2 1-bob. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlar


Xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish


Download 106.4 Kb.
bet3/9
Sana02.02.2023
Hajmi106.4 Kb.
#1147270
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Masharipov Furqat

1.2.Xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
2016 — 2020-YILLARDA MEVA-SABZAVOT VA GO‘SHT-SUT MAHSULOTLARINING XOMASHYO BAZASINI YANADA RIVOJLANTIRISH, ULARNI QAYTA ISHLASHNI CHUQURLASHTIRISH, OZIQ-OVQAT TOVARLARI ISHLAB CHIQARISH VA EKSPORT QILISHNI KO‘PAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan sifatli raqobatdosh oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlarini oshirish hamda turlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yangi ishlab chiqarishlarni qurish va amaldagilarini modernizatsiya qilish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy savdo-logistika markazlari va muzlatish quvvatlarini yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2016 — 2020-yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish Dasturi ma’qullansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Keyingi tahrirga qarang.
1-ilovaga* muvofiq, oziq-ovqat sanoatining xomashyo bazasini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishning prognoz parametrlari;
2-ilovaga* muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalar qurish, amaldagilarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, tara-qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish investitsiya loyihalarining ro‘yxati;
3 — 3v-ilovalarga* muvofiq, meva-sabzavot, go‘sht-sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha yangi korxonalar qurilishining prognoz parametrlari;
4-ilovaga* muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun yangi zamonaviy muzlatish kameralari qurilishining prognoz parametrlari;
5-ilovaga* muvofiq, oziq-ovqat sanoati uchun yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari;
6-ilovaga* muvofiq, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlar;
7-ilovaga* muvofiq, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishning maqsadli parametrlari.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi mazkur dasturda nazarda tutilgan, xomashyo bazasi va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini rivojlantirishning prognoz parametrlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2016-yil yakunlari bo‘yicha viloyatlar va tumanlar kesimida ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish natijalari, paxtadan bo‘shagan yerlarda boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish samaradorligi, hosildorligi, rentabelligi va eksport imkoniyatlariga alohida e’tibor bergan holda tanqidiy baholasin va uning natijalaridan kelib chiqib, 2017-2018-yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va ishlab chiqarish hajmlarining prognoz parametrlariga zarur tuzatishlar kiritsin.
Paxta xomashyosi yetishtirish hajmlari kamayishidan ko‘riladigan yo‘qotishlarni eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hisobiga albatta to‘ldirilishini nazarda tutib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari, ularning hosildorligi va eksport prognoz ko‘rsatkichlariga tegishli tuzatishlar kiritish ishlari har bir o‘tgan yil natijalari bo‘yicha amalga oshirib borilsin.
Viloyat va tumanlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishlab chiqarish xarajatlari va nobudgarchilikni maksimal darajada qisqartirishni ta’minlash maqsadida, meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini omborlar, muzlatish kameralari, qayta ishlash korxonalari, savdo-logistika markazlarining quvvatlari bilan chambarchas bog‘langan holda kompleks yondashuvga qat’iy rioya etilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1 — 4-ilovalari bilan tasdiqlangan parametrlardan kelib chiqqan holda, xomashyo bazasini rivojlantirish va yangi oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish hududiy maqsadli dasturlarni ishlab chiqsin.
4. Meva-sabzavot mahsulotlarini yanada chuqur qayta ishlash va uning eksport salohiyatini oshirishni ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi 8-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
* 1 — 8-ilovalar berilmaydi.
Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
kelajakda yangi va qayta ishlangan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘ladigan talablarni aniqlash bo‘yicha tizimli asosda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, shuningdek yangi sotish bozorlarini o‘zlashtirishda mahalliy eksporterlarga ko‘maklashish;
joylarda meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, birlamchi qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha ixtisoslashgan kompleks savdo-logistika markazlari, shuningdek muzlatish quvvatlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
meva, sabzavot, poliz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini transportda tashish, bojxona rasmiylashtiruvi va ularni yuklab jo‘natish bo‘yicha hisobot taqdim qilishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tezkor ko‘rib chiqish;
eksport qilinadigan yangi va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ushbu qarorning 7-ilovasida ko‘zda tutilgan prognoz parametrlarining bajarilishi ustidan monitoring olib borishni tashkil etish;
zarur hollarda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
5. Respublika komissiyasi raisi (Sh. Mirziyoyev) “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasining tuzilmasi, unga yuklatilgan maqsad va vazifalarini tanqidiy ko‘rib chiqsin va bir oy muddatda uning tuzilmasi va eksportga yo‘naltirilgan faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
6. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda doimiy asosda:
Keyingi tahrirga qarang.
ichki bozorda aholining haqiqiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibini tahlil qilishni;
tayyor mahsulot importini qisqartirishga, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh oziq-ovqat mahsulotlari nomenklaturasi va turlarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqib, amalga oshirishni ta’minlasin.
7. Vazirlar Mahkamasining “2011 — 2015-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 7-apreldagi 105-sonli qarorining 5-bandi bilan taqdim etilgan imtiyozlarning amal qilishi 2021-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
8. Belgilansinki, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun yuklarni ortish joyidan O‘zbekiston Respublikasining chegarasigacha tashish haqi — temir yo‘l tariflari mahalliy tariflardan kelib chiqqan holda undiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorda ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun muntazam ravishda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etishni ta’minlasin.


Download 106.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling