2. 1Traktor va qishloq xo’jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni saqlash


Download 386 Kb.
bet4/9
Sana14.02.2023
Hajmi386 Kb.
#1198934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mashina-traktor parklari tomonidan texnik xizmat korsatishni tashkil etish

Yopiq saqlash usuli. Mashinalar va mexanizmlarni saroyda, garajda, omborda saqlash usuli boshqa usullarga nisbatan saqlash bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarishga mehnat sarfini kamaytirishga imkon beradi. Mashinalardan echib olinadigan agregatlar, uzellar va detallarni saqlash uchun zarur bo’ladigan ombor binolarini kamaytirishga imkon beradi. Bunda mashinalar qor-yomg’irlardan, quyosh nuridan puxta saqlanadi, mashinalar qismlarga ajratilmagan holda saqlanadi. Lekin yopiq saqlash usuli binolar qurishga ko’p mablag’ talab etadi.
Ochiq saqlash usuli. Tajribalarning ko’rsatishicha, ochiq saqlashda maydonchalar zarur uskunalar bilan jihozlanib, mashinalar saqlashga to’g’ri tayyorlansa, ularning puxta saqlanishiga erishish mumkin. Mashinalarni saqlash joylari mashinalarning konstruktsiyasiga, ish, TS va ta’mirlash joyidan uzoq-yaqinligiga, shuningdek ularni tashish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning oz-ko’pligiga qarab tanlanadi. Mashinalarni saqlash hovli-joylari, markaziy qishloqdagi saqlash joylari va TS punktlari ta’mirlash ustaxonalariga bevosita yaqinda joylashtiriladi. Markaziy qishloqda TS punktida, bo’limlar va brigadalarda saqlanadigan mashinalar ro’yxati bosh injener tomonidan belgilanadi.
Aralash saqlash usuli. Bu usulda murakkab va qimmatbaho mashinalar, shuningdek rezinato’qima, yog’och va oson shikastlanadigan materiallardan tayyorlangan detallari bor bo’lgan mashinalar yopiq binolarda saqlanadi, oddiy mashinalar (pluglar, tirmalar, shataklagichlar va boshqalar) esa ochiq maydonchalarda saqlanadi. Ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan mashinalarning o’zaro nisbati mahalliy iqlim sharoitlariga, yopiq binolarning yoki ularni qurish uchun kerakli vositalarning bor-yo’qligiga bog’liq.
Avtomobillar ishtirokidagi transport jarayonini tashkil etish, avtomobillarni saqlash, ularga texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash, yonilg’i-moy mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan tahminlash ishlarini tashkil qilish uchun avtotransport tarmog’i korxonalari muhim rol o’ynaydi. Ishlab chiqarish vazifasiga ko’ra ular avtotransport, avtoxizmat va avtahmirlash korxonalariga bo’linadi. Bu korxonalar o’z navbatida xarakatdagi qismni texnik tayyor holda ushlab turuvchi va yuqori ishlab chiqarish unumdorligini tahminlovchi ishlab chiqarish texnika negiziga ega bo’lishi zarur.
Avtotransport korxonalari(ATK)-avtomobillarni saqlash, ularga TXK va tahmirlash, harakatdagi qismni ehtiyot qismlar va avtoekspluatatsion materiallar bilan tahminlash, yuk va yo’lovchilarni tashish ishlarini amalga oshiradi.





Avtota’mirlash



Avtoxizmat

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling