2 -mavzu ta’lim tarbiya ishlari gigienasi. Dars va dars jadvalini gigienik baholash
Download 21.43 Kb.
|
2-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning oxirida talabalarning bilimlari so’rab baholanadi.
Dars gigiyenasi. O`quvchilar o`quv ishining asosiy shakli dars bo`lib, u turlicha olib borilishi mumkin.
O`quvchilar aqliy mehnat qobiliyatining rivojlanishi, darslarni o`zlashtirishlari, salomatliklari darslarni gigiyenik jihatdan qay darajada ratsional tashkil qilinishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Darsni to`g`ri tashkil qilishda birinchi navbatda uning davomliligi, tarkibi ( tuzilishi va mazmuni), dars o`tilgan joydagi (sinfdagi) asosiy gigiyenik talablarga rioya qilish nazarda tutiladi. Dars davomiyligining o`quvchilar organizmiga ta'sirini o`rganishga bag`ishlab olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, bolalar bosh miya po`stloq hujayralari faoliyatining susayishi boshlang`ich sinflarda dars boshlangandan 10-15 minutdan keyin, IV - VIII sinflarda 12-20 minut o`tgandan keyin, IX-XI sinflarda esa 25-30 minut o`tgandan keyin seziladi. Darslar hamma sinflarda 45 minut davom etadi. Fiziolog va gigiyenistlar birinchi sinf o`quvchilari uchun darsning davomiyligi 30- 35 minutdan oshmasligi kerak deyishmoqda. Belgilangan 45 minutlik darsning 25-30 minutida o`quvchining aktivligi sezilarli darajada pasayib, diqqati tarqoqlashadi, berilgan vazifani xato bajarish foizi ortadi. Tajribali o`qituvchilar yuqoridagi dalilni hisobga olib, bolaning diqqatini o`z vaqtida boshqa mashg`ulotlarni bajarishga - o`qishga, rasm solishga jalb qilishadi yoki fizkultura minutlari o`tkazishadi. Birinchi sinf o`quvchilari uchun o`qish va yozish davrining davomiyligi 7-10 minutdan oshmasligi, 4-sinf o`quvchilari uchun esa bu davr 17-20 minut bo`lishi kerak. Tadqiqotlarning ko`rsatishiga, boshlang`ich sinflarda kun tartibini tuzishning eng maqsadga muvofiq shakli o`qitishning boshlang`ich yilida, birinchi yarim yillikda 3 tadan dars o`tilganda, ularning davomiyligi 30 minutdan, ikkinchi yarim yillikda 4 tadan dars o`tilganda 35 minutdan iborat bo`lishi hisoblanadi. Shunday qilib, darslarning davomiyligini va sonini asta-sekinlik bilan oshirib borish tavsiya qilinadi. Bunda bog`chadagi tarbiyaning maktabda boshlang`ich tarbiya bilan o`zaro bog`lanishi va muvofiq bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Maktabda boladagi harakat tartibini cheklab qo`ymaslik kerak. Ular ochiq havoda ko`proq, bo`lishlari, serharakat o`yinlar bilan ko`proq mashg`ul bo`lishlari asab tizimini toliqtiruvchi sabablarga barham beradi. Maktabda o`quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Har kuni bitta o`qituvchi o`quvchilarning ovqatlanishidan oldin qo`l yuvishi, to`g`ri o`tirishi, ovqatni shoshilmasdan, yaxshilab chaynashi va boshqalarni kuzatib borishi kerak. Darsdan so`ng o`quvchilarni turli sabablar bilan olib kolaverish ularnng asabiga yomon ta'sir qiladi. Ularga dushanba kuni topshiriq bermaslik, shanba kuniga beriladigan uy vazifasi boshqa kunlarga nisbatan kam bo`lishi kerak. Kuni uzaytirilgan, maktablarda o`quvchilar darsdan so`ng ovqatlanib, sof havoda dam oladilar va berilgan topshiriqlarni, sinfdan tashqari ishlarni, uy vazifalarini bajaradilar. Sinf raxbarlari sinfdan tashqari ishlarni o`quvchilarning qiziqishi, yoshiga xos hususiyatlari va qobiliyatiga qarab taqsimlashi kerak. Ko`pincha jamoat ishlari to`g`ri taqsimlanmaydi, birorta aktiv o`quvchiga bir nechta jamoat ishi topshiriladi, boshqa birlari umuman jamoat ishiga jalb etilmaydi. Jamoat ishlari 1-5 sinf o`quvchilari uchun 3-4 s, 6-11 sinf o`quvchilari uchun 4-5 soatni tashkil etishi kerak. Imtixonlar gigiyenasi. Imtixonlar o`quvchilar eng charchagan vaqtda boshlanadi, shuning uchun bu davrda ular kun tartibiga qat'iy amal qilishi kerak. Imtixonlar oldidan esa vaqtni tejash maqsadida sinfdan tashqari mashg`ulotlar, majlislar sonini kamaytirish, kun tartibini to`g`ri tuzishga yordam berish zarur. Imtixonga tayorgarlik ko`rayotganda har 45 minutda 10 minut tanaffus qilish, mashg`ulotlar orasida fizkultura va sport bilan shugullanib turish lozim. Darsning oxirida talabalarning bilimlari so’rab baholanadi.Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling