2 – Mavzu. Turizmda axborot texnologiyalarining tasnifi
Download 124.35 Kb.
|
2 – Mavzu. Turizmda axborot texnologiyalarining tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-savol bayoni 4-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi
- Axborot texnologiyasi
- Axborot jamiyatning
Muhokama uchun savollar:
1. Turistik firmada mavjud axborot tizimini tasvirlab bering? (muhokama) Savol yakuni: Har qanday tashkilot kabi turistik firmaning ham o‘z axborot tizimi mavjud bo‘lib, undagi jarayonlarni avtomatlashtirish masalalarini tushunib oldik. 4-savol bayoni 4-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarda mavjud axborot texnologiyalari haqida ma’lumot berish. 4. Axborot texnologiyasi Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi. Inson turli a’zolari yordamida axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan idrok etadi, xotirasida saqlaydi, boshqalarga uzatadi. Umuman, insonning kundalik hayoti va faoliyati turli xil axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog‘liq. Hozirgi kunda axborotni qayta ishlovchi universal vosita sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Ushbu ishlarni kompyuterda amalga oshirish uchun axborot texnologiyalari qo‘llaniladi. Axborot texnologiyasi (AT) – bu obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda (Toshkent sh., 2003 yil 11 dekabr) esa “axborot texnologiyasi –axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar” – deb ta’rif berilgan. Bu ikala ta’rifning bir-biridan deyarli farqi yo‘qdir. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan, uning rivojlanish bosqichlari hisoblash texnikasi rivojlanish bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, turli texnologiyalarni moddiy zaxiralarga qo‘llay borib, turli mahsulotlarni olish mumkin. Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun texnologiya komponentlari
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot zaxiralaridan foydalanishning eng muhim jarayonlaridan biridir. 3-rasm. Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash texnologiyasi analogi sifatida. Hozirgi paytga kelib, u bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o‘tdi, ulardan har birining almashinuvi asosan fan-texnika rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Hozirgi jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyalarining asosiy texnik vositasi bo‘lib shaxsiy kompyuter xizmat qilyapti, u texnologik jarayonlar konsepsiyasini ko‘rish va undan foydalanishga ham, sernatija axborot tizimiga ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiy kompyuterning axborot sohasiga tadbiq etilishi va aloqaning telekommunikasiya vositalarida qo‘llanilishi axborot texnologiyalari rivojlanishida, buning natijasida «yangi», «kompyuterli», yoki «zamonaviy» sinonimlaridan birini qo‘shish hisobiga nomining o‘zgarishida yangi bosqichni belgilab berdi. 4-rasmda ajratib ko‘rsatilgan narsa ma’lum ma’noda shartlidir, chunki bu zamonaviy ATlardan ko‘pi axborotning boshqa turlarini ham qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi. Jumladan, matnli prosessorlarda sodda hisob-kitoblarni bajarish imkoniyati ko‘zda tutilgan, jadvalli prosessorlar nafaqat raqamli, balki matnli axborotni ham qayta ishlashi mumkin, shuningdek grafika generasiyasining maxsus apparatiga ega. Biroq har bitta bunday texnologiyalar bari bir ko‘p jihatdan muayyan turdagi axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan. 4-rasm. Qayta ishlanadigan axborot tipiga bog‘liq holdagi zamonaviy AT tasnifi Zamonaviy sifatida bu texnologiyaning evolyusion xususiyatini emas, balki novatorlik jihati ta’kidlanadi. Uni qo‘llash shu ma’noda novatorlik ishidirki, u tashkilotlarda xilma-xil faoliyat turlari, mazmunini muhim darajada o‘zgartiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari tushunchasiga, shuningdek, kommuni-katsiyaviy texnologiyalar ham kiradi, ular axborotni turli vositalar, aynan telefon, telegraf, telekommunikasiyalar, faks va boshqalar orqali uzatishni ta’minlaydi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni rivojlantirishda davlat siyosatining maqsadlari quyidagilardan iborat: fuqarolarning axborotga ulanish va uni tarqatishda erkinligini ta’minlash; O‘zbekistonda milliy manfaatlarga javob beruvchi, mahalliy axborot resurslari va imkon qadar texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanuvchi global elektron axborot muhitini shakllantirish va rivojlantirish; internet tarmog‘i va undagi mavjud axborot resurslarining keng aholi ommasi va xo‘jalik faoliyati sub’ektlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, davlat, hukumat va mahalliy boshqaruv, organlari uchun ochiq; bo‘lishiga sharoitlar yaratish; shaxs, jamiyat va davlatning xalqaro axborot almashinuvida axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot egalari huquqlarini axborotdan noqonuniy foydalanish va uni tarqatishdan himoya qilish, shuningdek, sifatsiz axborotlarning tarqalishi ustidan nazorat o‘rnatish; yangi mahalliy axborot texnologiyalari, mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; biznes yuritish, Internet tarmog‘ining “o‘zbek segmenti” ni rivojlantirishga mahalliy va chet el xususiy kompaniyalarining investitsiyalarini jalb qilish uchun sharoitlar yaratish; internetdan foydalanuvchilar, xo‘jalik subyektlari, boshqaruv organlari manfaatlarida O‘zbekiston Respublikasida Internetni rivojlantirishning qonuniy va me’yoriy asoslarini yaratish va takomillashtirish; mamlakat fuqarolarini axborotlashgan jamiyat sharoitlariga moslashtirish. Ma’lumki, turistik industriya asosini turistik kezishlar, ularni yo‘llanmalarini va turlarini sotish; turistlarni joylashish va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan, ularni mamlakat bo‘yicha siljishi bilan shug‘ullanadigan firma, turoperatorlar va turagentlar hamda boshqaruv organlari, axborot, turizmni tadqiqot bo‘yicha reklama va unga kadrlarii tayyorlab berish, turistik talablar tovarlarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha korxonalar tashkil etadi. Turizm — axborot bilan to‘liqlik faoliyat. Turistik industriyasi kabi axborotni ochish, qayta ishlash, qo‘llash va uzatish har kunlik faoliyati uchun nihoyatda muhim bo‘ladigan boshqa tarmoq yo‘qdir. Shunday qilib bozorda turizm butunlay tasvir etilishi, yozilishi, kommunikatsiya va axborotlarni uzatilishiga bog‘liq. Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Download 124.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling