil London savdogarlari iltimosi bilan ingliz qiroli Eduard II shahar ichida katta to’p bilan o’ynaladigan o’yinlarni tasodifiy tomoshabinlar, yo’lovchilar va hatto imoratlar uchun xavfli, deb ta’qiqlagan. «Jo de pom» o’yinidagi o’zgarishlar shahar sharoitlarining o’yinlar taraqqiy etishiga bo’lgan ta’sirini yaqqol ko’rsatadi. XIV asrgacha «jo de pom» o’yini hamma joyda: dalada, ritsarlik qal’alarida, shahar qal’alari yonida, cherkov maydonlarida va boshqa yerlarda o’ynalgan edi. Keyin esa bu o’yin uchun atrofi yopilgan maxsus maydonlar qurilgan. Bu maydonlar ustiga to’r o’rnatilib, bu to’r ustidan to’pni ilgarigidek qo’l bilan emas, balki raketka yordamida qaytarib otish lozim edi. XIV asr oxirida Fransiyada bu o’yin uchun hatto maxsus binolar ham qurilgan. Angliyada futbol o’yini ham taxminan xuddi shunday taraqqiy etdi. Ilgarigi vaqtlarda bu o’yin dehqonlar o’yini edi. Hosil yig’ib olingandan keyin qo’shni qishloq dehqonlari hosili o’rib olingan dalalarda to’p bilan o’ynar edilar. Shaharliklar markaziy bozor maydonida yoki ko’chalarda futbol o’ynar edilar. Bu esa ko’pincha tartibsizlikka, shahardagi harakatning buzilishiga olib kelgan edi. Shuning uchun o’ynaladigan joy va o’yinchilar sonini cheklovchi qoidalar yaratilgan. Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling