2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Download 0.61 Mb.
|
2.1 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval Ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning asosiy tarmoqlar
5-rasm YalMning yillar davomida o ‘sish dinamikasi (foizlarda)
Yalpi ijtimoiy mahsulot. Takroriy hisob. Oraliq mahsulot, pirovard mahsulot, qoʻshilgan mahsulot, sof mahsulot. Zaruriy va qoʻshimcha mahsulot. Qoʻshimcha mahsulot normasi va massasi. Qoʻshimcha mahsulotning zarurligi va ahamiyati. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning tarmoq tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi (1-jadval). 1-jadval Ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning asosiy tarmoqlar bo‘yicha tarkibi (%) Respublika yalpi ichki mahsulotining ishlab chiqarish tarkibi bo‘yicha sanoat mahsulotining nisbatan tezroq o‘sishi natijada uning yal pi ichki mahsulotdagi ulushi 2008-yildagi 22,3 foiz o‘miga 2016-yilda 25,7 foizni tashkil etdi. Shu davr ichida qishloq xo‘jaligi mah- sulotlari salmog‘ining 19,4 foizdan 17,6 foizga qadar pasayishi esa mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibining takomillashib, unda sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushi yildan-yilga oshib borayotganligini anglatadi. Ayni paytda yalpi ichki mahsulot tarkibidagi sof soliqlar hissasining 9,9 foizdan 8,7 foizga qadar qisqar- ganligi mamlakatimizdagi soliq yukining tobora pasayib borayotgan ligini ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda har yili bir qancha yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari ishga tushirilib, YalM hajmini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 2015-yilda “Xorazm viloyatida «Jeneral motors - 0 ‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida umumiy qiymati qariyb 6 million dollarlik loyiha asosi- da «Shevrolet Labo» kichik yuk mashinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda yiliga fermyerlarimiz va xususiy tadbirkorlarimiz uchun juda zarur bo‘lgan 5 mingta ana shunday mashina ishlab chiqa- riladi. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu model yangi «Xorazm avto» zavodida tayyorlanayotgan «Damas» va «Orlando» avtomobillaridan keyingi uchinchi turdagi avtomobil bo‘ldi. Namangan viloyatining Pop tumanida 130 kilovatt quwatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Hozircha bu loyi- ha sinovdan o‘tkazilmoqda. 2020-yilga borib mamlakatimizda har biri 100 megavatt quwatga ega yana uchta quyosh elektr stansiyasini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda”. 2016-yilda AO “GM Uzbekistan” korxonasida yengil avtomobilning “T-250” modelini ishlab chiqarish yoiga qo‘yildi. Jizzax sement zavodining ishlab chiqarish quwatlari kengaytirildi. Tallimarjon issiqlik energiyasi ishlab chiqarish stansiyasida 900 MVt bo‘lgan ikkita gaz-par qurilmasi ishga tushirildi. Angren TESda 150MVt quvatga ega bo‘lgan ko‘mir bilan ishlaydigan energoblok ishga tushurildi. Farg‘ona vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan ishonch li transport aloqasini bog‘lovchi, Qamchiq dovonidan 19,2 kilometr uzunlikdagi yer osti yo‘li orqali o‘tuvchi yangi Angren-Pop elektr- lashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurildi. Mazkur temir yo‘lining foydalanishga topshirilishi bilan mamlakatimizni barcha hududlarini qam- rab oluvchi yagona to‘liq temir yo‘l tizimi yaratildi. Toshkent-Buxoro va Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» yo‘lovchi elektr poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 291,5 km uzunlikdagi Samarkand-Buxoro temiryo‘l qismini elektrlashtirish loyihasi yakunlandi. Havo kemalari parki 2 ta zamonaviy «Boeing 787-800 Dreamliner» samolyotlari bilan to‘ldirildi. YalM hajmini va uning o‘sib borishini ifodalashda uni to‘g‘ri hisoblash muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillikdan oldingi davrda sobiq SSSRda va uning tarkibida bo‘lgan hozirgi MDH davlatlarida mam lakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Yalpi ijtimoiy mah sulot ko‘rsatkichida yil mobaynida Yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish tarmog‘idan chiqqan hozirgi vaqtda oraliq iste’moli deb atalmish xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalaming qiymati boshqa tarmoqlarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan. Yaratilgan mahsulot hajmi va tarkibini hisoblash va tahlil qilish- da ikki tomonlama naflilik (natural) va qiymat jihatidan yondashish maqsadga muvofiqdir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling