2 1- bob. Nogironlikni sotsiologik o'rganish zaruriyati


Nogironligi bo'lgan shaxslar bilan so'rovnomalar o'tkazish


Download 112.15 Kb.
bet5/7
Sana29.03.2023
Hajmi112.15 Kb.
#1307020
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdusamatova Sanobar Nogironlik kurs ishi

2.2 Nogironligi bo'lgan shaxslar bilan so'rovnomalar o'tkazish.
Anketa fransuzchadan tarjima qilinganda tekshirish demakdir. Anketa metodi ommaviy faktlar, umumiy sabablar, tendensiya va voqealarning belgilari kabilarni bilishga mo'ljallanadi. Anketa tekshirilayotgan guruh javob berishi lozim bo'lgan, ma'lum mavzuga oid savollar ro'yxatidan iborat bo'ladi. Uning maqsadi boshlangich, chamalash uchun zarur bo'lgan materiallarni yig'ishdir. Anketa pedagogik tadqiqotga sosiologiya va psixologiya orqali kelganligi uchun ham shu fanlar tadqiqot metodlari xususiyatlarini saqlaydi.Savollar faqat bir o'quvchiga berilmasdan, balki ko'pincha, o'quvchilar ommasiga beriladi.Javoblar yozma shaklda olinadi.
Anketaning kirish qismida sotsiolog tadqiqot o`tkazayotgan ilmiy tadqiqot yoki uning guruhi, ilmiy tashkilot manzilgohi, tadqiqotning nomi va maqsadi, anketani tuzuvchining ismi-sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, anketa tuzilgan vaqt va respondentga berilgan savollarga qay tarzda javob qilish usuli, va nihoyat, to`ldirilgan anketani kimga va qaerda topshirish yo`llari va lo`nda bayon etiladi. Bu muqaddimaning ahamiyati shundan iboratki, respondent, odatda, kirish qismidan dastlabki ma`lumotlarni oladi va tayyorgarlik ruhiga ega bo`ladi. Ikkinchi qismda respondentning o`ziga xos pasporti aks etadi. Bunda respondentlar ijtimoiy-demografik xarakteristikasiga oid savollar bo`lishi nazarda tutiladi. Ko`pincha respondent shaxsiga oid savollar anketaning oxirgi qismida keltiriladi. Bunga sabab qilib, ayrim sotsiologlar anketa boshlanishida shaxsga oid savollarning berilishi bir jihatdan odob va axloq qoidalariga muvofiq emas, deb hisoblashsa, ikkinchi jihatdan bunday savollar respondentni cho`chitib yuborishi va maqsadga xizmat qiluvchi ob`ektiv va to`g`ri javoblar olishga halaqit berishi mumkin, deb ta`kidlashmoqda. Shaxsga oid savollar majmuasiga jins, yosh, ma`lumot, kasb-hunar, ijtimoiy kelib chiqish, partiyaviylik, oilaviy ahvol xususidagi masalalar kiritilishi mumkin.
Keyingi bosqichda respondent bilan aloqa o`rnatish bilan bog`liq savollar o`rin oladi. Aloqa o`rnatish savollari tadqiqot maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadi. Ayni chog`da, bunday savollar me`yordan ortiq bo`lib ketmasligi kerak, chunki bunday savollarning haddan oshib ketishi anketaning asosiy savollariga mas`uliyat bilan yondashilishi darajasini pasaytirishi mumkin. Keyingi bosqichda anketaning asosiy savollari batafsil va mantiqiy bog`liqda berilishi lozim. Asosiy savollar o`z mazmuni bilan muhim axborotni qo`lga kiritish imkonini beradi. Anketadagi asosiy savollar tadqiqot dasturida ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarga to`la javob berishi lozim. Anketaning so`nggi bosqichida yakunlovchi savollar o`rin olishi kerak. Bunday savollar asosiy bosqichda ilgari surilgan hamma savollarga xulosa yasashi, respondentlarni ruhiy-intellektual hayajon vaziyatidan chiqarishga xizmat qilishga lozim.
Hozirgi sharoitda konkret sotsiologik tadqiqotlar anketa usulining uch ko`rinishidan unumli foydalanib kelmoqda. Ular qo`lma-qo`l tarqatish asosidagi, pochta va matbuot orqali anketa o`tkazish shakllarini o`z ichiga oladi. Tarqatish yo`li bilan o`tkazilayotgan anketa sotsiolog tomonidan respondent qo`liga bevosita topshiriladi va uning o`zidan qabul qilib olinadi. Bu usul hozirgi vaqtda keng tarqalgan bo`lib, olinuvchi javoblarning nisbatan haqqoniyligi va obyektivligi bilan ajralib turadi. Pochta orqali o`tkaziladigan anketalar avvaldan tanlangan familiyalar yoki muassasalar ro`yxati asosida tarqatiladi. Bu usuldagi kamchilik shundan iboratki ko`pgina anketalar qaytarib yuborilmaydi. Sotsiolog ko`proq anketa bilan birgalikda maxsus iltimosnoma ham qo`shib jo`natishi ma`quldir.
Matbuot orqali o`tkaziladigan anketalar gazetalarning so`nggi sahifalarida e`lon qilinadi va bunda gazetadagi savollar yozilgan qismini yirtib olib, redaktsiyaga qaytarib yuborish iltimos qilinadi. Tajribadan ma`lumki, gazeta orqali o`tkaziladigan anketalarning atagi 5% respondentlar tomonidan qaytariladi.
Umuman olganda, anketa usulining quyidagi qulayliklari mavjud:
a)respondentlar javob berish chog`ida o`z nuqtai nazarlarini ma`lum darajada asoslashga harakat qiladilar;
b)anketa usuli orqali juda ko`p kishilarni tadqiqot obyektiga jalb etish mumkin;
v) anketalar vositasida jamoatchilik fikri yo`nalishlarini o`z vaqtida payqab olish mumkin.
Anketa savollari ochiq, yarim ochiq va yopiq variantlardan iborat bo`ladi. Ochiq savollar respondent uchun keng tafakkur qilish, qo`yilgan masalalar yuzasidan atroflicha mushohada yuritish asosida ish tutish imkonini beradi. Ayni chog`da ochiq savollar respondent uchun muayyan qiyinchiliklar ham tug`dirishi, javob berish diapazonini toraytirib qo`yishi ham mumkin.
Sotsiologik tajribalardan ma`lumki, ayrim hollarda respondentlar ochiq savollarga javob yozmasdan, shundayligicha qoldirishlari ham mumkin. Ochiq savollarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: «Sizning mazmunli dam olishingizni tashkil etish uchun qanday shart-sharoitlar mavjud?», «Mehnatkashlarning ommaviy dam olishlarini tashkil etish uchun klub muassasalarini qanday jihozlash kerak?» yarim ochiq savollar esa mumkin bo`lgan muqobil javoblar bilan bir vaqtda, respondent tomonidan ifodalanuvchi bir qator vaziyatlarni o`zida aks ettiradi. Yuqoridagilardan farq qilib, yopiq savollar muayyan mazmundagi savolga to`la muqobil javoblar berilgan bo`lib, respondent bu savollar ichidan o`ziga ma`qulinigina tanlab oladi. Ushbu savollar respondent uchun eng qulay usul hisoblanadi. Anketa savollarida respondent berilayotgan muqobil javoblardan bittasi emas, bir nechtasini qayd etish imkoniga ham ega bo`lishi lozim, Bunday savollarni ilmiy adabiyotlarda menyu-savollar, deb atashadi.
Anketa usuli qator qulaylikliklarga ega bo`lishiga qaramasdan, u o`ziga xos kamchiliklarga ham egaki, ular xususiga quyida fikr yuritamiz: a)anketa savollari ba`zan noaniq va tushunarsiz yoziladi, natijada javoblar noto`g`ri yoki noobyektiv bo`lishi mumkin; b) ko`pgina savollar bir-biriga o`xshash bo`lishi mumkin, bu esa respondent tomonidan savollarga e`tiborsiz yondashishga olib keladi; v) ayrim savollar o`ta murakkab tuzilishi mumkin, bu holat respondent fikrini cholg`itib, berilgan savol javobsiz qolishga yoki muqobil javoblarning oxirida qo`yiluvchi «javob berishga qiynalaman», degan satr ostini chizishga olib keladi; g) anketani o`tkazish zaruratini to`g`ri tushuntirmaslik ko`pgina respondentlarning anketa savollariga umuman yoki qisman javob berishdan bosh tortishlariga olib kelish mumkin; d) anketa o`tkazish jarayonini to`g`ri tashkil etmaslik natijasida ko`pchilik bo`lib anketa to`ldirilayotgan paytda savollar mazmuni atrofida bahs-munozara boshlanib ketishi yoki bir-biridan javoblarni ko`chirib yozish hollari bo`lishi mumkin.
Ta`kidlash joizki, anketadagi asosiy savollardan keyin kontrol nazorat savollari berilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuv respondentlarning obyektiv javob berishga xizmat qiladi. Masalan, «siz klubdagi to`garaklar faoliyatida ishtirok etasizmi?», degan savoldan so`ng, albatta, «ishtirok etayotgan to`garagingiz sizni qaysi jihatlari bilan o`ziga jalb etadi?», degan savolni berish lozim. Bunday qilish to`garak ishida ishtirok etimaydigan respondentni birinchi savolga tasdiqlovchi «ha» degan javob berishdan tiyilib, to`g`ri javob berishga undaydi. Birinchi savolga to`g`ri yondashgan respondent uchun esa ikkinchi savolga kelgach, fikrini erkin rivojlantirish imkonini yaratadi.
Anketani bevosita o`tkazish jarayoni muhim bosqich bo`lib, sotsiolog bu ishga o`ta jiddiylik bilan kirishishi lozim. Bu jarayon so`rash protsedurasi deb atalib, quyidagi talablarga rioya qilishga undaydi: a) sotsiolog anketa o`tkaziladigan joyga o`z vaqtida va o`zi kelgan joy ma`muriy rahbariyati va jamoa tashkiloti vakili bilan birgalikda kelishi lozim; anketani to`ldirish chog`ida taklif etilganlarning deyarli hammasi hozir bo`lishlari, bir-birlaridan muayyan masafada joylashishlari (bir-birlaridan ko`chirmasliklari va xalaqit bermasliklari uchun) lozim; v) sotsiolog yig`ilganlarga o`tkazilayotgan tadqiqot maqsadi, mazmuni va ahamiyati xususida so`zlab beradi. Anketani qanday qilib to`ldirish kerakligi, tadqiqot natijalari qanday maqsadlarda foydalanishi, tushunarli bo`lmagan savollar yuzasidan faqat sotsiologning o`ziga murojaat qilish kerakligi, anketa savollari bo`yicha bir-birlari bilan savol-javob qilmaslik lozimligini shoshilmasdan tushuntirib beradi; g)tajriba shuni ko`rsatadika, yig`ilganlarda ko`pincha ruchka, qog`ozlar bo`lmay qolmay qolish hollarda ham uchrab turadi. Shu sababdan, sotsiolog o`zi bilan yozuv qurollari olib kelsa, zarar bo`lmaydi; d)anketalarni tarqatish oldidan sotsiolog anketa to`ldirmaydigan kishilarning xonadan chiqib ketishini so`rashi kerak.
Anketalarni yig`ib olish vaqtida sotsiolog har bir anketani tekshirib olishi to`ldirilmagan savollar bo`lsa, respondentga murojaat qilib, sabablarini aniqlashi, tushunarli bo`lmagan savollar bo`lsa, izohlab berishi va hamma savollarga to`liq javob olishga xarakat qilishi kerak. Ba`zi hollarda anketa to`ldiruvchi ongli ravishda ba`zi savollarga javob berishdan bosh tortadi, bunday hollarda sotsiolog anketadagi shunday savollar ro`parasiga respondent javob berishdan bosh tortdi, deb yozib qo`yishi kerak. Ba`zan respondent ayrim savollar yuzasidan batafsil javob berish fikrini bildirib qoladi. Bunday hollarda tadqiqotchi alohida qog`oz tarqatib, respondent mulohazalarini yozdirib olishi lozim yoki o`zi uning tilidan hamma fikrlarni qayd etib olishi kerak.
Anketa jamoatchilik fikrini bilishga xizmat qiladi.Lekin anketa metodining ommaviy qo'llanishininig ba'zi bir xafli tomonlari ham bor. Anketa savollari berilgan javoblar bolaning haqiqiy tarbiyalanganlik darajasini hamma vaqt ham ko'rsatavermaydi. Chunki ba'zan tadqiqot obyekti yoki undan nima so'ralayotganini tushunmaydi yoki undan nima talab qilinayotganini anglaydi va shunga mos javob qaytarishga urinadi.
Savol to'g'ri berilmasa ham bolalar javobga xaqiqatni buzib ko'rsatadilar. Savollar to'g'ri qo'yilgan bo'lsa, obyektiv ma'lumotlar olinadi.Shuningdek, anketadagi savollarning ko'pchiligi ularning tuzilishidagi kamchiliklar, savolga to'g'ri javob berishdagi psixologik tayyorgarlikning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Amaliyot anketalarning turli xillari mavjud. Anketa intervallarida anketa savollarini tadqiqotchining o'zi to'ldiradi. O'quvchilarning fikrlarini aniqlashtirish, savollarni to'g'ri tushunishlarga yordam berish, javobning motivini tushuntirish uchun ham tadqiqotchi shunday qiladi. Lekin tadqiqotchi savolga javoblarning bir necha variantini ko'rsatish bilan birga o'quvchilarning o'z fikrini aytishi uchun ham alohida joy qoldiradi. Anketalar pochta orqali ham jo'natilishi mumkin. Bolalar o'rtasidagi anketa savollarini tashkil qilish ham mumkin.
Anketa qo'llash juda qulay va shubxasiz, juda katta qimmatga ega:
1) o'quvchilar savollariga javob berish o'z qarashlarini asoslashga majbur bo'ladilar va bu esa bolaning fikrlarini asoslashga o'rgatadi, undan nima xakda so'ralayotgan bo'lsa, unga munosabati harakterini belgilaydi.
2) anketa juda ko'p kishilar guruhi jalb etiladi, bu esa bolalarning umumiy qarashlari, tushunchalaridagi umumiy yutuq va kamchiliklarini aniqlashga imkon beradi:
3) anketa yordamida bu yoki bu masalada bolalarning jamoatchilik fikrlarini aniqlash mumkin.
4) anketa materiallari asosida ma'lum sharoitda bolaning atrof olam bilan bir tomonlama aloqasi o'rnatiladi, uning ma'naviy rivojlanish darajasi belgilanadi va x. Ma'lumotlar ishonchli bo'lishi uchun anketa so'roqlariga bir xil bolalardan kamida 400 tasi qatnashishi lozim.
Anketa so'roqlari natijasiga olingan materiallar qayta ishlanadi bir guruh boshqa guruhlar bilan solishtiriladi va chiqarilgan xulosalar bolalar tarbiyasi uchun foydalaniladi. Anketani tuzishda quyidagi umumiy rioya qilish zarur.
1)Avval o'rganilayotgan prosess, voqea va hodisaning strukturasini aniq predmetini, tadqiqot obyektini aniqlash va ular asosida ma'lum bir holda kuzatish, boshqasida maxsus tashkil qilingan vaziyat, uchinchisidan anketa ma'lumotlari va boshqalar orkali ulchsh lozim bo'lgan kriteriyalarni tanlash. Anketalar yordamida quyidagi aniq son ma'lumotlarni olish mumkin.
a) belgilar buyicha o'quvchilar mikdori: jinsi, yoshi, ma'lumoti, oilasining ta'minoti, demagrafik ma'lumotlar qishloklik yoki shaharlik o'quvchi, qishlokda tug'ilgan joyi va yashash manzili, qishlokda tug'ilgan va shaharda yashaydi, shaharda tug'ilgan va yashaydi va shunga o'xshashlar.
b) faoliyatining turli xillari davomida sarf qilingan vaqt ish vaqti, bo'sh vaqt va boshqalar.
v) u yoki bu faoliyatning harakteri va mazmuni. Masalan: uyning soni ma'lum yoshdagi turi, o'z ma'lumotini oshirishga o'quvchilar informasiyasini qaysi manbalardan foydalandi, o'quvchi ularga qanchalik vaqt sarfladi, ya'ni telivizor kurish, gazeta o'qish, teatrga borish va boshqalarga.
g) jixoz, predmet, vaziyat, sharoit, vazifa umuman nima o'quvchi ota - onasi hayoti obrazini harakterlasa shular haqida:
d) bolaning oilasidagi, sinf jamoaidagi urni, bolalarning bir-birlari bilan kattalar bilan munosabatlari.
e) anketalar jamoatchilik fikrini, tipik muloxaza va boshqa tadqiqot metodlari bilan bog'langan holda qo'llanishi talab qilinadi.
2).Anketani tuzishda uning mazmunini o'rganilayotgan prosess yoki hodisaning strukturasi bilan mos kelishi talab etilishi e'tiborga olish lozim. Buning uchun anketa so'roqlaridan olinadigan asosiy informatsiyani oldindan aniqlash mumkin. Anketadagi savollar shunday tuzilishi kerakki, javoblar tadqiqot predmetining bosh programmasiga mos, maksimal ishonchli ma'lumotlar bersin.
Anketadagi savollarda bosh savolga javobnng obyektivligini tekshiradigan savollarning bo'lishi ham nazarda tutishi lozim.
Anketa savollariga javoblar prognozining tuzish nima uchun shunday sonli natijalar kutilishini tushuntirish maqsadga muvofiq. Bu anketa natijasida olingan materiallarni tushuntirishda muhim ahamiyatli bo'ladi.Nihoyat informatsiya to'plash metodikasini ishlab chiqish kerak, qachon qanday sharoitda anketa so'roqlari o'tkaziladi va ma'lumotlarni qanday aniqlashtirish kerak va boshqalar.
3.Boshlang'ich tuzilgan savolni ishchi darajasiga keltirish.
a) shunday qilish kerakki, savolga javoblar matematik statistik va sosiometrik yordamida matematik natijalar chiqarishga imkon bersin.
b) gaplar shunday tuzilishi kerakki, unda so'ralayotgan shaxsga xurmat, aks etsin, savol obyektiv javobga chorlasin: « Sizdan iltimos qilamiz», « Marhamat qilib ayting», « sizni fikringiz qanday», «javoblaringiz uchun cheksiz minnatdorman» va boshqalar.
v) boshlangich tuzilgan savolni hamma uchun tushunarli holga keltirgunga qadar qayta ishlash zarur.
g) anketa savollari izchil bo'lishi va unda ma'lum ichki logika bo'lishi lozim:
d) savollarni aniq tuzish kerak va unda qat'iylikka yo'l qo'ymaslik kerak.
4.)Ko'chma doskaga anketani oldindan yozib kuyish kerak, yoki uni bosmadan chiqarib ko'paytirish kerak.
Respondent savolga diqqat bilan o'ylab javob qaytarish lozim. Lekin shuni unitmaslik kerakki, uzoq o'ylash ham foyda keltirmayadi. Chunki respodet tadqiqotchining maqsadini anglab oladi va shunga mos javob qaytaradi. Ba'zan esa javob qaytarishga qiynalib, tengdoshining javobini qaytaradi.
Anketa ma'lum bir yoshdagi va sostavdagi respondentining katta guruhi jalb qilinsa, ishonchli javob olinadi, lekin bu anketaga ming yoki undan ko'prok javob olish degan gap emas. Ba'zan ma'lum tipik guruhdagi o'quvchilar tanlanib ular orasida suxbat bilan anketa o'tkazish mumkin. Bu anketa obyekti asosli javoblar olishga yordam beradi.
5.)Anketa savollari respondenti qiziqtiradigan, uni to'g'ri javob berishga undaydigan qilib tuzilishi kerak. Buning uchun esa avval umumiy savollar berilib, respondentini tekshirilayotganda muammo doirasiga olib kirishi, uni qiziqtirishga va u bilan kontrakt o'rnatishga yordam berishi lozim. Maxsus savollar asta - sekin suxbatning o'rtarog'ida berilishi ancha qulaydir. Savollarning bo'y, ularning yoshi haqida, ish joyi haqidagi ma'lumotlarning so'ralishi va shunga o'xshash savollarning berilishi ham maqsadga muvofiq emas, bunday savollar anketaning oxirida so'ralishi, yoki bunday ma'lumlarini boshqa yo'llar bilan aniqlanishi ma'quldir.
Agar respondet to'g'ri javob aytishdan tortinsa, unda yashirin anketalar tuziladi. Bunday anketalarda o'quvchilar javob qaytarib, o'z familyalarini aytmaydilar. Bunday anketalar ancha to'g'ri javoblar olishga yordam beradi.
Intervyu usulining xususiyatlari. Intervyu muayyan reja asosida o`tkaziluvchi suhbat bo`lib, bu respondent bilan sotsiolog o`rtasidagi bevosita aloqadir. O`rtadagi suhbat qog`ozga yoki magnit tasmasiga qayd etib boriladi (V.A.Yadov). Intervyu usulini qo`llanish doirasi g`oyatda keng bo`lib, u sotsiologiya, psixologiya, jurnalistika, etnografiya, statistika, pedagogika va boshqa fanlarda qo'llaniladi. Intervyu ikki asosiy maqsada qo`llaniladi: a)voqea va faktlar, shaxslarga oid kerakli informatsiyaga ega bo`lish uchun; b)tadqiq etiluvchi obyektga muayyan ta`sir o`tkazish uchun o`tkazish tajribasiga ko`ra, intervyuni erkin, standart va yarim standart ko`rinishlarga ajratib o`rganish mumkin. Erkin intervyu ilgaridan tayyorlangan savollar kelib chiquvchi savollar asosida qurilib, muayyan dastur yo`nalishida bir necha soat davom etishi mumkin. Formal yoki standart intervyu janr xususiyatidan kelib chiqqan holda, qisqa muddatli va uzoq muddatli intervyularga bo`linadi. Uzoq muddatli intervyuda sotsiolog suhbatdosh ichki dunyosi, o`y-fikrlari, dunyoqarashiga oid axborotlarni butun to`laligicha ilg`ab olish, atroflicha ma`lumotga ega bo`lish maqsadini ilgari suradi. Qisqa muddatli intervyuda esa aniq va muayyan mavzu yuzasidan suhbat vositasida ma`lumot olishni ko`zda tutadi. Yarim standart intervyu janri, o`z navbatida, bir necha ko`rinishlarga bo`linadi. Ularni guruhiy panel (qayta-qayta intervyu o`tkazish usuli), klinik va fokuslashtirilgan xillarga ajratish mumkin. Panel xildagi intervyuda ayni bir xil kishilar ma`lum vaqt o`tgandan so`ng, dastlabki intervyuda ko`tarilgan mavzu yuzasidan yana suhbatga jalb etiladi. Bunday usuldagi intervyularning o`ziga xosligi shundan iboratki, dastlab shakllangan ijtimoiy va shaxsiy fikrlarning hayotiyligi darajasi tekshirib ko`riladi. Klinik intervyu ega sotsiolog tadqiqotlarning dastlabki bosqichida sotsiolog uchun ilmiy muammo predmet iva obyektini aniqlab olish uchun juda muhimdir. Mo`ljalli intervyu respondent bilan yuzma-yuz va telefon orqali amalga oshiriladi. Mazkur usuldagi kamchiliklar sifatida uni faqat telefonii bor kishilar o`rtasida o`tkazish, reprezentativlik ta`minlanmasligi holatlarini qayd etib o`tish kerak.
Ta`kidlash joizki, intervyu olishda sotsiolog quyidagi o`ziga xos qiyinchiliklarga ha duch kelishi mumkin:
-har bir respondent bilan suhbat o`tkazishda muayyan ruhiy yaqinlik izlash lozim;
-muayyan mablag` va vaqt yo`qotish hollari mavjudligini hisobga olish kerak;
-intervyu beruvchi shaxslarni suhbatga tayyorlash taraddudini ko`rish lozim;
-ba`zida intervyu oluvchi kishi shaxsini maxfiy tutib qolish muammolarini hal eta bilish kerak.
Yana shuni diqqit markazida saqlash lozimki, sotsiolog tadqiqot boshida intervyu beruvchi kishi shaxsiga to`la va atroflicha baho berishi, hamda nima sababdan ayni shu kishiga murojaat qilinayotligini izohlashi kerak. Intervyu beruvchi shaxslarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilinsa, foydadan xoli bo`lmaydi:
1.Tadqiqot mazmunini to`ldiruvchi shaxs boy hayotiy tajribaga, muayyan ijtimoiy-ma`naviy prinsiplarga ega bo`lishi lozim.
2.Suhbatga jalb etiluvchi shaxs aqliy va ma`naviy barkamol bo`lishi maqsadga muvofiq, negaki ko`pincha suhbat chog`ida nafaqat, tadqiqot mavzusidan, balki tanlangan tadqiqot predmetidan tashqarii umumiy masalalarni ham ko`tara bilish hollarga duch kelib turiladi.
3.Intervyu oluvchi shaxs gapga chechan, suhbatga jalb eta biluvchi kishi bo`lishi, lozim bo`lganda zaruriy masalalarga suhbat mavzusini bura bilashi kerak.
4.Intervyu oluvchi kishi intizomli, halol bo`lishi, ko`rsatmada belgilangan hamma talablarni og`ishmay amalga oshirishi lozim.
5. Intervyu oluvchi tadqiqot predmeti va maqsadini chuqur o`zlashtirgan bo`lishi, suhbatlashish malakasiga ega bo`lishi joiz.
6.U albatti, sog`lom va chidamli bo`lishi ham kerak, negaki suhbat ba`zan 4-5 soatga ham cho`zilib ketishi mumkin.
Intervyu savollarini tayyorlash muhim sotsiologik bosqich hisoblanadi. Savollar, asosan, uch qismidan iborat bo`ladi: kirish, asosiy qism va xulosa. Intervyuning kirish savollarida ko`pincha o`tkazilayotgan tadqiqot xususida jamoatchilik fikri, mavjud shakllangan va shakllanayotgan ijtimoiy ahvol bayon etilib, mazkur masalalarga doir suhbatdosh fikrini o`rganish mazmuni aks etadi. Asosiy qismda o`rtaga qo`yilgan masalaning o`zak qismi aks etgan savollar o`rin oladi. Xulosada esa asosiy bo`lmagan, ammo bosh mavzuni to`ldirishga xizmat qiluvchi savollarni qo`yish mumkin.
Intervyu o`tkaziladigan joy va vaqt masalalarini ham e`tibordan chetda qoldirib bo`lmaydi. Odamda, intervyu ish joyidan olinadi, ba`zan yashash va dam olish joylarida ham intervyu o`tkazish mumkin. Intervyu ish joyida olinadigan bo`lsa, tushgacha bo`lgan muddat maqsadga muvofiqdir.
XULOSA.
Ijtimoiy va maishiy xarakterdagi muammolari orasida nogironlarga ularning jamiyat sharoitlariga moslashtirishdagi qiyinchiliklarning keltirib chiqaradigan muammolar kiradi. Bu muammolarga qiyidagilar kiradi.O'z-o'ziga xizmat ko'rsatishning cheklangan imkoniyatlari. Ko'pgina nogironlar o'zlarini kiyinish, ovqatlanish, harakat qilish, o'rnidan turish yoki o'tirish va ha kazolar kabi oddiy ishlarni bajara olmaydi. Ushbu harakatlarni bajarish doimiy yordamni talab qiladi, bu har doim yaqinlar uchun mavjud emas. Muammoni hal qilish uchun ijtimoiy xodimlarning yordamni qo'llaniladi. Nogironlarni bo'lgan shaxslarni statsionar muassalarga, ijtimoiy reabilitatsiya markazlariga joylashtirish kerak.
Ko'pgina nogironlar oila qurish, ish topish va ijtimoiy aloqalar imkoniyatlari bilan bog'liq muammolarga duch kelishadi. Psixologik muammolar doimiy ravishda nogironlik bilan yuzaga keladi. Bu ma'lum bir jarohatlarni olish natijasida psixologik travma olish bilan bog'liq.Har doim nogironlik inson ruhiyatiga ta'sir qiladi, o'ziga chekinishga , boshqalarga g'azablanishga, hayotdan norozilikka olib keladi. Nogironlarning psixologik tabiati muammolarni xal qilish adekvat o'zini o'zi qadrlash, o'zining va boshqalarning javobgarligini to'g'ri aniqlash qobilyati, da'volarning real darajasi va boshqalarda ifodalangan psixologik ximoya mexanizmini shakllantirishni ralab qiladi. Ta'lim nogironlarning zamoniy jamiyatga to'la qamrab olishini ta'minlovchi omillardan biridir. Nogironlar harakatlanish imkoniyati, ma'lumotlarning mavjudligi, nogironlar uchun uning past darajasi va boshqalar kabi cheklovlar foydalanishga ruxsat bermaydigan infratuzilma darajasi tufayli ta'lim olishda muammolarga duch kelishadi.
Hozirgi kunda nogironlikni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar- yo'l qoidalariga to'g'ri amal qilmaslik, ayrim surunkali kasalliklarni davom etishi , homiladorlik davrida e'tiborsizlik, ba'zi bir ota-onalarning farzandlari kasal bo'lib qolganda yengil qarashi, spirtli ichimliklarga va giyohvand moddalarga ruju qo'yish, eqarindoshlar o'rtasidagi nikoh, yoshlarning erta turmush qurishi deb hisoblayman. Jamiyatimizda ayrim insonlar nogironligi bo'lgan shaxslar salbiy muomalada bo'ladi. Ularning nazarida ular biron bir vazifani ko'ngildagidek bajara olishmaydi, ma'lum bir sohada faoliyat yurita olmaydi kabi fikrda bo'ladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar ham siz bilan men kabi oddiy inson, faqatgina ularning ma'lum bir holatda imkoniyati cheklangan. Ular ham jamiyat a'zolari bilan teng huquq va imkoniyatlarga ega. Ular ham ta'lim olib, kasb-hunar bilan faoliyat yurita oladi, juda ko'p zafarlarga erisha oladi. Faqatgina ularga jamiyat a'zolari rahmi kelib, achinib , jirkanib, ustilaridan kulib, ulardi turtkilamasa bas. Nogironligi bo'lgan shaxs kafega tashrif buyursa uyiga yetkazuv xizmatidan foydalanish kerek edi, transpotga chiqmoqchi bo'lsa yoki ko'chada, jamoat joyida birozgina sekin harakat qilib qilib yursa-da uyida o'tirish kerak edi, qiynalib ishlab nima kerak bor senga nogironlik pensiyasini olasanku kabi fikrlardan yirog' bo'lishni istashadi.
Shuning uchun nogironlik masalalarini o'rganish bo'yicha 5-sonli talabalar turar joyidan 20 nafar talabadan so'rovnoma o'tkazdim. So'rovnomada respondentlar qoniqarli ishtirok etishdi. So'rovnoma natijalarini taxlil ettim va respondentlarda nogironlik tushunchasi borligi, ularga befarq emasligi, nogironlikni keltirib chiqaruvchi xolatlar xaqida tushunchalari borligi, ularga davlatimiz tomonidan berilyotgan imkoniyatlardan xabardor ekanligi meni quvontirdi.
So'rovnoma natijalariga ko'ra respondentlar nogironlikka sabab bo'luvchi omillarni 25% respondentlar- qarindoshlar o'rtasidagi nikoh va itsiy kasalliklaar, 25% respondentlar- baxtsiz xodisalar tufayli, 20% respondentlar- giyohvand moddalar qabul qiladigan shaxslar va ulardan tug'ilgan farzandlar, 18% respondentlar- spirtli ichimliklar qabul qiladigan va ularga ruju qo'ygan shaxslar, 12% respondentlar- oilaviy muhitda psixologik tushkunlikka tushib qolgan shaxslar deb fikrlar bildirishgan. Qanday nogironlik turlarini bilishlari bo'yicha 32% respondentlar- aqliy zaif insonlar, 28% respondentlar- tayanch harakatida nuqsoni bo'lgan shaxslar, 20% respondentlar- zaif eshituvchi shaxslarni 19% respondentlar- ko'zi ojiz shaxslarni qayd qilishgan. E'tiborlisi shundaki agar ko'chada ,bozorda, jamoat joylarida nogironligi bo'lgan shaxslarga yordam kerak bo'lsa yordam beramidingiz deb nomlangan savolga 99%respondentlar- ha, yordam bergan bo'lardim chunki bu holatda jim qarab ketolmayman, ularga yordam berishim odamiylikdir, 1%respondentlar- nuqsonlari bo'lgani uchun deb izohlar qoldirishgan. Jamiyat a'zolarining nogironligi bo'lgan shaxslarga ko'rsatayotgan munosabatida 99%respondentlar- ijobiy deb hisoblashgan va davlatimizning nogironligi bo'lgan shaxslarga nafaqa pullari va pensiyalari berishligini xabardor ekanligini bildirishgan , 1% respondentlar- bilmayman jaboblarini berishgan. Siz yashashdigan joyda nogironligi bo'lgan shaxslar bormi deb nomlangan savolga 62%respondentlar- ha, 25% respondentlar-yo'q, 13% respondentlar- bilmayman, e'tibor bermagan ekanman deb javob berishgan. Nogironligi bo'lgan shaxslarga berilayotgan imkoniyatlardan xabardormisiz deb nomlangan savolga 75%respontdentlar- xabardor ekanligi, 25%respondentlar xabardor emasliklarini qayd etishgan. Ahamyatli jihati nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyatga aralashuviga munosabatingiz qanday deb nomlangan savolga 80% respondentlar- ijobiy, chunki ular ham jamiyatda teng huquqli ekanligi, 20% respondentlar- bilmayman , menga farqisi yo'q kabi fikrlar bildirishgan. Noto'g'ri ovqatlanish, zararli odatlar, ekologiya inson hayotiga qanchalik xavf tug'diradi deb nomlangan savolga 90% respondentlar- salomatlikka va inson juda katta xavf tug'diradi, 10%respondentlar- nogironligi bo'lgan farzandlar tug'iladi deb fikr bildirishgan. Zamonaviy jamiyat nogironlari kimlar deb nomlangan savolga 45% respondentlar- loqaydlar, 35 % respondentlar- bilmayman, 12%respondentlar- internetga bog'lanib qolgan shaxslar, 8% respondentlar- aqli zaif insonlar deb fikrlar bildirishgan.



Download 112.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling