2. 1-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


Ishlab chiqarish imkoniyatlari tushunchasi. Toʻla bandlik. Ishlab chiqarish


Download 332.75 Kb.
bet5/9
Sana23.03.2023
Hajmi332.75 Kb.
#1287721
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2.2 Mavzu

Ishlab chiqarish imkoniyatlari tushunchasi. Toʻla bandlik. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslar dan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to'laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlami ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlami ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday tanlash orqali, resurslaming mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun iqtisodiy resurslaming to‘la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to'iiq hajmini ta’minlash zarur.
To‘la bandlik - iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan barcha resurslardan to‘la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo‘lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo‘lgan barcha ishchi kuchini ish bilan ta ’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital uskunalar ham bo‘sh qolmasligi hamda to‘la quw at bilan ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi, resurslami samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan qilib foydalanishni va mavjud texnologiyalaming eng yaxshisini qo‘llashni ham bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum chegarasi bo‘ladi. Chunki, resurslar kamyob bo‘lganligi sababli iqtisodiyot to ia bandlik va ishlab chiqarishning to‘liq hajmida ham tovar va xizmatlami cheklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin.

Download 332.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling