2. 01 Лирик мероси. Девонлари 21-15-12 ma'ruzaga
Download 191.73 Kb. Pdf ko'rish
|
2 01 Лирик мероси Девонлари 21 15 12 ma\'ruzaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami 693 Bundan tashqari, mazkur devon uchun debocha ham yozilgan bodib, Navoiy bu haqda „Xazoyin ul-maoniy“da shunday deydi: „...
„Navodir un-nihoya“
Alisher Navoiy tartib bergan ikkinchi rasmiy devon „Navodir un-nihoya“ („Behad nodirliklar“) deb atalib, 1480-1487-yillar oralig‘ida tuzilgan. Devonning 1487-yilda Hirotda mashhur xattot Abdujamil kotib tomonidan ko‘chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasi hozirda O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida (inv. №11675, asos nusxa) saqlanmoqda. Shuningdek, devonning yana bir nisbatan to‘liq nusxasi Sulton Ali Mashhadiy tomonidan Hirotda ko‘chirilgan bo‘lib, bu nusxa ham hozirda O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida (inv. №1995) saqlanadi 1 . „Navodir un-nihoya“ devoni matni mazkur nusxalar asosida filologiya fanlari nomzodi Maryam Rahmatullayeva tomonidan nashrga tayyorlangan bo‘lib, unda 862 she’r bor (MAT, 2 jild). Mazkur nashrdan o‘rin olgan she’rlarning barchasi g‘azal janriga oid. Aslida „Navodir un-nihoya“ning Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan nusxasida g‘azaldan tashqari, yana mustazod, tarji’band, qit’a, ruboiy, lug‘z, muammo va tuyuq kabi janrlar ham mavjud bo‘lib, ular jami 693 ta she’rni tashkil qiladi. Ushbu janrlarning joylashish o‘rni, miqdori va qo‘yozmadagi sahifasini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin: Т/r Janr nomi Miqdori Sahifasi 1. G‘azal 628 1 b – 184 b 2. Mustazod 3 184 b – 188 a 3. Tarji’band 3 188 a – 198 b 4. Qit’a 5 198 b – 199 b 5. Ruboiy 46 199 b – 204 a 6. Lug‘z 1 204 b 7. Muammo 6 204 b – 205 a 8. Tuyuq 1 205 a Jami 693 Bundan tashqari, mazkur devon uchun debocha ham yozilgan bodib, Navoiy bu haqda „Xazoyin ul-maoniy“da shunday deydi: „... ikkinchi devonimdakim, „Navodir un-nihoya“g‘a mashhurdur, rabt-u tartib berib, debochasinda shark bila aizzayi as’hob-u ajillayi ahbob xidmatlarida arz qilib 1 80-yillarning oxirida navoiyshunos Suyima G‘aniyeva „Navodir un-nihoya“ning yana bir nusxasini Eronning „Koxi Guliston“ muzeyi fondidan topdi va bu nusxa 1991-yili „Navoiy dastxati“ nomi bilan e’lon qilindi. Olimaning fikricha, mazkur nusxada shoirning muhri bosilgan bo‘lib, u „Navodir un-nihoya“ning Navoiy ko‘chirgan musaddava (qoralama) nusxasidir. Devonning tarkibi faqat g‘azallardan iborat bo‘lib, to‘liq emas: „kof“ bilan tugallangan g‘azallardan so‘ng matn uzilib qolgan. 7 erdim“ . Lekin, afsuski, bu debocha bizga ma’lum qo‘lyozmalarda ham, zamonaviy nashrlarda ham uchramaydi. Bu kabi masalalar navoiyshunoslikdagi yechimini kutayotgan muammolardan bo‘lib, ushbu holat „Navodir un-nihoya“ devonining mukammal nusxasi hali topilmaganligini ko‘rsatadi. „Navodir un-nihoya“dagi g‘azallar keyinchalik „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotiga quyidagi miqdorda joylashtirilgan: 64 g‘azal „G‘aroyib us- sig‘ar“ga, 331 g‘azal „Navodir ush-shabob“ga, 213 g‘azal „Badoyi’ ul- vasat“ga va 196 g‘azal „Favoyid ul-kibar“ga kiritilgan. Hazrat Navoiy „Navodir un-nihoya“dagi g‘azallarni „Xazoyin ul-maoniy“ga kiritganda ko‘pincha ularni tahrir qilgan, ba’zi g‘azallarning faqat matla’sini saqlab qolib, qolgan baytlarini butunlay o‘zgartirgan. Devon Navoiyning hamd mazmunidagi mashhur g‘azali bilan boshlanadi: Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo, Yuzung quyoshig‘a zarroti kavn o‘lub shaydo. Download 191.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling