2. 01 Лирик мероси. Девонлари 21-15-12 ma'ruzaga
Download 191.73 Kb. Pdf ko'rish
|
2 01 Лирик мероси Девонлари 21 15 12 ma\'ruzaga
janrlar
„G‘aro- yib us- sig‘ar“ devonida „Navodir ush- shabob“ devonida „Badoyi’ ul- vasat“ devonida „Favoyid ul-kibar“ devonida Jami to‘rt devonda 1 G‘azal 650 ta (4975 bayt) 650 ta (4998 bayt) 650 ta (5001 bayt) 650 ta (5029 bayt) 2600 ta (20003 bayt) 2 Mustazod 1 ta (7 bayt) 1 ta (7 bayt) 1 ta (7 bayt) 1 ta (7 bayt) 4 ta (28 bayt) 2 Muxammas 3 ta (57,5 bayt) 3 ta (52,6 bayt) 2 ta (30 bayt) 2 ta (37,5 bayt) 10 ta (177,5 bayt) 4 Musaddas 1 ta (27 bayt) 1 ta (27 bayt) 2 ta (42 bayt) 1 ta (21 bayt) 5 ta (117 bavt) 5 Musamman 1 ta (28 bayt) 1 ta (28 bayt) 6 Tarji’band 1 ta (100 bayt) 1 ta (103 bayt) 1 ta (56 bayt) 1 ta (110 bayt) 4 ta (369 bayt) 7 Tarkibband 1 ta (56 bayt) 1 ta (56 bayt) 8 Masnaviy 1 ta (148 bayt) 1 ta (148 bayt) 9 Qasida 1 ta (91 bayt) 1 ta (91 bayt) 10 Soqiynoma 1 ta (458 bayt) 1 ta (458 bayt) 11 Qit’a 50 ta (138 bayt) 50 ta (126 bayt) 60 ta (127 bayt) 50 ta (112 bayt) 210 ta (503 bayt) 12 Ruboiy 133 ta (266 bayt) 133 ta (266 bayt) 13 Muammo 52 ta (54 bayt) 52 ta (54 bayt) 14 Lug‘z 10 ta (40 bayt) 10 ta (40 bayt) 15 Tuyuq 13 ta (26 bayt) 13 ta (26 bayt) 16 Fard 86 ta 86 ta 9 (86 bayt) (86 bayt) Jami 840 ta (5718,5 bayt) 759 ta (5423,5 bayt) 740 ta (5420 bayt) 793 ta (5888,5 bayt) 3132 ta (22450,5 bayt) Aslida kulliyotdagi she’rlarning bunday taqsimlanishi nisbiy bo‘lib, Navoiy o‘z she’rlarini devonlarga taqsimlaganda ularning haqiqiy xronologiyasiga emas, balki har bir she’rning ruhi, uslubiga ko‘proq e’tibor qaratgan. Shuning uchun ham yoshlik davrida bitgan she’rlarining ba’zilari keyingi devonlarda, qarilik chog‘ida yozgan she’rlari avvalgi uch devonga kirib qolganligini kuzatish mumkin. Shoirning turli davrda yozgan g‘azallari soni bir-biridan farq qilgan bo‘lishi tabiiy. Hamid Sulaymonov „Xazoyin ul- maoniy“ devonlaridagi she’rlarning nisbiy xronologiyasini belgilab chiqqan. Shoir kulliyot uchun maxsus debocha ham yozgan. Debocha „G‘aroyib us- sig‘ar“ devonining boshlanish qismidan o‘rin olgan bo‘lib, unda an’anaviy hamd va na’t qismlaridan so‘ng zamona hukmdori Husayn Boyqaro madh etiladi va uning ushbu kulliyotni tartib berish borasidagi rag‘bati va farmoni bayon qilinadi. Debochada kulliyotning yaratilish tarixi, tarkibidagi devonlar, ularning mazmun mohiyati, shoirning badiiy ijod bilan bog‘liq qarashlari hamda buyuk mutafakkirning muayyan tarzdagi hasbi holi o‘z ifodasini topgan. Shoir o‘z fikrlarini umumlashtirish, xulosalash paytida ruboiy janridan unumli foydalangan. Debochada jami 30 ta ruboiy keltirilgan. Alisher Navoiy o‘zi ta’kidlab ko‘rsatgan devon tuzish mezonlariga rioya etgan holda kulliyotning har bir devonini Allohning hamdi ila ochadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, devonlardagi dastlabki besh g‘azal hamd yo‘nalishida: ularning to‘rttasi tavhid mavzusida bo‘lsa, beshinchisi munojot mazmunidadir. „G‘aroyib us-sig‘ar“ devonidagi dastlabki g‘azal Ashraqat min aksi shamsil ka’si anvor ul-hudo Yor aksin mayda ko‘r deb jomdin chiqdi sado matla’si bilan boshlanadi. Ushbu g‘azal Alibek Rustamov tomonidan fotiha (ochuvchi) g‘azal deb baholangan edi. Chunki g‘azalda aks etgan mazmun faqatgina „G‘aroyib us-sig‘ar“ emas, balki butun kulliyotga xosdir. Yoki boshqacha aytganda, bu g‘azalni „Xazoyin ul-maoniy“ga kirish yo‘li deb atashimiz mumkin. G‘azalda insonning yaratilishi, uning hayotdagi vazifasi, borliq va yo‘qlikning hikmati, qisqacha aytganda, insonning Haqqa bog‘lanishi, Unga tobeligi, Haqning marhamati bilan bog‘liq masalalar xususida so‘z yuritilgan. Navoiyshunoslikda shoir g‘azallarini tasniflashda ijodkorning „Favoyid ul- kibar“ devonidagi qit’asiga diqqat qaratiladi. Navoiy ushbu qit’ada: G‘azalda uch kishi tavridur ul nav’ 10 Kim, andin yaxshi yo‘q nazm ehtimoli – deb yozar ekan, Xusrav Dehlaviyning oshiqona, Hofiz Sheroziyning rindona va Abdurahmon Jomiyning orifona g‘azallaridan ruhlanganini e’tirof etadi. Kulliyotdagi har bir devonning so‘nggi g‘azallarini o‘zaro qiyosan o‘rganish asnosida e’tiborli bir holat ko‘zga tashlanadi: „G‘aroyib us-sig‘ar“da Xusrav Dehlaviy, „Navodir ush-shabob“da Hofiz Sheroziy nomiga urg‘u qaratilgan bo‘lsa, „Badoyi’ ul-vasat“ Abdurahmon Jomiy yodi bilan intiho topadi. „Favoyid ul-kibar“da Navoiy „to‘rt daftar“, ya’ni devonlarni yakunlayotganiga ishora qilar ekan, o‘z so‘zini aynan Rasulluloh madhi bilan tugallamoqchi ekanligini alohida ta’kidlaydi: Sening madoyihi na’tingda, yo Rasululloh, Tamom bo‘ldi Navoiy takallumi poki. Bu holat buyuk shoirning Rasululloh (s.a.v.)ga bo‘lgan cheksiz mehr- muhabbati, Ul zotning shafoatiga muyassar bo‘lish istagini ifodalaydi. „Xazoyin ul-maoniy“ga kiritilgan to‘rtta mustazod ham mavzu jihatdan rang-barang. Shoir devonlardagi janrlarni qo‘llashda muayyan tartibga rioya qilganidek, she’rlarni mazmun-mavzusi asosida taqdim etishda ham izchillikni saqlab qoladi. Shu bois birinchi devon „G‘aroyib us-sig‘ar“ga hamd mazmunidagi mustazod (Ey husnunga zarroti jahon ichra tajalliy, mazhar sanga ashyo // Sen lutf bila kavn-u makon ichida mavliy, olam sanga mavlo), „Navodir ush-shabob“ga rindona (Din ofati bir mug‘bachai mohliqodur, mayxoravu bebok // Kim ishqidin опing vatanim dayri fanodur, sarmast-u yaqom chok), „Badoyi’ ul-vasatga oshiqona (Ne vo‘smavu ne kesmadur ul zulfi sитansоу, ne g‘amzai jodu // Mashshota sanga zoli falakdur таgar, ey oy, xurshid anga ko‘zgu) va so‘nggi devonga orifona mazmundagi (Bordim bu sahar dayri fano sori urub gom, maxmuri shabona, // Tortar edi har lahza sabuh ahli ichib jom, noqusi mug‘ona ) mustazodni kiritadi. Kulliyotdan jami o‘nta muxammas o‘rin olgan bo‘lib, ular asosan taxmis yo‘nalishida: uchta taxmis „malik ul-kalom“ Lutfiy g‘azallarini beshlantirish asosida vujudga kelgan bo‘lsa, qolgan yetti taxmis shoirning o‘z g‘azallariga bitilgandir. Download 191.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling