2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


Download 0.61 Mb.
bet11/15
Sana23.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1287722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2.1 Mavzu

Naflilik (natural) jihatdan yondashilganda, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta mamlakatda Yaratilgan yalpi ichki mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli-tuman xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadiki, ular mehnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa yalpi ichki mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda Yaratilgan yalpi ichki mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat bo‘ladi. Yil davomida ish­ lab chiqarilgan tovar va xizmatlami, ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko‘rinishga boiib o ‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ulaming har bir turi bo‘yicha talab va takliflar o'rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni:

  1. ishlab chiqarishjarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vosi­

talari qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi ammortizatsiya fondi (s);

  1. yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ish- chilarga tegishli qismi - zaruriy mahsulot qiymati (v);

  2. yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbir korlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qismi - qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir (2-jadval).


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling