2- topshiriq. Quyida berilgan matnni joriy yozuvga tabdil qiling. زەرەڧشان
Download 78.5 Kb.
|
4-TOPSHIRIQ. ABJAD HISOBI. ISLOH QILINGAN YOZUV.(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- TOPSHIRIQ.
- 1 -topshiriq.
- XX ASRNING 20-30-YILLARIDAGI YOZUV ISLOHOTI
1-topshiriq. Mazkur raqamlarni ifoda etuvchi harflarni topib o‘zaro ulab o‘qisangiz Sa’diy Sheroziy va Alisher Navoiy ijodiga taalluqli bo‘lgan baytlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lasiz. 1. 10, 600, 300, 10, 30, 1, 200, 20, 10, 400, 10, 4, 50, 1, 20, 200, 31, 2, 1, 200, 60, 50, 1, 60, 400, 1, 20, 10, 50, 20, 2, 600, 400, 10, 50, 20, 50, 10, 300, 6, 4, 1, 400, 1, 3, 1, 200, 60, 50. 2. 10, 7, 7, 400, 10, 30, 1, 600, 1, 50, 20, 20, 1, 40, 4, 10, 90, 10, 8, 1, 400, 400, 10, 30, 1, 60, 1, 50, 20, 20, 10, 10.
Arab yozuvi o‘zining go‘zalligi, hushxatligi bilan jahon xalqlarining e’tiborini doimo jalb qilib kelgan. O‘tmishda bu yozuv tarixiy yodgorliklar, ulkan inshootlar, osori atiqalar uchun naqsh, bezak vazifasini ham bajargan. Bulardan tashqari uning yana bir muhim vazifasi bor, u ham bo‘lsa arab alifbosining raqam, son ma’nosini ifoda etish bilan bog‘liqligidir. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, arablar (miloddan 2000 yil ilgari) o‘z alifbolarini tuzishda qadimgi yozuvlar bo‘lmish finikiya va oromiy yozuvlaridan harflar nomlarini va ular bilan birga har bir harfning raqamiy tengligini ham olganlar. Demak, abjad hisobining tartibi finikiya va oromiy yozuvlaridan kelib chiqqan. Lekin ularning alfavitida harflar soni yigirma ikkita bo‘lib, to‘rt yuzdan keyingi sonlarning ifoda qilinishida oxirgi harf «tav» (arablarda «atun»)ga oldingi harflardan birini qo‘shib besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qilganlar (Masalan: tavqof, tavresh, tavshin kabi). Arablar bu usulni biroz takomillashtirdilar. Ular oltita harf ixtiro qilib «saxaz» va «zazag‘» so‘zlarini yasadilar. Bu atamalar besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qilishga yordam berdi. Shu tariqa arablarda yigirma sakkiz harfni o‘zida jamlovchi sakkiz atama (sun’iy so‘z) hosil bo‘lgan. Bular quyidagilar:
Mazkur atamalar muayyan bir ma’noni anglatmaydi, ular harflar mujassami xolos. «Abjad hisobi» ana shu atamalarning birinchisi nomiga qo‘yilgan. Harflar vositasida son tushunchasini ifoda etish usuli esa «abjad hisobi» deb atalgan. Bu usul harflar sirasini yod olishda qulay bo‘lgani sabab maktablarda maxsus o‘qitilgan va abjad o‘qiyotgan bolalar «abjadxon» deb atalgan. Eski o‘zbek yozuvidagi forslar va turklar tomonidan keyinchalik kiritilgan to‘rt harf پ؛ گ؛ چ؛ ژ borasida abjad hisobi amalga oshirilayotgan matnda ushbu harflar ishtirok etayotgan bo‘lsa, hisobda ularning shakldoshlari (ب ک ج ز) dan istifoda etilgan. Abjadning kelib chiqishi haqida ham qat’iy bir fikr mavjud emas. «Abjadni hukamolar tartib berganlar, hijo harflarining hammasi unda to‘plangandir va ma’nisi yashiringandir» yoki «Abjad mashhur kishilar nomidan olingan» qabilidagi farazlar yuradi. Manbalarda keltirilishicha, arablar qadimda abjad atamalaridan hafta kunlarini nomlashda ham foydalanganlar. Abjad hisobining ixcham, lo‘nda va qulayligi uning she’riyatda ham keng qo‘llanishiga sabab bo‘ldi. Biron muhim hodisa, voqealarning sodir bo‘lgan vaqtini, qo‘lyozmalarning yozib tugallangan yilini, mansabdor shaxslarga bag‘ishlab yozilgan qasida va tarixlar sanasini berishda sonlar harflar bilan ifodalangan. Bu usul muayyan sanani she’riyatda ixcham holda ifodalashni ta’minlashi bilan birga, ularni esda tutishni ham osonlashtirgan. O‘zbek va sharq she’riyatining asosiy an’analaridan hisoblangan qator she’riy san’atlar asosini ham ana shu abjad hisobi tashkil qilgan. Hatto bu usuldan foydalanib maxsus asarlar yaratilganki, ularning ayrim namunalari bizgacha yetib kelgan. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, abjad hisobi musiqa san’atida ham muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan. XV asrda yashab ijod etgan mashhur musiqashunos Zaynobiddin bin Mahmud al-Husayniy Navoiyning topshirig‘i va unga atab yozilgan «Qonuni ilmiy va amali musiqiy» («Musiqaning ilmiy va amaliy asoslari») asarida cholg‘u asboblaridan baland va past tovush hosil bo‘lish sabablari, intervallar va ularning nisbiy munosabatlari kabi masalalarni yoritishda abjad usulidan foydalangan. Abjad hisobidan boxabar bo‘lishning hozirgi davrda ham ahamiyati katta. Ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan qo‘lyozma manbalari bilan shug‘ullanadigan har bir shaxsning yozma yodgorliklar yaratilgan yoki nusxa ko‘chirilgan yillarini aniq belgilashida hamda abjad hisobi bilan bog‘liq muayyan she’rlar va harfiy san’atlarning tarixini aniqlashda abjad hisobidan yaxshi xabardor bo‘lishi talab qilinadi.
Asrlar davomida qo‘llanib kelgan arab alifbosi xalq ommasining savod chiqarishi uchun birmuncha qiyinchilik tug‘dirardi. Shuning uchun ham o‘zbek ziyolilari oldida alifboni soddalashtirish yoki boshqa osonroq imloni qabul qilish masalasi ko‘ndalang turardi. 1921-yilda arab yozuvi isloh qilindi, ya’ni yozuv oldingisiga nibatan birmuncha soddalashtirildi. Osonroq savod chiqarish uchun muayyan darajada qulaylik yaratildi. Isloh talabiga muvofiq, yozuvda barcha harflar ifodalandi, arab tiliga xos bo‘lgan tovushlarni ifodalovchi ayrim harflar ( ظ ط ص ض ذ ث) yozuvdan butunlay chiqarib tashlandi. Ular o‘rniga esa talaffuzi jihatidan o‘zbek tilidagi tovushlarga yaqin bo‘lgan harflar qo‘llaniladigan bo‘ldi. Eski yozuvdagi ص (sod), ض(se) harflari o‘rniga isloh qilingan alifboda (sin) harfi, ظ(zo), ض (zod), ذ(zol) harflari o‘rniga ز(ze), ط (to) harfi o‘rniga ت(te) ishlatila boshlandi. Masalan:
Ma’lumki, eski yozuvda qisqa unlilar yozuvda ifodalanmas edi. Isloh qilingan arab alifbosida esa ular yozuvda to‘la aks etadigan bo‘ldi. Hatto ular uchun maxsus harfiy belgilar ham ishlab chiqildi.
Misollar:
Eski yozuvda و (vov) harfi uch xil tovushni, ya’ni v, o‘ va u ni ifodalab kelar edi. Isloh qilingan yozuvda esa ular bir-biridan farqlanib turuvchi harfiy belgilar bilan yoziladigan bo‘ldi. Hatto v undoshi uchun maxsus belgi qabul qilindi. Masalan:
Eski yozuvdagi ی (yo) harfi isloh qilingan yozuvda uch xil ifodalanadi:
Eski yozuvdagi نگ (ng) yoki ینگ (ing) tovushli birikmalari isloh qilingan alifboda ﻙ yoki ک harfiga muvofiq kelgan, masalan:
Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling