2. 01 Лирик мероси. Девонлари 21-15-12 ma'ruzaga


Download 191.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana05.04.2023
Hajmi191.73 Kb.
#1276349
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 01 Лирик мероси Девонлари 21 15 12 ma\'ruzaga

tuyuqlar esa hassoslikni, sezgirlikni talab qiladi. O‘rta yoshlarda inson, 
odatda, hayot haqiqatlarini to‘la bir shaklda tushunadi, qalbidan o‘tkazadi. Bu 
janrga mansub she’rlar esa ayni shu holatga mos keladi. Alisher Navoiy 
devonni tartiblashda bu holatga ham diqqat qaratgan, nazarimizda. Fard
asosan, pandnoma ruhida yoziladi. Unda hayotiy xulosalar quyma misralarda 
aks ettiriladi. Keksalik – donishmandlik va mutafakkirlik maqomidir. Bu 
maqomdan turib hayotiy tajribalarni o‘zida mujassam qilgan chuqur mazmunli 
fardlarni yaratish tabiiy. Shuning uchun Alisher Navoiyning fardlari „Favoyid 
ul-kibar“ devonidan o‘rin olishi zamirida ushbu o‘ziga xoslikni payqash 
mumkin. Qolaversa, yoshligida do‘stlari va yaqinlari ko‘p bo‘lgan inson 
keksayganda, o‘zi istasa-istamasa fardlikka – yolg‘izlikka yuz tutishi 
kuzatiladi. Ehtimol, fardlarning faqat „Favoyid ul-kibar“da keltirilishi ushbu 
haqiqatning tasdig‘i ham bo‘lishi mumkin. Bu holatlar Alisher Navoiy 
she’rlarni o‘z kulliyotiga joylashtirar ekan, janrlarning nafaqat shakli, balki 
mohiyatiga ham diqqat qaratganini asoslaydi. 
Olim H.Sulaymonovning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, Navoiy „Xazoyin 
ul-maoniy“ kulliyotini tuzish ustida bir necha yil tinimsiz mehnat qilgan va 
1498- yildagina uni hozirgi holatda tugal tarzda yakunlagan. Navoiy kulliyot 
devonlarini o‘zaro ichki mustahkam bog‘liq holda va qat’iy mutanosiblikda 


13 
tuzadiki, ularga keyinchalik birorta g‘azal kiritish yoki devonlar tarkibidan 
tushirib qoldirish va hatto ichki o‘rnini almashtirish ham mumkin bo‘lmagan. 
„Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotining ichki tuzilishi jihatidan nihoyatda 
mustahkam tarzda tartib berilganligini shundan tasavvur qilish mumkinki, 
Alisher Navoiy undagi to‘rt devonning har biriga teng miqdorda 650 tadan 
g‘azal joylashtirgangina emas, balki shu bilan birga, ushbu g‘azallarning 
qofiyalanishiga ko‘ra ham har bir devonda o‘zaro teng va qat’iy mutanosib 
bo‘lishiga jiddiy ahamiyat bergan. Ya’ni, „alif“ harfi bilan tugallanuvchi qofiya 
va radifli g‘azallar to‘rtala devonda ham 39 tadan, „be“ harfi bilan 
tugallanuvchi qofiya va radifli g‘azallar 27 tadan va h.k. teng tarzda uchraydi. 
Yoki yana bir misol. „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotida hammasi bo‘lib 
„Ango“ radifli 12 g‘azal mavjud. Bu g‘azallar to‘rtala devonga uchtadan teng 
tarzda taqsimlangan. Shuningdek, ular har bir devonda bir o‘rinda, ya’ni 8-9-
10-o‘rinlarda joylashtirilgan. Bularning barchasi kulliyotning nihoyatda 
mustahkam tartibda o‘zaro mutanosib holatda tuzilganligini ko‘rsatadi. 

Download 191.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling