2- mavzu: zoologiya predmeti va uning tadqiqot metodlari


Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdеk tibbiyot, vеtеrinariya va qishloq xo‘ jaligi bilan uzviy bog‘liq


Download 217.45 Kb.
bet2/8
Sana04.01.2023
Hajmi217.45 Kb.
#1076967
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - taqd

Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdеk tibbiyot, vеtеrinariya va qishloq xo‘ jaligi bilan uzviy bog‘liq.

  • Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdеk tibbiyot, vеtеrinariya va qishloq xo‘ jaligi bilan uzviy bog‘liq.
  • Zoologiyaning ko‘p bo‘limlari parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidеmiologiya kabi komplеks fanlar tarkibiga kiradi.
  • Odam va hayvonlarning parazitlarini o‘rganish tibbiyot va vеtеrinariya parazitologiyasi vazifasiga kiradi.
  • Tuproqda hayot kechiruvchi hayvonlarni o‘ rganish esa tuproq hosil bo‘ lish jarayonlarini tushunib olish va tuproq unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish imkonini bеradi.

Zoologiyaning tadqiqot metodlari

Kuzatish, solishtirish, eksperiment, matematik statistika barcha zoologiya fanlari uchun umumiy metodlar hisoblanadi.

  • Kuzatish metodi orqali hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi, tashqi muhit bilan va o‘zaro munosabatlari o‘ rganiladi. Bu metod yordamida hayvonlarning oziqlanishi, rivojlanishi, bolalashi, nasli to‘g‘risida g‘amxo‘rligi, yil yoki sutka davomida ular hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni tushunib olish mumkin.
  • Solishtirish metodi bitta tur individlari, har xil turlar yoki sistematik guruhlarga mansub turlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, hayot kechirishi va boshqa xususiyatlarini taqqoslashdan iborat. Bu metod hayvonlarning yashash muhitiga moslanishi, o‘zaro qarindoshlik munosabatlari va boshqa xususiyatlarini o‘rganadi.

Eksperiment,ya′ni tajriba metodi sun’iy vaziyat yaratish orqali hayvonlar uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni chuqurroq ochib berishdan iborat. Eksperiment ikki xil – sifat va o‘lchov eksperimentidan iborat. Sifat eksperiment nazariy ko‘rsatilgan biror voqe′likni hayvonlar hayotida sodir bo‘lishi yoki bo‘lmasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘lchov eksperiment esa hayvonlar uchun xos bo‘lgan birorta belgi yoki xususiyatni miqdoriy jihatdan tavsif etishdan iborat.

  • Eksperiment,ya′ni tajriba metodi sun’iy vaziyat yaratish orqali hayvonlar uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni chuqurroq ochib berishdan iborat. Eksperiment ikki xil – sifat va o‘lchov eksperimentidan iborat. Sifat eksperiment nazariy ko‘rsatilgan biror voqe′likni hayvonlar hayotida sodir bo‘lishi yoki bo‘lmasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘lchov eksperiment esa hayvonlar uchun xos bo‘lgan birorta belgi yoki xususiyatni miqdoriy jihatdan tavsif etishdan iborat.
  • Matematik statistika metodidan eksperiment, solishtirish yoki kuzatish natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishda foydalaniladi.

Download 217.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling