2- mavzu. Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari reja


Download 403.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi403.09 Kb.
#1495060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- MAVZU. YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI



2- MAVZU. YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI 
 
Reja: 
2.1 Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi. 
2.2 Asosiy 
fondlardan 
foydalanishning 
samaradorlik 
ko‘rsatkichlari. 
2.3 Asosiy fondlarning eyilishi (eskirishi) va qayta tiklanishi. 
Asosiy iboralar va tushunchalar: Binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, 
mashina va uskunalar transport vositalari, asbob-uskunalar, inventarlar, dastlabki va 
tiklanuvchi qiymat, eyilish, qo‘shimcha ko‘payish, hisobdan chiqish, yangilanish, 
renovatsiya, fond sig‘imdorligi, smenalik, ishlab chiqarish me’yorlari, fond 
samaradorligi, amortizatsiya. 
2.1. Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi 
 
Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari nisbatan mustaqil ikki qismdan tashkil 
topadi. Avtomobil yo‘llari va yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlari. Yo‘llar va yo‘l 
inshootlarining qiymatlari, yo‘l tashkilotlaridagi asosiy fondlar qiymatidan bir necha 
barobar ko‘pdir. Yo‘l xo‘jaligining ekstensiv o‘sishidan intensiv rivojlanish yuliga 
o‘tishi, birinchidan, transportning asosiy fondlari bo‘lgan avtomobil yo‘llaridan 
samarali foydalanish hisobiga jamiyatning transportga bo‘lgan talablarini 
qondirishdir. Ikkinchi tomondan, tarmoq ichi aspektida ishlab chiqarishni 
intensifikatsiya qilish yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlaridan ham samarali 
foydalanishni taqazo etadi. 
Yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlari viloyatlarda yo‘llar qurilishi va tasarrufi 
bilan shug‘ullanadigan sho‘ba korxonalarda mujassamlashgan bo‘lib, ularning 45 
foizga yaqini yo‘l qurilishi bilan, 55 foizi esa yo‘llar tasarrufida faoliyat 
ko‘rsatadilar. Ulardan tashqari umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil 
yo‘llarining tashkilotlari ham mavjud bo‘lib, ular asosan yo‘llarni ta’mirlash va 
yaroqli holda saqlash ishlari bilan shug‘ullanadi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va 
avtomobil yo‘llarini yaroqli holda saqlash uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish 


vositalarining tarkibiy qismidir. Ular ishlab chiqarishning moddiy-texnik 
sharoitlarini belgilab, ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat davomidpa ishtirok 
etadilar va o‘zlarining natural ko‘rinishlarini o‘zgarishsiz saqlab qoladilar va o‘z 
qiymatlarini eskirgan sari yaratilayotgan mahsulot qiymatiga o‘tkazadilar. 
Yo‘l tashkilotlari maishiy, kommunal, madaniy, meditsina xizmatlari uchun 
zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan asosiy 
vositalarga ham ega. Ular qatoriga uy-joy binolari, meditsina punktlari binolari, 
klublarni kiritish mumkin. Ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan asosiy fondlar 
uzoq xizmat muddatiga egadirlar va ularning qiymatlari ham eskirgan sari asta-sekin 
tashkilotda ishlovchi xodimlar tomonidan yaratilayotgan mahsulot qiymatiga o‘tib 
boradi. 
Yo‘l tashkilotlari asosiy fondlarining strukturasida yetakchi o‘rinni mashina 
va uskunalar, hamda transport vositalari egallab turadi. 
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarish fondlari 
sanoat ishlab chiqarish fondlaridan va boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish 
fondlaridan, asosiy ishlab chiqarishdan tashqari fondlardan tashkil topadi. 
Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llardagi asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining boshqa yo‘llardagi asosiy fondlar strukturasidan farqi shundaki
avtomobil yo‘llarining inventar qiymatlari tarkibiga umumdavlat ahamiyatiga ega 
bo‘lgan yo‘llarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l tasarruf uchastkalari binolarining 
qiymatlari ham kiritiladi. Boshqa yo‘llar tizimida bunday tartib yo‘q bo‘lib, yo‘llar 
tasarrufidagi sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining strukturasi yo‘l 
qurilishidagi asosiy fondlar strukturasidan farq qilmaydi. Farq faqat shundaki, 
pudratchi yo‘l qurilish tashkilotlarida sanoat ishlab chiqarish fondlari qurilishga 
xizmat qiluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ataladi. Boshqa tarmoqlarning 
asosiy ishlab chiqarish fondlariga sanoat korxonalrining (yig‘ma temir beton 
zavodlari, ta’mirlash ustaxonalari, yog‘ochga ishlov beruvchi kombinatlar), 
yordamchi qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan 
fondlar, savdo va umumiy ovqatlanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning fondlari kiradi. 


1-jadval 

Download 403.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling