2. 01 Лирик мероси. Девонлари 21-15-12 ma'ruzaga


Download 191.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana05.04.2023
Hajmi191.73 Kb.
#1276349
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 01 Лирик мероси Девонлари 21 15 12 ma\'ruzaga

Musaddas janridagi she’rlari misolida Navoiy o‘z zamondoshlari Lutfiy 
va Husayniy she’rlarini qayta jonlantirdi: kulliyotdagi beshta musaddasdan 
ikkitasi Lutfiyga, bittasi Husayniy g‘azaliga bog‘langan. Qolgan ikki 
musaddasdan biri o‘z g‘azaliga tasdis, ikkinchisi – shoirning o‘z tab’ida 
yaratilgan musaddasidir.
Navoiy o‘zigacha turkiy tilda faqat Yusuf Amiriy she’riyatida qo‘llanilgan 
janr – musammanga ham murojaat qildi. Har bir bandi sakkiz misradan iborat 
yetti bandlik, jami ellik olti misradan iborat bu musamman „Favoyid ul-kibar“ 
devoniga kiritilgan.


11 
Devonlarning har biridan o‘rin olgan to‘rtta tarji’bandning dastlabki 
ikkitasi tasavvufiy-falsafiy, qolgan ikkitasi ishqiy mavzuda. „G‘aroyib us-
sig‘ar“ga kiritilgan tarji’band „Ketur soqiy, ul mayki subhi alast“ misrasi bilan 
boshlanib, hajman 10 band (har bandda 10 bayt), 100 baytni o‘z ichiga oladi. 
Kulliyotdan o‘rin olgan ikkinchi tarji’band „Jahon qasrig‘adur su uzra 
bunyod“
misrasi bilan boshlanib, hajman 8 band (bandlar 11-12 baytli), 103 
baytni o‘z ichiga oladi. „Badoyi’ ul-vasat“ devoniga kiritilgan tarji’band esa 
ishqiy mavzuda bo‘lib, „Ey kirpiki neshu ko‘zi xunxor“ misrasi bilan 
boshlanadi. Hajman 7 band (har bir band 8 bayt), 56 baytdan iborat. 
Kulliyotdagi so‘nggi tarji’band „To xarobot aromen durdoshom“ misrasi bilan 
boshlanadi. Hajman 10 band (har bandda 11 bayt), 110 baytdan iborat bo‘lib, 
„Favoyid ul-kibar“ devoniga kiritilgan. 
Kulliyotda yagona hisoblangan, „Navodir ush-shabob“dan o‘rin olgan 
tarkibband Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, marsiya 
yo‘nalishida. Hajman 7 band, 56 baytdan iborat bu tarkibband quyidagicha 
boshlanadi: 
Dahr bog‘iki jafo shoriidur har chamani,
Juz vafo ahlig‘a sonchilmadi aning tikani...
„Xazoyin ul-maoniy“dan o‘rin olgan bitta masnaviy ham Sayyid Hasan 
Ardasher nomi bilan bog‘liq. Masnaviy hajman 148 baytdan iborat bo‘lib, yosh 
shoirning safar oldidan ustozi va do‘stiga yozgan she’riy maktubini o‘z ichiga 
oladi. Ushbu masnaviy-maktub shoirning yoshlik lirikasi mahsuli bo‘lib, 
kulliyotning birinchi devoniga kiritilgan. 
Kulliyotga kiritilgan yana bir yirik janr qasida bo‘lib, hajman 91 baytdan 
iborat. Qasida 1469-yilning 14-aprelida ramazon hayiti kuni yozib tugallangan 
va Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan 
marosimda shohga taqdim etilgan. Qasida Navoiyning yoshlik lirikasi mahsuli 
bo‘lsa-da, shoir kulliyotning shakliy jihatlarini hisobga olib, uni uchinchi 
devoni „Badoyi’ ul-vasat“ga kiritadi. Qasida shoirning avvalgi rasmiy 
devonlariga kiritilmaganligidan uni Navoiy keyinchalik qayta ishlagan va 
hozirgi tugal holatga keltirgan bo‘lsa kerak degan taxmin kelib chiqadi. 
Qasidaning „Hiloliya“ deb atalishiga sabab, shoir Husayn Boyqaroning taxtga 
o‘tirishini yangi chiqqan oy – hilolga qiyos qiladi. 
Turkiy adabiyotga soqiynoma janri ham Navoiy ijodi bilan birga kirib 
keldi. „Favoyid ul-kibar“ devonidagi kichik dostonga qiyoslash mumkin 
bo‘lgan soqiynoma hajman 458 baytdan iborat bo‘lib, Navoiy yashagan 
davrdagi tarixiy shaxslar, davr muammolari, eng avvalo, Navoiy shaxsi bilan 
bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘zida aks ettirganligi bilan ham ahamiyatlidir. 
Kulliyotdan 210 ta qit’a ham o‘rin olgan bo‘lib, „Badoyi’ ul-vasat“ga 60 
ta, qolgan devonlarga 50 tadan qit’alar joylashtirilgan. Kulliyot devonlaridagi 
qit’alar ham an’anaviy hamd va na’t mavzusi bilan boshlanib, ijtimoiy hayot 


12 
masalalari, muayyan davr voqea-hodisalari hamda u yoki bu guruh vakillari 
faoliyati haqidagi mazmun bilan davom etadi. 
„Xazoyin ul-maoniy“ kulliyotidagi barcha devonlar muayyan kichik lirik 
janrlar bilan ziynatlangan. „G‘aroyib us-sig‘ar“da bu holat ruboiy janri 
vositasida namoyon qilingan bo‘lsa, „Navodir ush-shabob“ muammo, „Badoyi’ 
ul-vasat“ lug‘z va tuyuq janrlari joylashtirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb 
etadi, „Favoyid ul-kibar“ esa xulosalovchi janr hisoblanmish fard bilan 
yakunlangan. Bu holat faqat shakliy xususiyat kasb etmay, devonlarning 
nomlanishi va mohiyati bilan ham aloqador. Kichik lirik janrga mansub 
she’rlar o‘zaro boshqa devonlarda uchramaydi, ya’ni ruboiylar „Navodir ush-
shabob“da, fardlar esa „G‘aroyib us-sig‘ar“da yo‘q. Alisher Navoiy bu 
janrlarni devonlarga taqsimlar ekan, mantiqiylikka ham rioya qilgan. Masalan, 
ruboiyda fikr va tuyg‘uni lo‘nda tarzda ifodalash imkoni mavjud va aksar 
ruboiylarda asosan ishq mavzusi yetakchilik qilgan. Bu esa aynan insonning 
ulg‘ayish jarayonidagi holatlarini o‘zida aks ettirayotgandek. Muammo esa 
kishidan zehn, diqqat va aqliy mehnat talab qiladi. Yigitlikda insonning aqli 
charxlanib boradi. Shu bois, „Navodir ush-shabob“da muammolarning kelishi 
ayni shu holatning ifodasi deyish mumkin. Qolaversa, „Xazoyin ul-maoniy“ga 
qadar yaratilgan „Badoyi’ ul-bidoya“ devoniga kiritilgan muammolarning 
barchasi „Navodir ush-shabob“ga ko‘chib o‘tgan. Demak, shoir turkiy tildagi 
barcha muammolarini qirq yoshiga qadar yozib bo‘lgan. 
„Badoyi’ ul-vasat“da kelgan lug‘z janriga oid she’rlar topqirlikni, 

Download 191.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling