2- topshiriq Bugun O‘zbekistonda amalda bo‘lgan o‘qituvchi -pedagoglarni toifalash tizimini o‘rganib chiqing va tahlil qiling. Tahlilda quyidagi yordamchi savollardan foydalanishingiz mumkin


O’quvchilarning o’quv fanidan reyting ko’rsatkichlari uchun (


Download 24.74 Kb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi24.74 Kb.
#1034445
1   2
Bog'liq
2 dars topshiriq Mahfuza

O’quvchilarning o’quv fanidan reyting ko’rsatkichlari uchun (elektron sinf jurnallari asosida)

Belgilangan ball

Qoʻyilgan ballga izoh

Pedagogga qo’yilgan ball

86-100 foiz

3 ball







71-85 foiz

2 ball

55-70 foiz

1 ball

v)

Ta’lim berish vositalari, shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanganligi uchun

Belgilangan ball

Qoʻyilgan ballga izoh

Pedagogga qo’yilgan ball

Ta’lim berish vositalari, shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanganligi uchun

3 ball







Ta’lim berish vositalari, shakllaridan dars jarayonida foydalanganligi uchun

2 ball

g)

Pedagog kadrlarning o’quv seminarlari yoki metodik birlashmalarda uslubiy ishlanmalar bilan ishtirok etganligi uchun (umumiy tipdagi umumiy o’rta ta’lim muassasalari pedagog kadrlai uchun)

Belgilangan ball

Qoʻyilgan ballga izoh

Pedagogga qo’yilgan ball

Xalqaro va Respublika miqyosida

3 ball







Qoraqalpog’iston Respublikasi,viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida

2 ball

Tuman (shahar )miqyosida

1 ball

d)

Pedagog kadrlarning professional tanlovlarda ishtirok etganligi uchun:

Belgilangan ball

Qoʻyilgan ballga izoh

Pedagogga qo’yilgan ball

Xalqaro va Respublika miqyosida

3 ball







Qoraqalpog’iston Respublikasi,viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida

2 ball

Tuman (shaxar )miqyosida

1 ball

Jami

15 ball








c)Mavjud tizimning yutuqlari va kamchiliklarini ko‘rsating .
Yutuqlari .Endigina bitirib kelgan bakalavr talaba endilikda navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun 270 ming to‘laydi va bemalol sinovlarda ishtirok eta olardi. Ilgari aynan shu borada bakalavrning 5 yillik mehnat staji talab etilardi. Bu sezilarli o‘zgarish. Agar bahorgi attestatsiyada ham toifa oshirishga muvaffaq bo‘lsa, va bu jarayon ketma ket takrorlansa, 1.5 yilda oliy toifa egasi bo‘lishi mumkin.
Kamchiliklari.Shaxsan menda attestatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan muammo.Bu magistratura bosqichini tugatgan magistrning 6 oy ishlamagunga qadar navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmasligi. Bu qaysidir ma’noda to‘g‘ridir, bilmadim.Magistratura diplomidan so‘ng Ta’lim inspeksiyasining 2- toifa serifikati tayyor bo‘lishini kutish…..

d) Kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha takliflaringizni korsating.
Magistratura, doktorantura diplomlarini topshirish jarayonida toifa sertifikatlarini ham qo‘shib taqdim qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.Barcha universtitetlarda magistratura va doktoranturada o‘qiyotgan talabalar ro‘yxati shakllantirilgan. Buning uchun o‘zaro kelishuv shartnomasi ishlab chiqilsa va tizimli tashkil etilsa kifoya

2.O‘qituvchi sifatida ishlayotgan kurs ishtirokchilari o‘zingizning faoliyatingizda o‘qituvchi sifatida tajribaga ega bo‘lmaganlar eng yaxshi o‘qituvchingizdan birining faoliyatini (universtitet,maktab) 2-dars slaydida ko‘rib chiqilgan tamoyillar va ularga oid fikrlar bo‘yicha tahlil qiling.
Tahlil jarayonida o‘zimning dars jarayonlarimni tahlil qilishga harakat qildim.
1-tamoyil
. O‘qituvchi o‘quvchilar va ularning ta’limi uchun javobgar

Har bir o‘quvchim turlicha qobiliyatlar egasi.Dastavval, ularni o‘rganishdan,yaqindan tanishishdan boshlayman.So‘ng, nutqda muammosi bor o‘quvchilarimning qobiliyatlarini aniqlab olaman.Masalan, kamgap o‘quvchim bo‘lardi Mirzavaliyev Javlon degan.Mavzuni o‘zlashtirishda qiynalsa, lirik chekinish qilishimizni so‘rardi.Qo‘shiq eshitaylik ustoz derdi.O‘zidan qo‘shiq aytishini so‘raganimda shirali ovozi borligini kashf etganmiz.Bunyodbek degan o‘quvchim esa gapirishni va yozishni istamasdi.Ammo, juda chiroyli tasvirlar yaratardi.Hozir Pm da ham shu kabi o‘quvchilarim ko‘p.Ayrimlari matematik Men aytgan, tushuntirgan qoidalarni formulasini yaratishga harakat qilishadi. O‘quvchilarni majburlash katta xatolik. Men yonma-yon pozitsiyani ma’qul ko‘raman.



2-tamoyil
Men dars jarayonida o‘quvchilarni mavzu yuzasidan rivojlanishlari uchun keraklicha bilim berishga harakat qilaman.Xususan, o‘quvchilarimiz uchun loyiha ishlari darslarini yo‘lga qo‘yganmiz.Unda o‘quvchilarga videoroliklar tayyorlash, intervyu olish bo‘yicha mahurat darsi o‘tib berganimdan so‘ng ular loyiha ishini amalga oshirishadi.Xususan, Renderforestda va boshqa bir qancha dasturlardan foydalanishda avval o
‘zim puxta o‘rganib keyin ko‘rsatmalar beraman.Doimiy pedagogic yangiliklardan xabardor bo‘lish, o‘z ustida ishlash, xorijiy manbaalar bn tanishish ta’lim sifati samaradorligini ta’minovchi sifatlar hisoblanadi.
3-tamoyil
Baholash,analiz , sintez ko‘nikmalarini shakllantirish muhim.
Bizning tizimda parallel sinflar o‘tmaslikka harakat qilamiz.Ammo, shunday holat yuzaga kelganda ularning sifat ko‘rsatkichlarini taqqoslash, qaysi metod qanday ta’sir qilishini bilishimiz mumkin. O
‘quvchilarning sifat ko‘rsatkichlarini hamisha monitoring qilib boraman.Sinf rahbar sifatida 6- blue sinfinikini ham tahlil qilaman.O‘quvchilardagi o‘zgarishlar haqida ota-onalar, fan ustozlari bn tizimli ishlashga harakat qilaman.
Ilova sifatida 1-chorak ota onalar majlisi uchun tayyorlagan taqdimotimni ilova qilaman.Unda har bir o‘quvchining qaysi fandan qanday ko‘rsatkichga egaligi va o‘rtacha o‘zlashtirishi bayon etilgan.
4-tamoyil
Menga aynan mana shu tamoyil ma’qul bo‘ldi.Sababi, bizda o‘qituvchilar xonasi yoki umumiy xonalar aslida boshqa maqsadlarda foydalaniladi.Uni umumiy bir maqsad yo‘lida birlashtirish qiyin.Lekin butun bir jamoaning mehnati natijasini yanada oshirish uchun metodlar ,o
‘quvchilarning xarakterlari,yuzaga kelgan vaziyatlar haqida gaplashish maroqli.
5-tamoyil
Menga bu tamoyil ma’qul bo’ldi.Sababi har bir jarayonga nisbatan shaxsiy fikri,o‘z pozitsiyasi, o‘z munosabati bo‘lgan inson mustaqil fikr yuritish borasida boshqalarga ham o‘rnak bo‘la oladi.

3. Amerika ta’lim tizimini joriy etish mumkin.Faqat bu jarayon birdaniga emas, bosqichma-bosqich amalga oshadi. Sababi, Hozirgi davr ko‘pgina ustozlari o‘z ustida ishlashni istashmaydi. Nafaqaga chiqqan o‘qituvchilarning yana ishda ishlashi mumkinligi haqidagi qaror esa bu tizimning amalga oshishini biroz kechiktiradi. Dastavval bu jarayon xususiy OTM larda boshlansa kerak.Sababi, ular xalqaro standartlarga egaligi bilan boshqa OTM lardan farliligi aytilyapti.
Download 24.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling