2. 01 Лирик мероси. Девонлари 21-15-12 ma'ruzaga


„Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotining yaratilish tarixi. Kulliyotning


Download 191.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana05.04.2023
Hajmi191.73 Kb.
#1276349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 01 Лирик мероси Девонлари 21 15 12 ma\'ruzaga

„Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotining yaratilish tarixi. Kulliyotning 
tarkibiy tuzilishi 
Alisher Navoiy 1492-1498-yillarda Husayn Boyqaroning taklifi bilan 
o‘zining barcha she’rlari, jumladan, avvalgi rasmiy devonlariga kirgan 
she’rlarini ham to‘plab, „Xazoyin ul-maoniy“ („Ma’nolar xazinasi“) nomli 
yirik kulliyot yaratadi. Kulliyot to‘rt devonni o‘z ichiga olganligi uchun „Chor 
devon“ deb ham yuritiladi. Kulliyotning Sankt-Peterburg (1498-1499, inv. 
Xanikov-55; 1592-1596, inv. Dorn-558), Istanbul (1495-1497, xattot Darvesh 
Muhammad Toqiy ko‘chirgan, inv. № 808), Parij (1525-1527, kotib Hijroniy 
ko‘chirgan, inv. № 316-317) nusxalari mavjud bo‘lib, ular asosida 1959-1960-
yillarda professor H.Sulaymonov kulliyotning ilmiy-tanqidiy matnini yaratdi. 
Mazkur matn MATning 3-6-jildlarini tashkil etuvchi devonlar uchun asos 
bo‘lgan. 
Alisher Navoiy to‘rt devonning har biriga inson umrining fasllariga 
moslab nom berdi. Shu ma’noda, 7-8 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan davrni 
inson umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi devonini „G‘aroyib 
us-sig‘ar“ („Bolalik g‘aroyibotlari“) deb nomladi. 20 yoshdan 35 yoshgacha 
bo‘lgan davrni inson umrining yozi deb belgiladi va „Navodir ush-shabob“ 
(„Yigitlik nodirliklari“) deb atadi. 35-45 yoshni umrning kuziga qiyos etdi va 
„Badoyi’ ul-vasat“ („O‘rta yosh go‘zalliklari“) deb nomladi. 45-60 yoshini 
umrining qishiga o‘xshatib, „Favoyid ul-kibar“ („Keksalik foydalari“) deb 
atadi. Har bir devonga 650 tadan g‘azal kiritdi, shunga muvofiq boshqa she’riy 
janrlarga (jami 16 janr) ham joy ajratdi. 



Mazkur janrlarning kulliyotdagi tartibi va o‘zaro nisbatini H.Sulaymonov 
tuzgan quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin: 
 
Navoiy 
foydalan-
gan lirik 

Download 191.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling