3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan ofisning yangi zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikasion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa yangi zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel elektron jadvali, PowerPoint taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Muhokama uchun savollar:
1. Turistik firma ofisida mavjud axborot texnologiyalarini tasvirlab bering? (muhokama)
Savol yakuni:
Turistik firma ofisida axborot tizimini tasavvur qilish va shu orqali axborot jarayonlarni avtomatlashtirish masalalarini tushunib oldik.
7-savol bayoni
7-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarda mavjud axborot ta’minoti haqida ma’lumot berish.
7. Turizm tashkilotining axborot ta’minoti
Turizmning axborot ta’minoti - turizm axborotiy ma’lumotlar bazasining va maxsus axborot texnologiyalari jamlanmasi orqali ularni qayta ishlash yordamida turizm faoliyati samaradorligini boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida amalga oshirishdir.
Turizmning axborot tizimi – turizmning axborotiy ma’lumotlar bazasi va ularni qayta ishlashga qaratilgan maxsus axborot texnologiyalari va texnik vositalar majmuasidir.
Turizmni boshqaruv jarayonida yoki axborot oqimlari bilan ishlashda axborotni qayd qilish, to‘plash, uzatish, saqlash, qayta ishlash, chiqarish kabi amallar bajariladi va boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Axborot texnologiyalari ushbu jarayonda axborot tizimlarida axborotlarni qidirish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tasvirlash, tarqatish va ushbu jarayonlarni bajarishga qaratilgan vositalar va usullar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |