6. Navoiyning forsiy she’rlari haqida umumiy ma’lumot
Alisher Navoiy forsiy tilda bitgan she’rlarini ham yig‘ib, „Devoni Foniy“
nomli to‘plam tuzdi. Bizgacha devonning bir necha qo‘lyozma nusxalari yetib
kelgan. Bulardan 2 tasi Parij (inv. № 285, 1345), 2 tasi Turkiya (inv. № 3850,
1952) va bir nusxa Tehron (inv. № 15002) kutubxonalarida saqlanadi. Bu
nusxalar orasida Parijdagi 285-raqamli qo‘lyozma nisbatan to‘liqroq
hisoblanadi
4
. Akademik B.Valixo‘jayev „Devoni Foniy“ nusxalarini o‘rganib
chiqib, ulardagi she’riy janrlar miqdorini quyidagicha deb ko‘rsatadi: 10
qasida, 554 g‘azal, 1 musaddas, 1 marsiya, 72 qit’a, 73 ruboiy, 16 ta’rix, 373
muammo, 9 lug‘z. Olim ularning miqdorini 1109 ta deb belgilab, umumiy
hajmi 6179 bayt ekanligini ta’kidlaydi.
Mukammal asarlar to‘plamining 18-, 19- va 20-jildlari „Devoni Foniy“ni
o‘z ichiga oladi. Mazkur nashrda 552 g‘azal, 1 musaddas, 1 tarkibband-
marsiya, 64 qit’a, 72 ruboiy, 16 ta’rix, 266 muammo, 10 qasida, 9 lug‘z kabi
janrlardan tashkil topgan 991 she’r mavjud bo‘lib, nusxalardagi har xilliklar
ushbu devonning mukammal nusxasi hali topilmaganligini ko‘rsatadi.
Ko‘ringanidek, Alisher Navoiyning barcha she’riy merosi 9 devonda
jamlangan bo‘lib, ularning ikkitasi muxlislari tomonidan tuzilganligi Navoiy
she’rlariga hamma davrlarda, xususan, o‘z davrida ham yuqori darajada ehtiyoj
bo‘lganligidan darak beradi.
Tayanch tushunchalar: debocha, devon tartib berish shartlari, Navoiy
dastxati, nasta’liq xati, rasmiy devon, kulliyot, to‘rt devon, lirik janr, janriy
xususiyatlar.
3
Adabiyotshunos olim A.Erkinovning ta’kidlashicha, Alisher Navoiyning muxlislari tomonidan tuzilgan Oqquyunlilar devoni
tarkibida ham „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotiga kirmagan 2 g‘azal mavjud.
4
Professor H.Sulaymon „Devoni Foniy“ nusxalarini o‘rganish asnosida shunday xulosaga kelgan.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |