2. 01 Лирик мероси. Девонлари 21-15-12 ma'ruzaga
„Xazoyin ul-maoniy“ga kirmay qolgan she’rlar
Download 191.73 Kb. Pdf ko'rish
|
2 01 Лирик мероси Девонлари 21 15 12 ma\'ruzaga
„Xazoyin ul-maoniy“ga kirmay qolgan she’rlar
Alisher Navoiy „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyoti takmilini 1498-yilda tugatgandan so‘ng bu sanadan keyingi yillarda ham yuksak ijodiy sur’at bilan ishlashda davom etgan. Shoirning o‘zi kulliyot debochasida guvohlik berishicha, bir kunda bir-ikki, ba’zan uch-to‘rt g‘azal yozgan paytlari ham bo‘lgan: Kип bor ediki bir g‘azal-u ikki g‘azal, Bal uch g‘azal-u to‘rt g‘azal ba’zi mahal... Navoiyshunos A.Abdug‘afurovning yozishicha, Navoiy hayotining so‘nggi yillarida ham ana shunday katta ilhom va jiddiy sur’at bilan barakali qalam tebratgan va keyingi ikki yildan ortiq vaqt davomida ko‘plab g‘azal, qit’a, ruboiy, muxammas va boshqa lirik janrlarda asarlar yaratgan 2 . Olim bu lirik she’rlar o‘rin olgan bir necha manbalarni keltiradi: „Muhokamat ul- lug‘atayn“da shoir o‘zbek adabiyoti va jonli so‘zlashuv tilining boyligini ko‘rsatish maqsadida ko‘plab so‘z va iboralarning yozma adabiyotda ishlatilishiga misol tariqasida o‘z she’riyatidan baytlar keltiradi. Keltirilgan baytlarning aksariyati taxallus bilan yakunlanuvchi maqta’ ekanligi hazrat Navoiyning mazkur g‘azali tugal holda mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ba’zi tazkiralar, xususan, Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ tazkirasida keltirilgan maqta’ bayt Navoiy devonlarining hech birida uchramaydi. 2 Adabiyotshunos F.Sulaymonova Alisher Navoiyning „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotiga kirmagan she’rlarini to’plab, „Ayyomi visol o‘ldi yana“ nomi bilan nashr ettirdi. Mazkur to‘plamga Alisher Navoiyning 61 g‘azali, 2 ruboiysi, 7 qit’asi va 4 fardi kiritilgan. MATning 20-jildiga ilova tarzida kiritilgan qismda Alisher Navoiyning ushbu she’rlaridan tashqari Husayniy g‘azaliga taxmisi va turli manbalarda uchraydigan she’riy parcha hamda baytlari keltirilgan. 14 Zahiriddin Muhammad Boburning „Risolai aruz“ asarida Navoiy ijodidan ramal bahri uchun misol tariqasida keltirilgan qirq olti g‘azal matla’larining bittasi kulliyot tarkibiga kirmaganligining guvohi bo‘lamiz. Alisher Navoiy asarlariga XV-XVIII asrlarda tuzilgan lug‘atlar, xususan, „Badoyi’ ul-lug‘at“, „Abushqa“, „Sanglox“ lug‘atlarida ko‘plab so‘zlarning izohi uchun keltirilgan ayrim misol baytlar ham „Xazoyin ul-maoniy“da uchramaydi. Alisher Navoiy g‘azallariga bitilgan ko‘plab taxmislar tarkibidagi shoir qalamiga mansub baytlar ajratib olinganda ularning ba’zilari „Xazoyin ul- maoniy“ kulliyotida mavjud emasligi ma’lum bo‘ladi 3 . Bularning barchasi Alisher Navoiy umrining so‘nggi yillarida ham ijod qilishdan bir lahza to‘xtamaganligini ko‘rsatadi. Download 191.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling