2. 1Traktor va qishloq xo’jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni saqlash
Texnologik jarayon to’g’risida tushincha
Download 386 Kb.
|
Mashina-traktor parklari tomonidan texnik xizmat korsatishni tashkil etish
Texnologik jarayon to’g’risida tushinchaAvtomobil yoki uning birikmalariga texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash mahlum texnologiya asosida bajariladi. Avtomobillarning ishlash qobiliyatini tahminlash maqsadi-da, uning texnik xolatini o’zgartirish uslullarining majmui texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash texnologiyasi deb tushiniladi. Texnik talablar va rejaga asosan mahlum bir ketma-ketlikda avtomobil(agregat) ustida mahlum ish va amallar majmuasini bajarishga texnologik jarayon deyiladi. Avtotransport korxonalarida texnologik jarayonning xar-xil variantlaridan foydalaniladi. Bu variantlardan biri 5.2-rasmda keltirilgan. rasm. Avtotransport korxonasida texnologik jarayonni tashkil qilinish variantlaridan birining shakli Tanlab olingan texnologik jarayon quyidagilarni tahminlashi lozim: kamxarajatlilik va mehnat xovfsizligi; bajarilgan ishning yuqori sifati; bajarilayotgan ishlar uchun shaxsiy javobgarlik; profilaktik tadbirlarning solishtirma qismini ko’paytirish, shu jumladan oldindan tahmirlash ishlari; TXK va JT ning rejim va mehyorlarini muqobillashtirish; TXK va JT ishlarini bajarish uchun maxsus loyixalash tashkilotlari tamonidan namunaviy texnologiyalar ishlab chiqiladi. Bu texnologiyalardan har bir aniq korxona uchun, ularning o’z ekspluatatsiya toifalari iqlim sharoitlari va korxonadagi mavjud texnik negizlar hisobga olingan holda o’zgartirishlar kiritilib foydalaniladi. TXK ning namunoviy texnologiyalari, ulardan foydalanishda juda kam o’zgartiriladi. CHunki TXK ning barcha turlari bo’yicha, o’tkazilish davrlari, jami agregatlar va qismlar bo’yicha bajariladigan ishlar va ularning mehnat hajmi belgilangan bo’lib, o’zgartirilmay bajariladidi. Texnologik jarayonning variantini tanlashda, albatta u yoki bu ishlab chiqarish joylari(uchastkalari), diognostikani mavjudligi va ularning korxona xududida joylashishi, jixozlanish darajasi, texnik mahlumotlarni yig’ish va tahlil qilish uslublari hisobga olinishi zarur. Texnik xizmat ko’rsatish texnologik jarayonlariga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki har bir xizmat ko’rsatish davri va undagi ish hajmi hamda birikma va agregatlar bo’yicha bajariladigan ishlar doimiydir. Joriy tahmir texnologik jarayonlariga tuzatish kiritish maqsadga muvofiqdir, chunki avtomobillarning ishdan chiqishi vaqt, joy va ish hajmi bo’yicha ehtimoliy hisoblanadi. Korxonaning umumiy texnologik jarayoni TXK turlari va tahmirlash bo’yicha bajarilayotgan ishlarning texnologik jarayonilardan tashkil topadi. Bular esa o’z navbatida bajarilayotgan operatsiyalardan iboratdir. Operatsiya - avtomobil yoki uning qismlariga bir ishchi postida, bir yoki bir necha bajaruvchilar tomonidan bajariladigan texnologik jarayonning yakunlangan qismi. Operatsiyaning ishlatiladigan jihoz yoki asboblarni o’zgartirmasdan bajariladigan bir qismiga o’tish deyiladi. Ishlarni eng qulay ketma-ketlikda bajarish uchun texnik xujjatlardan, yahni texnologik xaritalardan, zavod ko’rsatmalaridan, texnik shartlardan foydalaniladi. 2.2.TXK va JT texnologik jarayoni ishchi postlarida va ish o’rnilarida bajariladi. Ishchi posti - TXK jihozlari, yordamchi uskunalar o’rnatilgan va avtomobil uchun joy ajratilgan, bir yoki bir necha ish o’rnilaridan iborat bo’lgan muhit. Ish o’rni - mahlum bir ishni bajarish uchun texnologik uskunalar, yordamchi jihoz, moslama, qurilma va asboblar bilan jihozlangan bir ishchining mehnat qilish muhiti. TXK va JT texnologik jarayoni, ATK ning ishlab chiqarish texnika negizida texnologik va operatsion xaritalar, post xaritalari, xarita-sxemalar TXK uchun qo’llanma, JT uchun qo’llanma va boshqa turdagi hujjatlar ishlatilib tashkil qilinadi. Texnologik jarayonlarni to’g’ri tashkil qilish, kam mablag’ sarflashni, mehnat xavfsizligini, ishchilarni kamroq ko’chib yurishini, ishchilar va ishchi postlariga mehnat hajmini bir xil taqsimlanishini, hamda biriktirilgan operatsiyalarni sifatli bajarilishini tahminlaydi. TXK texnologik jarayoni va uni tashkil qilish ish rejalarini o’z vaqtida bajarish uchun kerak bo’lgan ishchi postlari va joylarning soni bilan aniqlanadi. TXK ishlarini bajarilishi va taqsimlanishi uchun kerak bo’lgan ishchi postlari, ularning soniga va tashkil etilishiga asosan, universal va maxsus turlarga bo’linadi. Bu ishchi postlari o’z navbatida, boshi berk va boshi ochiq bo’lishi mumkin. +ulayligiga qarab ketma-ket yoki parallel joylashadi. Maxsus postlarning ketma-ketlikda joylashishi oqimli qatorni tashkil etadi. 1. Universal postlarda TXK ni tashkil qilish. Bu usulda, TXK dagi barcha ishlar bir postda bir guruh maxsuslashgan yoki universal ishchilar yordamida amalga oshiriladi.Texnologik jarayonni boshi berk yoki boshi ochiq ishchi postlarida tashkil qilinadi. Boshi berk postlar asosan TXK-1 va TXK-2 da, boshi ochiq postlar esa KXK da qo’llaniladi. Bu usulni kamchiligi avtomobillarni postlarga qo’yish va olishda vaqtning ko’proq ketishi, atrof-muhitni ifloslanishi va universal ishchilar ishlaganda, ko’proq ish haqi to’lanishidan iborat. 2. TXK ni maxsus postlarda tashkil qilish. TXK ni maxsus postlarda bajarishni tashkil qilish, TXK dagi barcha ishlarni maxsus postlarga bo’lib yuborish va shu postlarda maxsus mutaxasislikka ega bo’lgan ishchilarni ishlashidan iboratdir. Bu vaqtda har bir post o’ziga yarasha uskuna va jihozlar bilan tahminlanadi, hamda barcha ishlar oqimli yoki operatsion-post usulida tashkil etiladi. Oqimli usulda postlar ketma-ket yoki yonma-yon joylashishi mumkin. Bu usulda asosiy shartlardan biri avtomobilni har bir postda bir xil vaqtdan bo’lishi kerakligidir. Bu esa har bir postdagi ish hajmiga va ishchilar soniga bog’liq bo’lib, quyidagi talab bajarilishi kerak: to t const Po’r bu yerda: to-har bir postda bajariladigan ish hajmi, ishchi soat Ro’r- har bir postdagi o’rtacha ishchilar soni,ishchi t - avtomobillarni postda bo’lish vaqti,soat Bunday postlarning yig’indisi oqimli qatorni tashkil etadi. TXK jarayonini bunday tashkil qilish usulida, avtomobilni postdan postga o’tish vaqti kamayadi, egallanadigan ishlab chiqarish maydoning yuzasi kamayadi va konveyr qo’llash imkoniyati tug’iladi. Bu usulning kamchiligi postlarda bajariladigan ish hajmini o’zgartirish mumkin emasligi va qo’shimcha ishchilarni ushlab turish (ish hajmining oshishini inobatga olib) mumkin emasligidadir. Oqimli qatorlar to’xtovsiz oqmli qator va to’xtab-to’xtab harakatlanuvchi oqimli qator kabi turlarga bo’linadi. To’xtovsiz oqimli qatorda TXK, avtomobil postdan-postga to’xtovsiz harakatlanib turishida amalga oshirilishi. Bu usul asosan KXK da qo’llaniladi. Bunda konveyr tezligi Vk0,8-1,5 mmin, avtomobillar orasidagi masofa U1,2-4 m ni tashkil etadi. To’xtab-to’xtab harakatlanuvchi oqimli qator deb, avtomobilga TXK da konveyrning to’xtab turishi va postdan-postga o’tishida harakatlanishi tushiniladi. Bu usulni KXK da qo’llab bo’lmaydi, chunki KXK da mexanizatsiyalanish va avtomatlashtirilgan moslamalar qo’llaniladi, hamda bu yerda tezligi 10-15 mmin bo’lgan konveyrlar qo’llaniladi. Ishchi posti uzunligi Li.p La U, m ga, yahni La-avtomobil uzunligining va ikki avtomobil orasidagi masofaning(U) yig’indisiga teng bo’ladi. Operatsion post usulida, TXK dagi ish hajmi bir necha maxsus postlarga agregat va mexanizmlar turlari bo’yicha bo’lib yuboriladi (1-oldi ko’prik, 2-orqa ko’prik, 3- uzatmalar qutisi va h.k.). Bu usulda TXK boshi berk postlarda bajariladi va har bir postda avtomobillarni turish vaqti bir xil bo’lishi kerak. Avtomobillarni har qanday postga qo’yish mumkinligi ishlarini tez va sifatli bajarishga imkon yaratadi, ammo avtomobilning postdan-postga o’tish vaqti ko’pligi tufayli, atrof-muhitni ifloslantirishni ko’paytiradi. Bu usulda, avtomobillarga TXK ishlari bir necha bo’laklarga bo’linib, bir necha kunda o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. TXK usulini tanlash tartibi - TXK texnologik jarayonini tashkil etish usulini tanlash, avtomobillar soni va turiga,TXK ga ajratilgan vaqtga, bahzi bir operatsiyalar va TXK jarayonlar ish hajmiga va avtomobil liniyada ishlash vaqtiga bog’liq bo’ladi. Hozirgi vaqtda, har bir smenada avtomobillarga TXK lar soniga va ularning turiga qarab usul tanlanadi (TXK-1 lar soni 11-13 ta, TXK-2 lar soni 3 va undan ortiq bo’lganda oqimli qator, kam bo’lsa, universal postlar qabul qilinadi). Download 386 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling