2 – modul: pul bozori reja


Mo - naqd pullar; M1=Mo+


Download 32.55 Kb.
bet3/7
Sana09.03.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1256084
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 2

Mo - naqd pullar;
M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar mablag‘lari, byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 = M1 + xalq (jamg‘arma) banklaridagi muddat omonatlar;
M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi. Pulning tarkibiy qismlarida naqd pullar – metall va qog‘oz pullardan iborat bo‘ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizni, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 30–35% ni tashkil qiladi.
Aholi o‘zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qo‘llarida yetarli pulga ega bo‘lishi zarur. Korxonalarga ish xaqi to‘lash, material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. Shu barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal yalpi milliy mahsulot (YaMM) hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaMMga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda.
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi. Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda mavjud pul birligi muomalasining tashkil qilish tartibi, usullari va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir.
Pul tizimining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  • Pul birligi (dollar, marka, yen, rubl, so‘m va h.k.)

  • Pul turlari (bank biletlari, tanga, chaqalar).

  • Pul emissiya qilish tarkibi.

  • Muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasalari.

  • Naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirish tartibi.

  • Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi


Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling