2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Download 332.75 Kb.
|
2.2 Mavzu
1-rasm. Zaruriy va qo'shimcha mahsulotning modifikatsiyalashgan shakllari
Foydaning turli to‘lovlardan qolgan qismi esa tadbirkorlaming sof foydasi bo‘lib, uning hisobidan o‘zlarining iste’molini qondiradi, investitsiyani, turli sotsial yo‘nalishdagi ishlami amalga oshiradilar. Ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish hech kimga zarar bermaydi, aksincha jamiyat a’zolarining hammasi uchun manfaatlidir. Ma’lumki, qo‘shimcha mahsulot bilan zamriy mahsulot o‘rtasida har doim ziddiyat va aloqadorlik bo‘ladi. Ulaming har ikkalasidan ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlarida foydalaniladi. Lekin ulaming sof milliy mahsulotdagi hissasi turli omillar ta’sirida, masalan, texnika taraqqiyotining rivojlanishi, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi, mehnat unumdorligining oshishi natijasida o‘zgarib turadi. Mehnat unumdorligining o‘sishi natijasida zaruriy mahsulotning absolyut miqdori o‘sgan holda sof milliy mahsulotdagi hissasi kamayib, qo‘shimcha mahsulotning hissasi oshib boradi. Bunday holatlar qo‘shimcha mahsulot normasining oshishida o‘z aksini topadi. Bu bayon etilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘shimcha mehnat va binobarin, qo‘shimcha mahsulot butun-butun tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishni, fan texnikani, ta’limni, sog‘liqni saqlashni, madaniyatni rivojlantirish, mamlakat mudofaa- sini mustahkamlashning iqtisodiy manbai boiib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omillari - tabiat (N), kapital (K) va ishchi kuchi (L)ni ishlab chiqarishda qo‘llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funksiyasi M = f(N,K,L) dan iborat bo‘ladi. Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillaming, ya’ni sarflaming har birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e ’tibomi kam resurs sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Un- dan tashqari, bu ko‘rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqar ishga va ko‘paytirish mo‘ljallangan mahsulot hajmini ishlab chiqar ishga qancha resurs sarfi talab qilinishini oldindan aniqlash imkonini beradi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini bir- daniga yoki ulaming ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko‘paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Omillardan foydalanish va ulaming miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil oichanadi: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot. Download 332.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling