2- mavzu. Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari reja


Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi


Download 403.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi403.09 Kb.
#1495060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- MAVZU. YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI

2.2. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi 
 
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari yo‘l xo‘jaligi 
tarmog‘i faoliyatining samaradorligini belgilovchi harakteristikalardan biri sanaladi. 
Bu ko‘rsatkichlarning amaliy ahamiyati ular asosida hal etiladigan iqtisodiy 
masalalar to‘plamida o‘z ifodasini topadi: 
Ular quyidagilardan iborat: 
-qator yillar uchun butun tarmoq, ishlab chiqarish birlashmalari, alohida yo‘l 
tashkilotlari bo‘yicha asosiy fondlardan samarali foydalanishdagi o‘zgarishlar 
tendensiyalarini aniqlash; 
-asosiy fondlardan samarali foydalanishni rejalashtirish; 
-turli yo‘l tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali 
foydalanishni solishtirish va baholash
-konkret sharoitlarda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish 
darajasini baholash hamda ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish asosida ularni 
oshirish imkoniyatlarini izlab topish; 
-yo‘l xo‘jaligi ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish uchun uning asosiy 
fondlar va kapital mablag‘larga bo‘ladigan ehtiyoji yiriklashtirilgan hisob-
kitoblarini amalga oshirish; 
-yangi mashinalar va uskunalar joriy etilishining samaradorligini aniqlash
mashinalar parkini optimal rejalashtirish, mehnat vositalarini ish turlari va inshootlar 
bo‘yicha ratsional taqsimlash. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi natural 
(xususiy) va qiymat (umumlashgan) ko‘rsatkichlarda baholanadi. 
Natural ko‘rsatkichlar mashina va uskunalardan vaqt va unumdorligi 
bo‘yicha, qiymat ko‘rsatkichlari esa hamma asosiy fondlar va uning elementlaridan 
foydalanishni harakterlaydilar. Natural ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: 
mashina va uskunalarning smenalilik koeffitsienti, sutka va yil mobaynida 
mashinalarning o‘rtacha ishlash soati, mashinalar parkidan vaqt bo‘yicha 


foydalanish koeffitsienti, smena ish vaqti balansida smena ichida vaqt yo‘qotishlar 
salmog‘i, mexanizatsiyalashgan ishlarda yillik, strategik va ishlab chiqarish ish 
me’yorlarining bajarilish darajasi, bitta ro‘yxatdagi mashinaga nisbatan natural 
birliklarda o‘lchangan mahsulot ishlab chiqarish miqdori. 
Smenalilik koeffitsienti mashinalarning sutka vaqti mobaynida qanday 
ishlatilishini harakterlaydi, ya’ni 


M
1


2



sm 
M
 
 
Bu yerda; 
M
1
, M
2
, M
3
– birinchi, 
ikkinchi va uchinchi 
smenada 
ishlaydigan 
ma’lum 
turdagi 
mashinalar soni; 
M
umum
 
– 
shu 
turdagi 
mashinalar parkining umumiy 
soni. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
umu


 
Hozirgi kunda asosiy qurilish va yo‘l mashinalari bo‘yicha yillik ish kunlariga 
to‘g‘ri kelayotgan smenalik koeffitsienti 1,1 ni tashkil etmoqda va 1,3-1,4 dan yuqori 
emas. Yil mobaynida mashinalarning bir kunlik ish muddati 8-10 soatni tashkil etadi. 
Ko‘pchilik qurilish va yo‘l mashinalari yoz paytida 2 smena, qish paytlari esa hech 
bo‘lmasa 1 smena ishlashliklarini hisobga olgan holda shuni tan olishimiz kerakki, 
yillik ish vaqti fondining anchagina qismini mashinalar turli sabablarga ko‘ra bekor 
turib qoladilar va bu sabablar ichida eng muhimi –yo‘l qurilish va ta’mirlash 
ishlarining ko‘p turlarining mavsumiyligidir. 
o‘rta hisobda ro‘yxatdagi har bitta yo‘l va qurilish mashinalari yil mobaynida yo‘l 
qurilishida 1425 soat, turli tashkilotlarda esa 1000 dan 2000 soatgacha ishlaydi. 
Mashinalarning yillik direktiv ish me’yorlari mashinalardan vaqt bo‘yicha 
foydalanish ko‘rsatkichlari hisob-kitoblari asosida belgilanadi: yil davomida bitta 
ro‘yxatda turgan mashinaga to‘g‘ri keladigan mashina- soatlar soni, parkdan 
foydalanish koeffitsienti. 
Rejalashtirilayotgan mashinalar parkidan foydalanish koeffitsienti quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi: 
bu erda: 

Download 403.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling