9-mavzu. Alisher navoiy ta’sirida yozilgan tazkiralar reja
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
9-MARUZA MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Navoiy ta’siridagi turk tazkiralari.
- “Majmau-l-xavos” (“Xoslar majmuasi”)
9-mavzu. ALISHER NAVOIY TA’SIRIDA YOZILGAN TAZKIRALAR Reja: 1. Fors tiltdagi tazkirakar. 2. Faxriy Hiraviy va uning tazkiralari. 3. Turk tilidagi tazkiralar. 4. Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) va uning “Majma’u-l-xavos” tazkirasi Tayanch tushunchalar: fors tazkirakari, Faxriy Hiraviy, turkiy tazkiralar, Sodiqbek Sodiqiy, “Majma’u-l-xavos”
Sharqda tazkiranavislik an’anasi qadimdan mavjud. Adabiyotlar tarixi, uning nazariy jihatlari, adabiy maktablar, adabiy jarayon, uning namoyandalari haqidagi ma’lumotlar ana shu tazkiralar orqali ham bizgacha etib kelgan. Dastlabki tazkira asarlari adabiyot va yondosh sohalariga oid mazmundagi asarlar tarkibida uning ma’lum bir qismi o‘laroq zamima tazkiralar yozilgan. Masalan, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning “Kitob ash-
she’r” (XI-XII asrlar), Muhammad Rovandiyning “Tazkirai musavvara” (1172), Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” kabi asarlarining tazkira qismlari shular jumlasidandir.
Hazrat Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasini “Latoyifnoma” nomi bilan fors tiliga tarjima qilgan Faxriy Hiraviy (1497-98 - ?) qalamiga mansub “Ravzat us-
salotin” (“Sultonlar bog‘i”, 1551-1555) tazkirasi sulton, shahzoda va podshoh xonadoni vakillaridan chiqqan ijodkorlar hamda amir shoirlar haqidadir. Ushbu muallifning “Javohir ul-ajoyib” (“Ajoyib javohirlar”, 1555) nomli shoiralar haqidagi boshqa bir tazkirasi ham mavjud bo‘lib, bu ikki tazkira o‘z davrining noyob adabiyotshunoslik asarlaridandir. Faxriy Hiraviy badiiy ijod bilan ham jiddiy shug‘ullangan, uning “Tuhfat ul-habib” (“Do‘stlar tuhfasi”) sarlavhali forsiy she’rlar majmuasi, “Sanoe’ ul-husn” (“Go‘zal san’at”) nomli ilmi bade’, ya’ni she’r nazariyasiga oid asari, “Haft kishvar” (“Etti mamlakat”) degan tarixiy rivoyatlardan tashkil topgan tasavvufiy risolasi va turkiy “Devon”i bor. Faxriy Hiraviyning hayot yo‘li haqida ma’lumotlar juda oz bo‘lishiga qaramay, uning asarlari qachon yozilgan va qaysi hukmdorlar ga bag‘ishlanganidan kelib chiqib, muallifning qaerlarda yashaganini va qanday asarlar bitganini aniqlash imkoni bor. Tazkiranavis va muarrixlarning taxminlariga ko‘ra, Faxriy 1497-98 yili dunyoga kelgan. Manbalarda olim, fozil, fasih (nazokatli so‘zlovchi), xushmijoz, xushta’b, xushxat, iftixori zamon, zubdat ul-muallifin (mualliflar sarasi), xushtabiat odam va yaxshi shoir, deb ta’riflanadi.
“Latoyifnoma”, ya’ni “Majolis un-nafois”ning forscha tarjimasida mutarjim o‘zidan ba’zi fikrlar va tafsillarnigina emas, balki alohida boblar ham qo‘shgani haqida fanimizda ozmi- ko‘pmi fikrlar bildirilgan. Faxriy Hiraviyning “Ravzat us-salotin” tazkirasi “Majolis un-nafois” ta’sirida bitilgan. Asar odobi tasnifga ko‘ra, Allohning hamdi, Payg‘ambar na’ti, asarning yozilish sababi, niyati ta’lif va asar mundarijasi muqaddimada beriladi. Faxriy yozadi: “Kunlarning birida SHoh Hasan huzurida she’riyat xususida so‘z ketar edi, ul janob: “Husayn Boyqaro “Devon”larini bizga sovg‘a qildilar, deya ta’zim va da’vat yuzasidan shu nday baytni o‘qidilar: Suxan nazdi suxandon buzurgvor buvad, Suxan z-osmon omad, suxan na xor buvad. (So‘z uni biluvchilar nazdida ulug‘vor bo‘ladi, So‘z osmondan tushgan, so‘z xor bo‘lmaydi) Bu ta’zim, bu hurmatni mulohaza etgach, menda nazm ibtidosidan boshlab she’riyat bilan mashg‘ul bo‘lgan sultonlar haqida asar yozish niyati paydo bo‘ldi va bu tazkira yaratildi, unga “Ravzat us-salotin” nomi berildi”. Muqaddima va etti bobdan iborat bu asar mundarijasi quyidagicha: 1)
she’r va unga goho iltifot ko‘rsatgan Bahrom Go‘r, Sulton Sanjar, Tug‘rulbek, Sulton Aloiddin Jahonso‘z haqida; 2) yaxshi she’rlar yozgan chig‘atoy podshohlari; 3) Amir Temur avlodlari – Samarqand va Buxoroda yashagan sohibi devon shoirlar; 4) Iroq va Rum nozimlari; 5) Hindiston va boshqa atrof maliklari; 6) amirlar; 7)
Shoh Hasan Arg‘un. “Ravzat us-salotin”da 81 ta ijodkor (sulton va amirlar) haqida ma’lumotlar jamlangan. Tazkiraning II bobi Muhammad SHayboniyxon nomi bilan ochiladi. SHoh Budog‘ o‘g‘li Abulxayrxon nabirasi SHayboniyxonni ng muxtasar ta’rifidan so‘ng uning goh-gohi
she’r aytgani ta’kidlanadi va Imom Muso Rizoga atab Mashhadda yozgan qasidasidan 2 bayt keltiriladi: Tus va Mashhadkim, derlar lutfu ehson andadur, Ravzai Sulton Ali shohi Xuroson andadur. Gumbazining qubbasi olamg‘a bo‘ldi nurbaxsh, Ko‘k erurkim, partavi xurshidi tobon andadur. Tazkirada Ubaydullohxonning ikki forsiy va quyidagi turkiy bayti keltiriladi: Bir- bir ayting, do‘stlar, holimni dildor ollida, Aytib- aytib yig‘langiz, zinhor-zinhor ollida. Buqoxon o‘g‘li YUnusxon saltanat ishlaridan kechib, safar ixtiyor qiladi va bir necha muddat Rum shaharlarida yashaydi. Qalamtaroshlik san’atida ustod bo‘lgan YUnusxon shu yillari mana shu kasb vositasida ro‘zgor tebratgan. SHuning uchun uni Ustod YUnus qoshiqtarosh deb taniganlar. Deydilarki, Rumdan Samarqandga kelganida Abu Sa’id unga mo‘g‘ul julusini topshirgan ekan. Tab’i nazmi g‘oyat yaxshi bo‘lgan:
O‘ljaxon o‘g‘li Sulton Mahmudxonning (uni SHayboniyxon qatl ettirgan) bir forsiy matla’i keltiriladi. Quyidagi bayt esa O‘ljaxon o‘g‘li Sulton Saidxon qalamiga mansub:
Rashidxon Sulton Saidxon o‘g‘li bag‘oyat zarif podshoh va xushta’b shoir bo‘lgan: YUzungni ko‘rgali devonadurmiz, Jahonning ahlidin begonadurmiz. Demonkim, lolavu gulni ko‘rubmen Ki, davlatlarg‘a men xud yonadurmen. Bu bobda yana Budoqxon Sevinchakxonning o‘g‘li (taxallusi Navro‘ziy), Muhammad Aminxon (Qozon xoni), Po‘lodxon Temur Sulton o‘g‘li (Muhammad SHayboniyxon nabirasi), Abdulazizxon Abdu llohxon o‘g‘li, Sulton Said Abusa’idxon Ko‘chimxon o‘g‘li (taxallusi Ko‘hkan, uning “oyad” radifli she’riga Mo‘min Jarroh degan bastakor musiqa (naqsh) bastalagan) kabi sultonlarning forsiydagi she’rlari va ular haqida maroqli ma’lumotlar beriladi. Fikrlar imizni xulosalaydigan bo‘lsak: 1. Faxriy Hiraviyning “Ravzat us-salotin” tazkirasi “Majolis un-nafois” ta’sirida yozilgan. Uning yaratilishida Husayn Boyqaroning bilvosita o‘rni bor. 2.
Muallif “Majolis un-nafois” tarjimasi “Latoyifnoma”ga qilgan ilovasi - IX majlisning (9 qism va xotimadan iborat) “Zikri latoyifi umaroi nomdor” va “Zikri latoyifi salotini komgor” qismlaridagi ma’lumotlarni ba’zan to‘laligicha, ba’zi hollarda esa to‘ldirib keltiradi. 3. Tazkira turkiyda qalam tebratgan shoirlar va ular ijodidan keltirilgan namunalari bilan g‘oyat qimmatli manbadir. 4. Fikralardagi badiiy lavhalar, muallifning tanqidiy qarashlari asarga davr adabiyoti va adabiy jarayoni haqida muayyan tasavvur yaratish imkonini beradi. 5. Tazkiradagi 81 ijodkordan aksariyatining nomlari boshqa tazkiralarda uchramaydi. Bu jihati bilan asar noyob adabiy yodgorlik hisoblanadi. 6. “Ravzat us-salotin”ni chuqurroq va boshqa tazkiralar bilan qiyosan o‘rganish navbatdagi vazifalarimizdandir. “Javohir ul-ajoyib” muallifning ayollar haqida yozgan tazkirasi bo‘lib, unda 31 shoira haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar ba’zi o‘rinlarda bilganlarimizni to‘ldiradi, aksaran esa, yangi ma’lumotlar yoxud yangi she’rlar namunalaridir. Tazkirachilik an’anasida ayol ijodkorlar haqida alohida tazkiralar yaratish yo‘nalishi ham ravnaq topgan. Bu tazkiralarning adabiyot tarixi uchun ahamiyati g‘oyat katta. Zero, shoiralar qaysi davrda yashamasinlar, adabiy jarayonda bevosita ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmaganlar. Ularning aksariyatiga devon tartiblash nasib bo‘lmagan. Binobarin, ularning hayotlari, ijodlari haqida ana shu tazkiralar birlamchi manbalardandir.
“Javohir ul-ajoyib” tazkirasi yozilgan vaqtda Faxriy Hiraviy Sindda SHoh Hasan A
rg‘un saroyida xizmatda edi. U SHoh Hasanga bag‘ishlab “Ravzat us-salotin” nomli tazkira (uning yozilishiga Husayn Boyqaroning devonini Hasan Arg‘un mutolaa qilgani va hayratga tushgani sabab bo‘lgan edi) va “Sanoe’ ul-hasan” (“Go‘zal san’atlar”) nomli she’riy san’atlarga oid asar yozgani ma’lum.
Alisher Navoiy “Majolis...”ining ta’siri haqida prof. Mustafo Eson shunday yozadi: “Hazrat Alisher Navoiy boshqa ko‘plab tazkiralarga namuna bo‘larlik asar yaratgani bilan ahamiyatlidir... muhimi, tazki ralarning Onado‘lida paydo bo‘lishiga ta’siri, ya’ni bu tazkiralarga andozalik vazifasini bajarishidir. YAnada to‘g‘rirog‘i, Hirot maktabi tazkiralari sifatida nom olgan Jomiy, Davlatshoh va Navoiy hazratlarining asarlari keyinroq Usmonli o‘lkasida paydo bo‘lgan tazkirai shuaro janriga teran ta’sir etib, adabiy biografiya rivojini tezlashtirdi... Butun XVI asr tazkiralarida Navoiy an’analari davom etdi, XVII asrdan... mumtoz tazkiralarga yana qaytildi [1] va endi Navoiy yangi bir sog‘inch bilan eslanib, qo‘msala boshlandi” [2]
. Navoiy ta’siridagi turk tazkiralari. Onado‘lida yaratilgan ilk tazkiralar sifatida Saxiy Bey (v.1548)ning “Hasht bihisht” (“Sakkiz jannat”, 1538) asariga diqqat qaratamiz. Muqaddimada muallif o‘zining “Hirot tazkiralaridan “Bahoriston”, “Davlatshoh tazkirasi” va “Majolis...”ni tadqiq etganini Usmonli o‘lkasida etishgan shoirlarni unutilishdan qutqarmoq uchun ularga o‘xshatma tarzida bir asar yozganini aytadi” [3]
. Saxiy Bey Navoiydan andoza olib, o‘z tazkirasini 8 qismga ajratdi, ularni “Hasht bihisht (jannat)” deb atagani holda agar Hazrat Navoiy Sulton Husayn Boyqaro ijodiga 8- majlisni lozim ko‘rsa, Saxiy Bey o‘z podshohi Qonuniy Sulton Sulaymonga 1- majlisni bag‘ishlaydi. Keyin esa 2-tabaqada yana orqaga qaytib, Sulton Sulaymondan avval o‘tgan adiblar ijodiga murojaat qiladi. So‘ngra esa amaldor shoirlar, olim- shoirlar, o‘zidan avval yashab, vafot etgan shoirlar, muallifning yoshligida shuhrat qozongan shoirlar, asar yozilayotgan paytda hayot bo‘lgan va nihoyat, so‘nggi tabaqada nomi endi eshitila boshlagan umidli shoirlar tasniflanadi. Ayni o‘rinda “Majolis...”ning majlislararo tasnifi o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgani uchun ularni qiyoslash o‘rniga yana mutaxassislarning e’tiroflariga tayanamiz. Tazkirachilik makta blari haqida maxsus tadqiqot yaratgan prof. M.Eson kuzatishiga ko‘ra, “Hayot hikoyalarining tartib tarzi Saxiyda tabaqot asosida bo‘lgani kabi bu usulni aynan Navoiydan olgan: shoirlarning qisqacha tug‘ilgan joyi, nomi, vazifalari, adabiy aholi bilan bog‘liq bir necha taqlidiy qolipli so‘z, asarlari, ba’zan shoir bilan bog‘liq bir voqea, oxirida bir necha bayt yoki qit’a kabilar” shular jumlasidan [4] .
“Majolis...”ning ta’siri Onado‘lidagi ilk tazkirada ko‘ringanidek, keyingi davr tazkiralarida ham mana shu holat u yoki bu ma’nolarda takrorlanadi, ayrim fakt va kuzatishlar asosida boyitiladi. Oradan sakkiz yil o‘tib, Saxiy Beyning tazkirachilik faoliyati Latifiy (1491-1582) tomonidan davom ettiriladi. Ham shoir, adib va olim Latifiyning Navoiy ijodiga bog‘lanishi tazkiradan tashqari uning nazm va nasr qorishig‘ida yozgan “Fusuli arbaa” (“To‘rt fasl”) asarida ham kuzatiladi. SHoirning “Nazmu-l-javohir” nomli asari esa Hazrat Alining hikmatlari asosida tuzilgani hamda ulug‘ o‘zbek shoiri asarining nomini aynan olgani Navoiyning Latifiy ijodiga ta’sirini alohida o‘rganishga ehtiyoj borligini anglatadi. Muallif“Tazkiratu-sh-shuaro va Tabsiratu-n- nuzamo” (”SHoirlar tazkirasi va nozimlar qiyofalari”, 1546) tazkirasini Qonuniy Sulton Sulaymon (Muhibbiy taxallusi bilan she’rlar yozgan)ga bag‘ishlagan bo‘lsa-da, uning tazkirachilikdagi o‘rni mavjud asarlarga ijodiy munosabatda ko‘rinadi. Latifiyning yozishicha, Navoiy she’rlarini ilk bor Onado‘liga olib kelgan shoir Basiriy bo‘lgan: “Ajam sarhadiga yaqin joydan. Sulton Boyazid zamonida Hazrat SHayx Jomiy va Mavlono Navoiy tarbiyatnomasiyla kelmish... aksari avqotin bu diyorda kechurmagin tarzi she’rida tarkiyzabon nazmlari shevasin va Rum shoirlari ishvasin rioyat etmishdi.
Matla’:
Oshiqlarini oh ul masihodam o‘ldurur,
Bu odam o‘ldururki, Masih odam bo‘ldurur” [5] .
Ayni faktning o‘zi hali Hazrat Navoiy va Sulton Husayn Boyqaro usmonli Sulton Boyazid II bilan diplomatik yozishmalarga kirishmay turib, Navoiy asarlari Onado‘liga kirib kelgan bo‘lishi yoki Navoiy she’rlari bilan birga uning maktubini mana shu Basiriy keltirgan bo‘lishi ham mumkin. CHunki Navoiy ijodining Onaduliga kirib kelishi bilan juda ko‘p olimlar qiziqarli kuzatishlar olib borgan bo‘lsalar-da, Navoiy asarlarini ilk bor kim olib borgani va nima uchun u turkistonli shoir Bas iriy vazifani ado etgach, o‘z yurtiga qaytmasdan Rumda qolib ketgani va “she’rida tarkiyzabon nazmlari shevasi”ni davom ettirgani noma’lum edi. YUqorida Latifiy keltirgan baytning o‘ziyoq Basiriyning she’riy iste’dodidan darak beradi. Biroq Latifiy Basiriy haqida mufassal ma’lumot bermaydi. Navoiy an’anasini o‘zicha boyitgan Latifiy shoirlar tasnifotida alifbo usulini ma’qul ko‘radiki, bu usul ham keyingi tazkiralarda an’anaviylik tusini oldi. Bundan tashqari Latifiy “Fasli avval”da yana ham o‘ziga xosroq yo‘lni tanlab, XIII asrdan o‘z zamoniga qadar boshqa o‘lkalardan (jumladan, Turkistondan ham) Onado‘liga kelib o‘rnashib qolgan 13 shoir haqida ma’lumot beradi: bular Jaloliddin Rumiy, Sulton Valad, Sadriddin Ko‘nyoviy, Oshiq Posho, SHayx Rushaniy, Abdulloh Ilohiy, SHayx SHamsiddin Buxoriy, SHayx Ibrohim Gulshaniy, Kotib Mehmet CHalabiy, Sulaymon CHalabiy va SHayx Boyaziddir. Garchi Latifiy o‘z tazkirasini Sulton Sulaymonga bag‘ishlagan bo‘lsa ham u o‘z hukmdori Muhibbiyga maxsus bo‘lim ajratmaydi, aksincha, sulton va shahzodalar bo‘limining eng so‘ngida bir necha sahifada uning she’rlari tahlili munosabati bilan hukmdorga murojaat qiladi. Tazkirada bir yoki bir necha bayt o‘rniga to‘liq holda g‘azal va qit’aning keltirilishiga e’tibor qaratsak, Latifiy tazkirasi antologiyaga yaqinlashganini ham kuzatish mumkin. Mufassalroq to‘xtalishni rejalashtirganimiz uchinchi tazkira Oshiq CHalabiy (1520- 1571)ning “Mashoyiru-sh-shuaro” (“SHoirlar mashoirasi”, 1568) nomli 425 shoir ijodi haqida ma’lumot beruvchi tazkiradir. Muqaddimada tazkiranavis “Zaboni turkiyning dostonsaroyi, Fasohat bulbuli, ya’ni Navoiy ja’m etdugi “Majolisun-nafois”ki, hajlai nozi kavoibi aro’isdur” [6]
deya Navoiydan so‘z
ochadi. Va davomida “Oxir umrinda Sulton Boyazid (bu o‘rinda Eldirim Boyazid emas, Sulton Boyazid II (1447-1512) nazarda tutilgan, u 1481 yilda taxtga chiqqan - H.B.)ga Navoiy o‘ttiz uch g‘azal yubormish, birisi ushbu g‘azaldur, matla’si quyidagichadir: Matla’i Navoiy: Ul pari paykarki hayron bo‘lmish insu jon anga, Jumla olam manga hayronu men hayron anga. Sulton Boyazid bu g‘azalni Ahmat Poshoga yuborib, unga nazira bitishni buyurdi”. Ushbu faktga asoslanib, dastlab shoir Nomiq Kamol, keyin F.Ko‘prulu, Agah Sirri Lavend, Kamol Eraslon ... kabi turk; Gibb, Broun, Z.Kleynmixel, Gorbuzova kabi g‘arb olimlari; N.Karimov, J.Nagieva, Olmos Ulvi, R.Ro‘zmonova v.b...o‘zbek va ozar olimlari maqola va tadqiqotlarida bu fikrlar dunyo bo‘ylab ilmiy “sayohat” qilgan, bu samarali ta’sir natijalari atroflicha o‘rganilgan. Lekin Oshiq CHalabiy tazkirada o‘rni bilan Navoiy g‘azalining “yaxshiligi”, unga nazira yozgan shoir maqta’si (Maqta’: So‘zda ushshoqi muhayyir ayladirsun Ahmada, Bo‘yla go‘yo o‘lmag‘a kuyin kerak bo‘ston anga)” mahorat bobida Navoiydan ancha quyiroq ekanini ham qayd etgan (290-b.). Ayni fikr Qin olizoda Hasan CHalabiyning “Tazkiratu-sh-shuaro” (1585-1586) tazkirasida takrorlanish barobarida “Hazrati Jomiy va Navoiy g‘azallari siporishnoma (maxsus rasmiy davlat maktubi – H.B.) bilan Sulton Boyazidga kelgan” deb umumlashtiradi [7] . Va “Ahmad Posho Navoiy uslubini o‘rgangach, uning she’ri xub va tarzi guftori marg‘ub bo‘ldi” deb Ahmad Posho Navoiy g‘azallari yo‘liga kirgandan keyin she’rlarining usluban go‘zallashgani va hamma tomonidan rag‘bat ko‘rgani qayd etadi” [8]
. SHuningdek, bunga uyg‘un fikrlar G‘alibo‘lulu Alining “Ko‘nhu-l-axbor” asari tazkira qismi”da “Sulton Husayn Boyqaroning vaziri mushiri va ul asri bohirun-nasrin malozi fuhulu fuzalo bo‘lgan Mir Alisher ul shahriyori oliyhimmat (Boyazid II ga – H.B.) bir necha g‘azal jo‘natdi. Ular taqi nazoir jihatdan tatabbusini marhum Ahmad Poshoga asir ayladi” kabi tazkiralardan tazkiralarga ko‘chib, yuqorida tilga olingan olimlarning tadqiqot va maqolalariga mavzu bo‘ldi. Alining tazkirasida Kotibiy taxallusli Saidiy Ali Rais munosabati bilan yana bir muhim fikr o‘rtaga tashlanadi. Bu shoir vazifa yuzasidan Hindistonda Navoiy izdoshi sifatida tanilgan va Navoiyi Soniy laqabini olgan shoir “uch yarim yil sayohatdan so‘ng Hindu Sind va Xuroson va Gujarat va SHerozu Ozarboyjon salomini keltirdi” [9]
. Ko‘rsatilgan tazkiralar ichida Oshiq CHalabiyning “Mashoyiru-sh-shuaro” asari Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgani bilan ajralib turadi. Oshiq CHalabiy Navoiy g‘azallarini Rumga Basiriy keltirganiga urg‘u beradi: “Navoiyi marhumning “Majolis un-nafois”inda mazkur bo‘lgan shuarodan va poytaxti mulki Xuroson bo‘lgan Hirotda Mirzo Sulton Husaynu Navoiyu Jomiyu Binoiy va ul kasning akobiri xizmatiga erishgan zufarolardan edi. Rumga Sulton Boyazidi marhumga Navoiy va Jomiyning kitobu g‘azallari va siporishlariyla kelmishdir” (420-421 b.). Hirotda yuqoridagi ulug‘lar xizmatida bo‘lgan hirotli shoir Basiriyning kelishi aniqlashdi, biroq u nimagadir vazifani ado etgach, qaytib ketmasdan bir umrga Rum elida qolib ketdi va asosan, Hazrat asarlari targ‘iboti bilan mashg‘ul bo‘lib, uning ijodini g‘ayrio‘lkalarga yoyilishiga sabab bo‘ldi.
Tazkirada shu bilan birga Navoiyning Adniy taxallusli Valiy Mahmud Posho (vafoti 1474) bilan maktub yozishgani to‘g‘risida fikr bildirilgan: “Marhumning (Adniyning – H.B.) an’ori nafis... ammo inshosi she’ridan a’lo va kinoyatu istiorat va latoyifu nikoti, mabodiy va meboniysi, fahoviy va maoniysi puxta va ustodonadir. Xususan, Navoiy ila maktuboti bebahonadur” (1057-b.). Ko‘rinadiki, Navoiyning Rum eli bilan bog‘lanishi birgina yuqoridagi 33 g‘azal bilan cheklanmaydi, ayrim shoirlar, xususan, Adniy taxallusli Mahmud Posho bilan yozishmalari mavjud. Agar mazkur shoirning 1474 yilda vafot etgani e’tiborga olinsa, 1481 yilda taxtga chiqqan Boyazid II ga Navoiyning 33 g‘azali etib bormay turib, bundan taxminan o‘n yillar chamasi avval, ya’ni ulug‘ shoir 22-25 yoshlarida rumlik shoirlar bilan maktublar yozishgan. Tazkirada “Ajam vasfinda bir bayt
Ro‘yash chu mushafest u az u husni oyatiy
Husni xatesh chu nuqta nadorad nihoyati (Tarjimasi: YUzi mushaf kabi ekani oyatining go‘zalligidandir. Xati go‘zalligining nuqta kabi so‘nggi yo‘qdir) kabi bayt keltirilib, asridan so‘nggi asrga kelguncha shuaroga hikmatomuz” ta’sir etganini ko‘rsatib o‘tadi” (243-b.). Olti tilni yaxshi bilgan SHukriy munosabati bilan “turkiy tilda ravon Navoiy kabi, forsiyda hamon Binoiy kabi...” deya oshirilgan maqtovlar ham uchraydi (SHukriy, 1430-32 b.). Ayrim shoirlarni “Navoiyning kotibi”, “Navoiyga raqqos” deb ataydi (698-b.), “Navoiy davoti (siyohdoni)dan rang olganlar” (993-b.), “Navoiy gulshanining xud bulbuli” (Zotiy, 1576-b.) deb ataydi.
Tazkiralarda qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, YUsuf CHetintog‘ Navoiy uslubini o‘zida yorqin aks ettirgan yigirmaga yaqin shoirning nomini keltiradi, masnaviylarda Hazrat an’anasini davom ettirgan shoirlar ijodidan bahs yuritadi [10]
. Keltirilgan ma’lumotlarning hammasi turk manbalarida zikr etilgan, zamonining ulug‘ adib va olimlari tomonidan e’tirof etilgan fikrlardir. Bundan tashqari qanchadan qancha tazkiraga kirmay qolgan shoirlar, nafaqat shoirlar tazkiralari, balki valiylar tazkiralari, risolalar, masnaviy va nasriy asarlarning muqaddimalarida, tarixiy va axloqiy-falsafiy asarlar zayl (ilova)larining qatlarida Hazrat Navoiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq manbalar borki, ularni o‘rganish, yuqorida zikr etilgan Navoiyning turk sultoni Boyazid II ga yozgan 10 dan ortiq maktublarini, boshqa shoirlar bilan yozishmalarini topib, nashr qilish orqali Hazratning ma’naviyat xazinasini boyitish bugungi navoiyshunoslik fani zimmasidagi ilmiy yumushlardan. Demak, Navoiy shuhrati 25 yoshlarda ekan, Rum eli e’tiborini tortadi va Oshiq CHalabiy Navoiy Adniy taxallusli shoir bilan maktublar yozishgan. Navoiy va Jomiy asarlarini Rum eli va uning sultoni Bayazid II ga Basiriy taxallusli shoir etkazgan va umrining oxiriga qadar Onado‘lida yashab qolib, Navoiy asarlari targ‘iboti bilan mashg‘ul bo‘lgan. Navoiyning maktubotlari orasida Basiriy taxallusli shoirga muammo bitgani manbalarda qayd etilgan. Mutribiyning xabar berishiga qaraganda, uning ona tomonidan bobosi Basiriy taxallusli shoir bo‘lgan. Bu ikki Basiriy bir kishi bo‘lib chiqishi ehtimoli bor, biroq buni tasdiqlovchi hujjat qo‘limizda yo‘q. Alisher Navoiyning Onado‘liga yuborilgan devoni “Navodir un-nihoya” bo‘lib, undan 33 g‘azalni Sulton Boyazid ma’qul ko‘rib, zamonasining shoiri a’losi Ahmad Poshoga nazira yozishni buyurgan. Ahmad Posho va boshqa o‘nlab shoirlar Navoiy ijodining ta’sirida bo‘lganlar. Amir Navoiy davlat idoralarida ekan, Sulton Boyazid II ga bir necha maktublar yozgan (turk tazkiralariga k o‘ra, ular 10 dan ortiq). Biroq u maktublarning matni hali aniqlanmagan, ularni topib, ilmiy muomalaga kiritish navoiyshunoslar zimmasida. Tazkira milliy va o‘zaro yaqin adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davr adabiy muhitini o‘rganishda, alohida adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Hazrat Navoiyning “Majolisu-n-nafois” tazkirasi bilan boshlangan turkiy tazkirachilik maktabi XX asr boshlariga qadar nafaqat Turkiston yoki Markaziy Osiyoda, balki Eron, Hindiston, Afg‘oniston, Ozarboyjon hamda Turkiyada muvaffaqiyat bilan davom etgan [11]
. O‘tgan 500 yildan ortiqroq vaqt davomida yaratilgan tazkiralarda “Majolisu-n- nafois”ning izla-rini ilg‘ash qiyin emas. Birgina Onado‘lida turkiy tilda 36 tazkira yaratilgan bo‘lib, bular, asosan, “SHoir tazkiralari” (ya’ni valiylar va dabirlar tazkiralari bu hisobdan tashqari)dir [12]
. SHundan 12 tazkirada Hazrat Navoiy shaxsi tilga olingan, uning ijodiga munosabat bildirilgan. Mana shu ijodiy vorislikning davomi sifatida tuzilgan tazkira “Majma’u-l-xavos” (“Xoslar majmuasi”) deb nomlanib, uning muallifi Sodiqbek Afshar (1532- 1613)dir. Muallifning o‘zi yozganidek, Xudobandali turk-
afshar qavmidan bo‘lib, Tabrizning Varji mahallasida tug‘ilgan, 20 yoshida otasi vafot etgach, meros masalasidagi adolatsizliklardan so‘ng Tabrizni tark etgan hamda qalandarlarga qo‘shilib vatangadolik qilgan. U shoir, tazkirachi olim va naqqosh bo‘lishdan tashqari, tabobat ilmidan ham xabardor bo‘lgan. Uning uyida hajomat dastgohi borligi va zamondoshi shoir Basiliy Sovajiyning og‘riq tishini undan foydalanib davolaganini ham mazkur tazkiradan bilib olamiz. Bundan tashqari, asosiy vazifasi saroy kitobdori bo‘lgani va SHoh Ismoil II (shohlik yillari hijriy 984–985) davrida shoir-rassom, Sulton Muhammad (shohlik yillari hijriy 985 –996) davrida esa kutubxona raisi vazifasida ishlagan. SHoh Abbos (shohlik yillari hijriy 996 –1038)
davrida esa bu mansabda uning yanada hurmati oshganiga qaramay, 1007/1599 – 1600 yilda vazifasidan olingan . Hayotining so‘nggi yillarini Isfaxonda o‘tkazgan shoir kasallanadi va shunga qara may “Kulliyot”ini tayyorlash bilan band bo‘ladi. Tadqiqotchilar ning yozishiga ko‘ra, 77 yil umr ko‘rgan. Sodiq Kitobdor qalandarlar safida Qazvin, Isfahon, YAzd, Gilon, Lohijon, Astrobod, Hamadon, Bag‘dod, Nasaf va Karbalo shaharlariga sayohat qilgan. SHom (Suriya)dan Tabriz shahriga kelib o‘rnashgan. Mavlono Ali Naqqosh, Behzodning shogirdi Muzaffar Ali bilan birga ishlab, zamonasining mashhur rassomlaridan biriga aylangan. Codiqiy o‘zbek, ozarboyjon va turk tillarida asarlar bitgan. Uning “Kulliyot”iga turli yo‘nalishdagi lirik va epik, ilmiy va ma’rifiy risolalar kirgan bo‘lib, mundarijasiga ko‘ra shunday tartiblangan: “Zubdatu-l-kalom” (“So‘zlar qaymog‘i”) qasidalar to‘plami (9–sahifadan), “Devoni g‘azaliyoti forsiy” (133–sahifadan), “Muxtalif she’rlar” (394–sahifadan), “Tazkiratu-sh-shuaro” (“Majma’u-l-xavos”, 410–sahifadan), “Ruboiyot” (440-sahifadan), “Maqolot va manzum hikoyotlar” (446–sahifadan), “SHoirlar ismiga aytilgan muammolar” (454–sahifadan), “Fotih-nomai Abbos Nomdor” masnaviysi (474 –sahifadan), “Boqiyai “Majma’u-l-xavas” (ning davomi va oxiri (627– sahifadan), “Turk tilidagi qasida va g‘azallar” (888–sahifadan), “Fayzi shoirlari haqida risola” (920–sahifadan), “Manzumai qonunu-s-suvari naqqoshiy” (“Rassomlik qonunlari manzumasi”, 934–sahifadan), “Hazziyyot” risolasi (948–sahifadan), “Marsiya va tarkibband” (964–sahifadan), “Tarkibbandlar” (alifbo tartibida, 986– sahifa- dan), “Tarje’band” (994–sahifadan), “Haydariy hajvi” (1000–sahifadan), “Munshaot va Mukotibot” (turk va fors tillarida, 1008–sahifadan), “Falakdan shikoyat va Muhammad bey Mazoqning hajvi” (1044–sahifadan), “Muxtalif hajvlar” (1062– sahifadan) kirgan.
(milodiy 1597 –98) Hazrat Navoiyga ergashib o‘zbek (chig‘atoy turkchasi) tilida yozgan. SHoh Ismoil davridan SHoh Abbos davrigacha o‘tgan 369 shoir haqida (o‘zidan boshqa) ma’lumot bergani Tabriz va Boku nashrlarida aytilgan. Qiyoslashlar natijasida tazkirada zikr qilingan shoirlar conining 372 nafar ekanini aniqladik va shu tartibda raqamladik. “Kulliyot”ning yuqorida keltirilgan mundarijasiga ko‘ra, tazkira ikki o‘rinda sahifalangan. Tazkiraning “Kulliyot”dagi umumiy hajmi 291 sahifadan iborat. Kitobat tartibiga ko‘ra avval Muqaddima keltirilgan bo‘lib, unda dastlab 3 ruboiy, kichik so‘zboshi, ikki masnaviy, ikki ruboiy va bir qit’a, so‘ngra SHoh Abbos aytgan sh e’rlardan 3 bayt va bir ruboiy (va uning fors tilidagi tarjimasi qo‘shilgan). Muqaddimada “Avvalo, shayxulislomi nuran Abdurahmon Jomiy-ning “Bahoriston”ining bir ravzasidur. Va yana amiri kabir Alisherning “Majolisu-n- nafois”idur. Va yana “Tazkirai Davlat-shoh”dur. Va yana shahzodai olamu olamiyonning “Tuhfai Somiy”-sidur. Bu silsilai sarhalqa intizomi bir-biridin uzulmasun deyu va bu tazkiralar sarrishtasi buzulmasun deb, men muosir shoirlar haqida Amir Alisher Navoiyning «Majolisu-n-nafois» tazkirasi kabi sakkiz fasldan iborat bo‘lgan bir tazkira yozdim va odini «Majma’u-l-xavos» qo‘ydim. Va bu asarni SHoh Abbos davrida bitirdim » kabi fikrlardan kelib chiqib va tazkiraning tarkibiga asoslangan holda Hazrat Navoiy an’analarini ham janrda, ham tilda, ham uslubda davom ettirganini kuzatamiz. Asarning nisbatan qadimgi qo‘lyozmasi 1607/08 yillarga oiddir. Muallif tazkiraning tegishli qismini shoirning nomi bilan bosh lab, so‘ngra oilasi va tug‘ilgan joyi, kasbi haqida so‘z yuritadi. SHoirlik darajasi va asarlaridan namunalar beradi, ayrim shoirlar haqida latifanamo naqllar keltiradi. SHoirlar ijodidan 59, 74, hatto 99 bayt she’rlar keltirgan o‘rinlar ham bor. SHoirlar geografiyasi O‘rta Osiyo, Xuroson, Onado‘li, Iroq, Ozarboyjon, Pokiston va Hindiston o‘lkalarini o‘z ichiga oladi. Tazkira, asosan, turkigo‘y shoirlarni qalamga olishi bilan xarakterlidir. Xotima da muallif o‘z ijodidan namunalar keltirgan. Qo‘lyozmaga (tazkiraga kirgan) turk usmonli shoirlarining ro‘yxati ilova qilingan. Sodiqbek va uning tazki rasi haqidagi dastlabki ma’lumotlar Qozi Ahmad Qumiyning xattotlar va naqqoshlar haqidagi riso-lasida [13] , Iskandar Munshiy (1561 y.t.)ning “Tarixi Olamoroyi Abbosiy” asarlarida keltirilgan. Biroq keyingi asar tarix kitobi bo‘lgani uchun unda Sodiqbekning kitobdorlik faoliyati tilga olingan, xolos. Muhammad Ali Tarbiyat (1875 –1940)ning “Donishmandoni Ozarboyjon”i (1935)da tazkira xususida ancha batafsil ma’lumot va “Kulliyot”ining mundarijasi keltirilgan [14]
. CHunki M.Tarbiyat o‘z tazkirasini tuzishda Sodiqbek asariga manba sifatida tayangan edi. Tabrizlik olim Abdurrasul Xayyompur Istanbul universiteti kutubxonasida saqlanayotgan tazkira qo‘lyozmasini [15]
qiziqadi. Ma’lum bo‘lishicha, tazkiraning Nuri Usmoniya kutubxonasida ham yana ikki qo‘lyozma nusxasi borligi aniqlanadi. [16] Keyingi nusxa asosida olim uni fors tiliga tarjima qilib, Tabrizda nashr ettiradi [17]
. Mazkur tarjima to‘liq emas, ayrim ma’lumotlar qisqartirilgan, turkiy she’rlar forschaga tarjima qilinmagan. SHunga qaramay, ushbu nashr mazkur tazkirani adabiyotshunoslik ilmiga olib kirgani, unga kirish so‘zi yozib, muallif xususida fikrlar keltirgani, o‘ziga tanish bo‘lgan qo‘lyozmalarning tasnifini bergani va kitob ilovasida tazkiraga kirgan shoirlar nomlarini fors alifbosi tartibida ilova qilgani bilan ahamiyatlidir. Ozarboyjonda Tarbi yat tazkirasi va Xayyompur tarjimasidan so‘ng Sodiqbek ijodiga alohida e’tibor qaratildi. Hamid Orasli “XVII–XVIII asr Ozarbayjon adabiyoti tarixi” (1956) kitobida va “Alisher Navoiy merosini o‘rganish tarixidan” maqolalarida Sodiqbek ijodiga to‘xtalib, uning ozarboyjon adabiyoti tarixidan o‘rin olishiga sabab bo‘ldi
[18] va u haqda maxsus maqola chop etildi [19] . Keyin esa ozarboyjonlik olima M.Murodovaning maqolasi (1969), nomzodlik dissertatsiyasi (1970) va monografiyasi e’lon qilindi [20]
. So‘ngra esa Alisher Navoiy ijodining Ozarboyjondagi tadqiqotchisi Jannat Nagieva o‘z ishlarida mazkur tazkiradagi Navoiy an’analari xususida so‘z yuritdi [21]
. Turkiyad a mazkur tazkira va undan o‘rin olgan usmonli turk shoirlari xususida maqolalar e’lon qilindi [22]
. Tazkiraga O‘zbekistonda 1960-yillardan e’tibor berila boshlangan. U haqda nisbatan birinchilardan bo‘lib Maqsud SHayxzodaning “Tazkirachilik tarixidan” maqolasida batafsil fikrlar bor [23] . Bunga qadar matbuotda S.G‘anievaning maqolasi e’lon qi- lingan bo‘lib, olima Tehrondagi forscha tarjima nashridan kelib chiqib, muallif va uning asari xususida mulohaza yuritgan. [24] Ni
hoyat, mazkur tazkira xususida o‘zbek olimasi R.Qobulova dastlab maqola [25] , so‘ngra nomzodlik dissertatsiyasini e’lon qildi [26]
. SHu bilan yurtimizda go‘yoki Navoiyning tazkiranavis shogirdi (uvays) va uning o‘zbek tilidagi tazkirasi haqida fikrlar to‘xtaganday bo‘ldi. Biroq Ozarboyjonda mazkur muallifning nomi adabiyot tarixidan qat’iy o‘rin olib, u haqdagi tadqiqotlar davom et
tirildi. Ayniqsa, V.Musalining “XV–XVII asrlar turk tazkirachiligi” monografiyasida keng tahlilga tortildi va “Fors qo‘lyozmalari katalogi”ga kiritildi [27] .
birga yuqorida tilga olingan qo‘lyozmalar, Tehron nashri asosida 2008 yilda Akram Bag‘irov tomonidan ozarboyjonchaga uyg‘unlashtirilgan holda nashr etildi [28] .
kutubxonasida ham uning bir qo‘lyozmasi mavjud-ligi, Eronda Sipohsolor kutubxonasi fondida, Muhammad Ali Tarbiyat shaxsiy kutubxonasida hamda “Kulliyot” tarkibida (Tabriz Milliy kutubxonasi) yana uch nusxa borligi aniqlandi. Sankt-Peterburgdagi Rossiya FA SHarq qo‘lyozmalari institutida [29] , Parij Milliy kutubxonasida ham nusxalari mavjud ekani ma’lum bo‘ldi [30]
. Qolaversa, Ozarboyjon FA Qo‘lyozmalar institutida Kulliyotning, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida Parij nusxasining, Moskva Davlat kutubxonasida Sankt-Peterburg nusxalarining mikrofilmlari ham saqlanar ekan [31] .
Tabrizda nashr qilingan forscha tarjimasi va Boku nashriga tayanildi [32]
. Ular o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatilishi barobarida qo‘lyozmada yo‘q o‘rinlar A.Xayyompur va A.Bag‘irov nashrlaridan olib to‘ldirildi. Qo‘lyozma filologiya fanlari nomzodi J.Jo‘raev tomonidan tabdil qilinib, mazkur satrlar muallifi uni Tabriz va Boku nashrlari bilan solishtirib, tegishli o‘rinlarda o‘zgarish va kiritmalar qildi, muallif izohlarini to‘ldirib, ehtiyoj
yuzasidan yangi sharhlar kiritdi. Qo‘lyozmaning sahifalari matnda aniqlandi va qavs ichida ko‘rsatilib borildi. Natijada qo‘lingizdagi kitob – XVI–XVII asrlar o‘zbek tazkirachiligi ning noyob nusxasining matni nashrga tayyorlandi va unga zarur ma’- lumot lar ilova qilindi. Ustod Maqsud SHayxzoda ta’kidlaganidek mazkur asarning o‘zbek kitobxonlari uchun ahamiyati shundaki, “birinchidan, “Majma’u-l-xavos”ning muallifi ozarboyjon lik bo‘lsa-da, asarini o‘zbekcha yozgan; ikkinchidan, Navoiy taz- kirachilik m aktabining an’analari “Majma’u-l-xavos”da yaqqol ifodalangan; uchinchidan, bu tazkiradagi material va shoirlarning o‘zbek adabiyoti tarixiga ancha taalluqli (joylari) bor; to‘rtinchidan, tazkiraning muallifi o‘zbek kitobxoniga hozircha kam tanilgan yozuv chidir” [33]
. “Xoslar majmuasi” sifatida ushbu asar o‘zbek o‘quvchilari orasida ham qadr topishiga ishonamiz.
Savol va topshiriqlar 1. Naviy asarining fors tiltdagi tarjimasi va uning tarjimoni yaqida ma’lumot berimhg. 2. Faxriy Hiraviyning tazkiralarini keltiring va sharhlang. 3. Navoiy ta’sirida yozilgan turk tilidagi tazkiralar haqida ma’lumot bering. 4. Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) va uning “Majma’u-l-xavos” tazkirasining yozilish sabablarini aniqlang. 5. Tazkirada o’zbek shoirlaridan kimlar haqida xabarlar bor. Adabiyotlar : 1. Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан. Асарлар. 4-том. Т.: 1972. Б.295-346; 2.
Ғаниева С. Навоийнинг «Мажолису-н-нафоис» асари таъсирида ёзилган тазкира. // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. 1963. 6-сон. 3.
биёти. 2013. 2–сон. Б.157-161.
[1] Содиқ Китобдор назарда тутилган. Қаранг: Əfsar, Sadiq bəy. MƏcmƏul- xƏvas. – Baki, 2008. [2]
Isen M. Tezkireden Biyografiye. – Istanbul: Kapi Yayinlari, 2010. S.51-52. [3] Hast-Behist. Haz. Gunay Kut. - Harvard, 1978. S. 77. [4] Isen M. Tezkireden Biyografiye. – Istanbul: Kapi Yayinlari, 2010. S.84. [5]
Latifi. Tezkiretu’s-suara ve Tabsitatu’n-nuzama. Haz. Сanim, Ridvan. Ankara: Ataturk Kultur Merkezi Yay., 2000. Кўрсатилган асар, 51/а варақ. Мана му маълумот бир оз ўзгачароқ талқинда “Кунҳу-л-ахбор”да ҳам келади. [6]
Mesairu’s-suara. 1-cild. Haz. Filis Kilic. – Istanbul, S.63-64 (Бундан кейин саҳифалари қавс ичида берилган кўчирмалар ушбу асардан олинган). [7]
Қаранг: Cetindag Y. Ali Sir Nevai. – Istanbul: Kaynak yayinlari, 2010. S.250. [8]
S.135. [9]
Кўрсатилган асар. Б.263. [10] Cetindag Y. Ali Sir Nevai. – Istanbul: Kaynak yayinlari, 2010. S.256. [11]
Klasik Turk Edebiyatinda Biografi / Mustafa Isen Adina Uluslararasi Sempozyum. Bildiriler. Ankara, Ataturk Kultur Merkezi, 2010. 709 s. [12] Sair Tezkireleri. Haz. Dr. Haluk Ipekten. Ankara, 2002. S.17 –28. [13]
Кази Ахмед. Трактат о каллиграфах и художниках (1005/1596-97). Введение, перевод и комментарии проф. Б.Н.Заходера. М.-Л., 1947. С.190. [14]
sənət adamları. Bakı, 1987. [15]
İstanbul Üniversiteti K-4085, 4097/42. [16]
Нури Усмония кутубхонаси, Сақл. № 3201. [17]
китобдор ва таржимаи он ба забони форсий ба хомаи доктор Абдуррасул Хайёмпур муаллими донишгоҳи Табриз. – Табриз: 1327 / 1948. [18]
Ҳ. Навоий меросини ўрганиш тарихидан // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. 1986. №3. [19]
lər // Azərbaycan ədəbiyyatı məsələləri. Bakı, 1964; S.218–19. [20]
Muradova M. Sadıq bəy Sadiqinin həyat və yaradıcılığı. Bakı, 1999. [21]
[22] Kartal A. Cadiki- I Kitabdar’in Mecma’u’l-havas ısimli Tezkiresi ve onda Yer Alan Anadolulu Şairler // Türk kültürü. No 440. Aralik, Ankara, 1999; Şair Tezkireleri / Haz. [Haluk İpekten] Mustafa İsen, Filiz Kiliç, I. Hakki Aksoyak, Aysun Eyduran. Ankara, 2002; [23]
Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан // Навоийга армуғон. Т.: Фан, 1968. Б. 31 –71. [24]
тазкира // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. 1963. 6–сон. [25]
Қобулова Р. Содиқий Китобдорнинг “Мажмаъ ул-хавос” тазкираси // Адабий мерос. 1976. 4–сон. Б.110–117. [26]
Филология фанлари номзоди ... дисс. автореферати. Т., 1976. [27]
рукописей. Т.III. Баку, 2007. [28]
Sadiq b еy Sadiqi. Külliyyat. АМЕА Əlyazmalar İnstitutu, FS-27; Sadiq bəy Əfşar. M əcməul-xəvas. – Baki: Еlm, 2008. 410 s. [29]
[30]
тазкираси // Адабий мерос. 1976. 4–сон. Б.114. [31]
Москва Давлат кутубхонаси (собиқ В.И.Ленин номли), Сақл. № ЗВ 17–13/49. [32]
университети профессори Н.Ҳасан ва Боку нашри билан таъминлаган Озарбойжон Миллий Илмлар академияси З.Бунёдов номидаги Тарих институти катта илмий ходими, филология бўйича фалсафа доктори С.Шихиевага ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз. [33]
346. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling