2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6


Xizmat qilishga loyiq dasturni aniqlash


Download 1.18 Mb.
bet5/7
Sana05.06.2020
Hajmi1.18 Mb.
#114898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Osnovi programmirovanie

6.2 Xizmat qilishga loyiq dasturni aniqlash

5-bobda tavsiflangan dasturiy ta’minot sifat belgilari xizmat ko‘rsatishga loyiq dasturlarni aniqlab olish uchun eng muhim indikatorlardir. Biroq, bular etarli emas va shunday qilib, dastur xizmat ko‘rsatishi kerakmi yoki yo‘qligini aniqlab olish uchun ikkita usul ajratiladi:





6.2.1 Portfolio-tahlil

Portfolio-tahlilda tashkilotning foydalanayotgan dasturlari tahlil qilinadi va Portfolio-diagrammaga kiritilgan ikkita mezon bo‘yicha baholanadi (6.4-rasmga qarang):



  • Texnik sifat

  • Texnik-iqtisodiy sifat

Har ikkala mezon ikkala tushunchani aniqroq tavsifalashga yordam beradigan yana boshqa mezonlar bilan aniqlashtirishga muhtojdir.
Texnik sifatga quyidagilar tegishli:

  • Dasturiy kodning modul tuzilishi (o‘qishlilik , o‘zgarishlar kiritishning yangiligi)

  • Boshlang‘ich kodning strukturalashtirilgan tuzilishi

  • Testlashtirish imkoniyati

  • To‘lalik

  • Ko‘p marotaba foydalanish imkoniyati

  • Bexatolik


Texnik iqtisodiy sifatga quyidagilar kiradi:

  • Tashkilot uchun muhimlik

  • O‘xshashlik

  • O‘rganish imkoniyati

  • Chidamlilik

Sifatning aytilgan belgilari o‘zgarmas emas va turli tashkilotlarda bo‘lishi mumkin.

Buni keyingi misolda tushuntirib berish mumkin:


Tashkilot ekspluatatsiyaga 10 ta tizimli dastur kiritadi. Har bir tizimli dastur xizmatining qanday ustunlikda zarurligini aniqlash kerak.
Birinchidan har bir dastur uchun uning texnik sifati uchun ahamiyati va texnik iqtisodiy sifati uchun ahamiyati aniqlanadi. Buni quyidagi rasmda ko‘rsatilgan jadvalda hisoblab chiqiladigan 10 ballik tizim (10-juda yaxshi sifat, 1-juda yomon sifat) bilan aniqlash mumkin.


Dasturiy ta’minot A




Baho

Omil

Natija

Texnik sifatlar




Modulli tuzilish (modulyarlash)

5

0,1

0,5

Strukturalash

5

0,1

0,5

Testlash imkoniyati

6

0,1

0,6

To‘lalik

7

0,1

0,7

Ko‘p marotaba foydalanish imkoniyati

7

0,2

1,4

Bexatolik

7

0,4

2,8

Texnik sifat miqdori







6,5













Texnik – iqtisodiy sifat




Muhimlik (1 = juda muhim,

10 = muhim emas)



3

0,5

1,5

O‘xshashlik

8

0,1

0,8

O‘rganish imkoniyati

8

0,1

0,8

Chidamlilik

8

0,3

2,4

Texnik iqtisodiy sifat miqdori







5,5

6.2-rasm. Tizimli dastur xizmati muhimligini baholash jadvali
Sifat belgisining muhimligi omil bilan tartibga solinadi. Bitta baholovchi gurugdagi barcha omillar miqdori 1.0 ga teng bo‘lishi kerak. Shu zaylda tahlil qilingan 10 tizimli dasturning har biriga bu bilan, oxirida, obzor jadvalida ifodalangan texnik va texnik-iqtisodiy qiymat beriladi:





Texnik sifat

Texnik-iqtisodiy sifat

Dastur 1

6,5

5,5

Dastur 2

8,2

9,0

Dastur 3

9,4

3,0

Dastur 4

3,0

3,5

Dastur 5

4,4

6,5

Dastur 6

2,5

4,4

Dastur 7

7,6

2,0

Dastur 8

5,5

6,0

Dastur 9

1,5

8,8

Dastur 10

3,0

1,5

6.3-rasm. Portfolio-dasturini baholash jadvali.
Bundan keyin shu zaylda olingan barcha qiymatlar Portfolio-diagrammaga kiritiladi.



6.4-rasm. Portfolio-diagramma
Kvadratlardagi raqamlar tizimli dasturlar xizmatining ustunligini ko‘rsatadi.

Dastlab past texnik – iqtisodiy va texnik sifatli dasturlar xizmat ko‘rsatadi (kvadarat - 1) ustunlik bo‘yicha ikkinchi bo‘lib past texnik iqtisodiy sifatga ega yoki yuqori ahamiyatli dasturlar xizmat qilishi kerak (kvadrat II). Keyin III kvadratda joylashgan dasturlar keladi. IV kvadratdagi dasturlar texnik ham, texnik iqtisodiy nuqtai nazardan ham joyida, shuning uchun ular oxirgi xizmat ko‘rsatish ustunligiga ega.


Portfolio-tahlilda tashkilotning barcha dasturlari ularning texnik va texnik – iqtisodiy sifati bo‘yicha tahlil qilinadi. Ushbu dasturlar xizmat ko‘rsatishning ustunligi Portfolio-diagrammadan kelib chiqadi.

6.2.2 ABC-tahlil

ABC tahlil-xizmat qilish lozim dasturlarni aniqlashning sodda shakli. Tashkilotda foydalanilayotgan dasturlarning har biri quyidagi uch mezon bo‘yicha tekshiriladi:



  • Dastur tashkilot uchun qanchalik muhim?

  • Keyingi yillar ichida dasturni qanchalik ko‘p o‘zgartirishdi?

  • Dasturdan qancha xodim foydalanadi?

Dastur ishlab chiqarish jarayoni va tashkilot mahsuloti uchun nima bilan ko‘proq zarur bo‘lsa? U shunchalik muhim. Masalan mashinasozlikda SDB (sonli dasturiy boshqaruv) stanoklarni dasturiy boshqaruv juda muhim. Agar u qatordan chiqsa, ishlab chiqarish to‘xtab qoladi.

Dasturning muhimligi bilan yana unnig so‘nggi yillar ichida qanchalik ko‘p o‘zgargani va yangilanganligiga bog‘liq. Muhim dasturlar tez-tez o‘zgarib turadi.

Dasturdan foydalanuvchi xodimlar soni ham shuingdek, muhimlik indekatoridir. Ko‘p sonli xodimlar foydalanadigan nuqsonli dasturlar vaqt va resurs turadi , shu sababli yuqoru ustunlik bilan xizmat qilishlari kerak.

Ushbu tahlildan foydalanilayotgan dasturlarning ABC-tasnifi kelib chiqadi:

A – ishlab chiqarish jarayoni yoki mahsulot uchun zarur dasturlar

B – boshqa muhim dasturlar

C – ahamiyati yo‘q dasturlar

Bu ABC izchillik foydalanilayotgan dasturning (texnik) xizmat ko‘rsatish ustunligini belgilaydi.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling