2- mavzu. O’rta asrlarda jismoniy tarbiya va sport


Download 128 Kb.
bet8/14
Sana14.12.2022
Hajmi128 Kb.
#1004477
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
LIJnJJLGtudN803QCIzuGYbDreuDqhIv

O’rta asr shaharlarida akrobatlar va ayniqsa dorbozlarning chiqishlari juda ham ommalashgan edi. Ularning ko’pgina mashqlari, masalan, osilgan holatdan tiralib gavdani ko’tarish va turli-tuman aylanma harakatlar, keyinchalik langar cho’pga - turnikning timsoliga o’tkazilgan. Akrobatika mashqlaridan shaharliklar ichida keng ommalashgan turi piramida tuzish edi. Akrobatlar turli murakkab sakrashlarni ham bajarganlar.
O’rta asr universitetlarining oquv dasturlarida jismoniy tarbiyaning yo’qligi talabalar orasida jismoniy mashqlarning tarqalishiga halaqit bermadi. Ko’pgina talabalar yoy otish va qilichbozlik uyushmalariga kirar edilar. Talabalar o’rtasida ko’pincha kurash va mushtlashish musobaqalari uyushtirilgan. Talabalarning klublarida qilichbozlik, yog’och otda chavandozlik qilish va akrabatika qilish mashqlari ham otkazilgan edi (7-rasm).
Shahar aslzodalarining jismoniy tarbiyasi. So’nggi o’rta asr davrida shaharliklar ommasi bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruhdan: patritsiylar, byurgerlar va plebeylar qatlamidan iborat edi. Patritsiylar va byurgerlar shaharlarning xojayinlari bo’lgan. Shaharlarda aslzodalar jismoniy madaniyatining ravnaq topish jarayoni va keng xalq ommasi jismoniy tarbiyasining nisbatan tushkunligi sodir bo’lmoqda edi.
XV asrda o’qchi uyushmalar shahar patritsiylarining harbiy, sport va politsiya xizmatining markaziga aylangan edi. Patritsiylar kamondan va pistoletdan o’q otish uchun maxsus uylar qurib, shahar va shaharlararo otish musobaqalari o’tkazganlar. Qilichbozlar birodarliklari ham sex aslzodalarining tashkilotiga aylanib qoldi. Bu tashkilotlarga kirish uchun nafaqat qilichbozlik san’atidan sinovdan o’tish, balki shunga muvofiq mulkga ham ega bo’lish lozim edi.
XV asrning oxirlariga kelib otish va qilichbozlik mashg'ulotlari shahar aslzodalarining foydali va ko'ngilli tomoshalaridan biriga aylangan.
Shahar bayramlari professional darbozlar, pantomimlar, harakatli o'yinlar, raqslar bilan to’ldirib borilgan. Patritsiyan yoshlari raqslarga tushish, to’p o’ynash, otda yurish, ov qilish va usti yopiq hovuzlarda cho’milishga qiziqar edilar. Byurgerlar o’z imtiyozlarini himoya qilib, mehnatkashlarning qilichbozlik uyushmalari, qilichbozlar qardoshliklarida qatnashishlariga yo'l qo'ymas edilar.
O’rta asrlarda o’q otish qurollarining kashf etilishi ritsarlik tarbiya tizimi barham topishining muhim sabablaridan biridir. Endilikda shahar va qishloq aholisi o’rtasida jismoniy mashqlar turli xil o’yinlar bilan ommaviy shug’ullanish vaziyati yuzaga kelgan edi. Shahar va qishloqlarda o’ziga xos bo’lgan an’analar, bayramlar, katta ziyofatlar uyushtirib, kurash, mushtlashish va boshqa mashq va o’yinlarni tashkil etish keng rivojlangan.



Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling