2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari


Download 0.61 Mb.
bet7/15
Sana23.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1287722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2.1 Mavzu

Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish va ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. Bu ishlab chiqarish ja­ rayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi, deylik. Toladan ip yigirish uchun qoilanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya, yonilg‘i va boshqa xarajatlar 4 mln. so‘mni, ish haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot yaratilib, uni tadbirkor foyda sifatida oladigan boisa, Yaratilgan mahsulotning qiymati 20 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 10 mln. so‘mni, yangi Yaratilgan qiymat 6 mln.so‘mni tashkil etadi. Agar (4 mln. so‘m + 10 mln. so‘mni) oldingi Yaratilgan qiymat deb hisoblasak, u 6 mln. so‘mga ko'payib 20 mln. so‘mga yetadi. Bu 20 mln. so‘m ham naflilikning ham qiymatning o‘sishini ifodalaydi.
Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan Yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiymat, ya’ni 4 mln. so‘mlik ish haqi va 2 mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiatini quyidagicha ifoda yetishimiz mumkin.

2-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda, qancha qiymatga ega boisa shuncha qiymat aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishning oxirida qiymat ortiqcha boiib chiqadi. Bu ishchi kuchi tomonidan Yaratilgan yangi qiymat evaziga sodir boiadi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to iiq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda tuproq unumdorligi, quyosh va shamol energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovaming nafliligini hosil qilishda omil sifatida qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida, uning ko‘payishida qatnashmaydi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling