2-jadval
Milliy mahsulotning texnologik bosqichlar bo‘yicha tuzilishi (shartli raqamlar misolida)
Jadvaldan ko‘rinadiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Demak, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotni hisoblashda sotib olingan xomashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti faqatgina yalpi ichki mahsulotdan emas, balki Yaratilgan yalpi mahsulotdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, jami ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud bo‘lganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera olmaydi.
Takroriy hisob-bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha bosqichlardan o‘tishi natijasida oraliq iste’moli deb atalmish ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg‘i, material, energiya va h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jadvaldagi misolimizdan ko‘rinadiki, paxta tolasi, yigirilgan ip, gazla- maning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo, yoqilg‘i, material va boshqalaming ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qayta-qayta qatnashadi, ulaming hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil etgan.
Yalpi ichki mahsulot qiymatini to‘g‘ri baholash, unda takroriy hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushun- chalarini ham ajratib olish lozim. Oraliq mahsulot - bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi zarur bo‘lgan yoki qayta sotish uchun mo‘Ijallangan tovar va xizmatlardir. Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 birlik paxta tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to‘qilgan gazlama oraliq mahsulotlar bo‘lib hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko‘ylak yoki kostyum) ishlab chiqarishning izchil jarayonida navbat- dagi bosqichda qayta ishlov berishga muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard mahsulot hisobla nadi. Demak, pirovard mahsulot - bu ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o‘tgan hamda bevosita iste’mol uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdir.
Bundan ko‘rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy natijadan ko‘ra ko'proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib takroriy hisobni o‘z ichiga olmagan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini bevosita qondirishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar va xizmatlar hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ko‘pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot (milliy daromad) va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin (1993-yildan boshlab) milliy hi- soblar tizimi joriy qilindi va bunga asosan Yaratilgan mahsulot yalpi ichki mahsulot (YalM) deb atalib, shu shaklda hisobga olina boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |