Yalpi ichki mahsulot deb mamlakatda yil davomida Yaratil gan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor mahsulotga aytiladi.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) che- girib tashlansa, qolgan qismi sof ichki mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan menejyerlar, ishchilar, dehqonlar va muhandislar, texnik xodimlar va boshqalaming sarf qilingan jonli mehnati bilan Yaratil gan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan Yaratil gan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ish- chilarini yetishtirish, ya’ni ishchilaming oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida xodimlarning qo‘shimcha mehnati bilan Yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi.
Ishlab chiqarishning tizimi va mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar har bir korxonada, tarmoqda qo‘shimcha mahsulot hajmini ko‘paytirishga harakat qilinadi. U asosan uch y o i bilan - ishlovchilar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chega- rasi o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Misol uchun korxonada 120 kishi ishlagan bo‘lsa va har bir kishi 10 ming so‘mdan qo‘shimcha mahsulot yaratsa hammasi bo‘lib 1200 ming so‘m qo‘shimcha mahsulot yaratiladi. Agar ishchilar soni 150 kishiga etkazilsa (150*10ming) 1500 ming so‘m qo‘shimcha mahsulot yaratiladi. Bunda qo‘shimcha ishchilar sonini ko'paytirish
evaziga qo‘shimcha mahsulot ko‘paytirilmoqda. Agar ishchilar soni o‘zgarmasdan 120 kishi holida qolib ish soati 8 soatdan 10 soatga uzaytirilsa (10*1250 bir soatlik Yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bir kunda bir ishchi 12500 so‘m, hamma ishchilar esa (120*12500) 1500 ming qo‘shimcha mahsulot yaratiladi.
Bundan ko‘rinadiki, bu ikki yo‘l bilan qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish mumkin. Lekin bu ikki yo‘l cheklangan bo‘lib, uzluk- siz ravishda ishchilar sonini ko‘paytirib ham, ish kunini uzaytirib ham bo‘lmaydi. Chunki ular cheklangan bo‘lib, ishchilar sonini ko‘paytirish korxonaga qimmatga tushadi, ish kunini uzaytirish esa ishchilar noroziligini keltirib chiqaradi. Demak qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirishning cheksiz bo‘lgan uchinchi yo‘lidan keng foydalanish mumkin. Bu yo‘l ishlab chiqarishda to‘htovsiz ravishda yangi texnika-texnologiyalami qo‘llash, xom ashyo va energiyalaming yangi turlarini topib, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini ochish bilan mehnat unumdorligini oshirish evaziga zaruriy ish vaqtini kamaytirish va qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirib qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish mumkin.
Ishchilar sonini ko‘paytirish va ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha mahsulot absolyut (mutloq) qo‘shimcha mah sulot deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |