2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Ishlab chiqarishning jamiyat hayotidagi ahamiyati. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning oʻzaro bogʻliqligi
Download 0.61 Mb.
|
2.1 Mavzu
Ishlab chiqarishning jamiyat hayotidagi ahamiyati. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning oʻzaro bogʻliqligi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki boiinmadan iborat boiib, birinchi boiinmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi boiinmada esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi. Birinchi boiinmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yil- ning o‘zida ikkinchi boiinmada va xizmat ко ‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi boiinmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi boiinma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir boiib turadi. Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega boiganligi uchun har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega boiib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovaming o‘zaro bogiiq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlaming natural va qiymat jihatdan o‘sishida, ko‘payishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlaming o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatini, ya’ni nafli tovami yaratishdan iborat boiadi. Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur boigan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlaming manfaati bilan bogiangandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablagiariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega boiishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ко‘rsatish jarayoni bir tomondan, naflilikni yaratish jarayoni boisa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni boiib hisoblanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling