2- mavzu. Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari reja


Download 403.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi403.09 Kb.
#1495060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- MAVZU. YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI

foiz; 
 
Bu erda: 
X
1
-brigada pudrati uslubida bajarilgan ishlar hajmining salmog‘


X
2
-fondlar bilan qurollanganlik (korxonadagi asosiy ishlab chiqarish fondlari 
qiymatining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilar 
soniga nisbati), ming so‘m; 
X
3
-korxonaning xizmat ko‘rsatiladigan yo‘lning har kilometriga 
to‘g‘ri kelayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati, ming so‘m; 
X
4
- korxona tomonidan yil mobaynida bajariladigan ishlar hajmi, 
ming so‘m. 
 
Tenglama tarkibiga kirgan omillar bilan fond samaradorligi o‘rtasidagi 
aloqaning tig‘izligi yuqori. U 0,82 ga teng bo‘lgan ko‘p marta 
korrelyasiyalanish koeffitsienti bilan harakterlanadi. Bu koeffitsientning 
kvadratiga teng bo‘lgan, ko‘p marta determinatsiyalanish (0,67) koeffitsienti 
deb ataluvchi ko‘rsatkich shuni ko‘rsatadiki, fond samaradorligi 
variatsiyasining 67 foiz tenglama tarkibiga kirgan omillarning variatsiyasi 
hisobiga sodir bo‘ladi. Tenglama tarkibiga kirmagan barcha boshqa 
omillarning variatsiyasi fond samaradorligi variatsiyasining 33chfoizgacha 
o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi, bu esa tenglama tarkibiga kirgan omillarning 
yuqori ahamiyatidan darak beradi. 
Fond samaradorligi bir necha omilarning birgalikdagi ta’siri 
tenglamaga tegishli omillar o‘zgarishilarining regressiyalarini qo‘yish yo‘li 
bilan aniqlanishi mumkin. 
Ishlab chiqarishining asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan 
ta’minlanganligining ortib borishi (X2 va X3 omillari) fond 
samaradorligining pasayish tendensiyasini keltirib chiqarishiga e’tibor 
bermoq kerak. Gap shundaki, ishlab chiqarishning asosiy fondlari bilan 
ta’minlanganligining ortib borishi yanada ko‘proq jonli mehnatni 
buyumlashgan mehnat bilan almashinib borishiga, buning natijasida, bitta 
ishlovchiga to‘g‘ri keladigan mehnat vositalari massasining tinimsiz o‘sib 
borishiga, ya’ni mehnatning fondlar bilan qurollanganligining o‘sib borishiga 
sababchi bo‘ladi. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar sonini 


kamaytiruvchi 
qo‘shimcha 
va 
yordamchi 
operatsiyalarni 
mexanizatsiyalashtirish mehnat unumdorligini ko‘taradi, agar vaqt birligida 
bajariladigan ishlar hajmi o‘zgarmay qoladigan bo‘lsa, fond 
samaradorligining pasayishiga olib keladi, ishdan ozod bo‘lgan ishlovchilar 
esa boshqa korxonalarga o‘tkaziladilar. Bunday vaziyat bizning 
iqtisodiyotimizda juda ko‘p tarmoqlari rivojlanishida o‘nlab yillar davomida 
tipik axvol bo‘lib keldi. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning 
yaxshilanishi, asosiy fondlar massasi o‘sishidan ko‘ra mahsulot ishlab 
chiqarishning tezroq o‘sishiga erishish, fondlar bilan qurollanganlikka 
nisbatan mehnat unumdorligi o‘sish su’ratining ilgariroq bo‘lishiga erishish 
fond samaradorligining kamayish tendensiyasiga chek qo‘yishi kerak. Bunda 
yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan 
xizmat ko‘rsatadigan yo‘llarning uzunligi ortib borishi kerak bo‘ladi. 
Asosiy fondlardan foydalanish bilan yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining 
ishlab chiqarish quvvatlarining optimallashib va o‘sib borish masalalari uzviy 
ravishda bog‘liq bo‘lib, buning ma’nosi shuki, belgilangan ishlab chiqarish 
dasturi strukturasi, qabul qilingan smenalik, ishlab chiqarish resurslaridan 
to‘laqonli foydalanishni ta’min etuvchi ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil 
etish sharoitida, maksimal imkoniyat darajasida o‘z kuchlari bilan qurilish-
montaj ishlari hajmini bajarishlari kerak. Amaliy hisob-kitoblarda 
resurslardan, xususan, asosiy fondlardan foydalanish darajasi bazis yili 
bo‘yicha, uning hisob- kitob qilinayotgan yilda mumkin bo‘lgan 
o‘zgarishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining quvvatini belgilovchi ish hajmi 
ko‘rsatkichiga o‘tish asosiy ishlab chiqarish asosiy fondlarining yillik 
o‘rtacha qiymatini taraqqiyoti (ijtimoiy zaruriy) fond samaradorligiga 
ko‘paytirish orqali aniqlanishi mumkin. Bunda fond samaradorligi har bir 
tashkilot uchun quyidagi shart-sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zining ma’lum 
bir qiymatiga ega bo‘ladi: 
-ishlab chiqarish dasturidagi ishlar strukturasi; 


-narxlar hosil bo‘lishining iqtisodiy geografik omillari; 
-tabiiy iqlim sharoiti omillari; 
-mehnatning fondlar va mexanizatsiya bilan qurollanganlik darajasi; 
material resurslar iste’mol qilishda o‘zlarining yordamchi ishlab 
chiqarishlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmog‘i; 
-asosiy fondlardan foydalanishning yillik va sutkalik rejimlari. 
Ushbu omillar har bir alohida tashkilotlar uchun alohida ahamiyat kasb 
etganligi sababli, har qaysi tashkilot uchun fond samaradoligining taraqqiyot 
qiymati har xil bo‘lishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, asosiy ishlab 
chiqarish fondlari qiymatlari bir xil bo‘lgan korxonalarda ham, bunday 
uslubda hisob-kitob qilinganda, ularning ishlab chiqarish quvvatlari har xil 
bo‘ladi. 
Bunday uslub bilan hisoblangan ishlab chiqarish quvvati korxona 
shart-sharoitlaridan olingan funksiya bo‘lib, mazkur korxonada ishlar 
hajmini oshirish bo‘yicha mavjud ishlab chiqarish rezervlarini aniqlashda 
ishlatilishi mumkin. 
Konkret holatlarda yo‘l ta’mirlash qurilish tashkilotlari tomonidan 
amalda bajarilgan ishlar hajmi ularning ishlab chiqarish quvvatlariga nisbatan 
yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Ular ko‘plab va har xil omillarga 
bog‘liqdirlar. 
Hozirgi kunda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish 
samaradorligini oshirish har bir yo‘l tashkilotining muhim ehtiyojiga aylanib 
bormoqda. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini 
oshirishning ektensiv va intensiv yo‘llari bor. 
Ektensiv yo‘l asosiy fondlardan foydalanish vaqtini oshirishni 
bildiradi, ya’ni yil mobaynida ishlanadigan soatlar miqdorini ko‘paytirishni. 
Buning uchun ishlarning sezonligi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotilish vaqtlarini 
qisqartirish, yo‘l qurilish mashinalarini qish paytlarida ham maksimal 
yuklanganlik darajasida ishlatish kerak bo‘ladi. 
Mashinalarning ishda bo‘lish vaqtlarini oshirishda ularni ikki, uch 


smena ishlatish muhim ahamiyatga ega, lyokin yo‘l xo‘jaligida 
mashinalarning smenalilik koeffitsientining ortishi o‘z navbatida masalalarni 
keltirib chiqaradi. Bunday muammolar qatoriga yo‘l tashkilotlarining 
mexanizator kadrlar bilan, injener-texnik xodimlar bilan ta’minlanishi 
masalalarini qo‘yish mumkin. Undan tashqari smena ichida sodir bo‘ladigan 
mashina va uskunalarning nosozligi, ehtiyot qismlarning etishmasligi, 
yonilg‘i moylash materiallari yo‘qligi, ish fronti, qurilish materiallari va 
konstruksiyalari, avtotransport vositalari, mehnat intizomining buzilishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarni qisqartirishga harakat qilish kerak. 
Ta’mirlashni kutishda va me’yoridan ortiq ta’mirlash ishlarida 
mashinalarning kutib qolishlari, yo‘l qurilish mashinalarining smena orasida 
emas, balki to‘liq kun mobaynida ish vaqtlarini yo‘qotishning eng asosiy 
sabablaridan biri hisoblanadi. Ta’mirlashni kutib qolish bilan bog‘liq bo‘lgan 
vaqt yo‘qotishlar, mashinalarning to‘satdan buzilib qolishlarini oldini olish 
maqsadida, sistematik tarzda texnikalarning holatlarini nazorat qilib turish
o‘z vaqtida va sifatlar texnik xizmat ko‘rsatish, kundalik texnik ko‘rik 
o‘tkazish hisobiga qisqartirilishi mumkin. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini 
oshirishda ektensiv yo‘l bilan bir qatorda, vaqt birligi ichida ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdorini oshirishni bildiruvchi intensiv yo‘ldan ham 
foydalaniladi. 
Buning 
uchun 
ishlarni 
bajarish 
texnologiyalarini 
mukammallashtirish, mexanizatorlar ishini tashkil etishning ilg‘or usullarini 
qo‘llash, mashinalarning konstruktiv imkoniyatlaridan iloji boricha 
to‘laqonli foydalanish kerak bo‘ladi. 
Mavjud mashinalarni ish unumdorliklarini hisobga olgan holda ish 
turlari bo‘yicha optimal taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
borada zamonaviy iqtisodiy matematik uslublardan foydalangan holda 
alohida ish turlarini bajaruvchi otryadlar va zvenolar butlash, yo‘l qurilish 
tashkilotlaridagi mashinalar parkini to‘g‘ri butlash ham katta ahamiyatga ega. 

Download 403.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling