2. 1Traktor va qishloq xo’jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni saqlash
Download 386 Kb.
|
Mashina-traktor parklari tomonidan texnik xizmat korsatishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-Texnik qarov
I-Texnik qarov
(125 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi). Smenali texnik qarovda ko‘zda tutilgan ishlar takrorlanib, ulrga qo‘shimcha ravishda: traktor yuviladi, suv nasosi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma, oxirgi uzatma, quvvat olish vali reduktori, taranglovchi g‘ildirak, taranglovchi rolik, gidrosistema moy bakidagi moyning sathi tekshiriladi. Generator privodining podshipnigi, asosiy va boshqarish muftalari podshipnigi, boshqarish va tormoz richaglari va parallelning o‘qi, oxirgi uzatma, yarim o‘qlarning o‘rta va sirtqi podshipniklari, rul boshqarmasi stoykasi va valining podshipnigi, burish sapfalarining podshipnigi o‘rnatish mexanizmi valining vtulkalari moylanadi. Dag‘al filtr va reaktiv sentrafuga tozalaadi va yuviladi, havo tozalagich yuvilib, moyi almashtiriladi, ventilyator tasmasi taranglanadi, akkumlyatorlar batareyasining klemmalari, simlari, ventilyasiya teshiklari tozalanadi, elektorlitning sathi tekshiriladi, lozim o‘lsa ularga qo‘shimcha moy qo‘yiladi. Yonilg‘i baki dag‘al va moyni tozalash filtrlari korpusidagi quyqalardan bo‘shatiladi. Kanallardagi havo bosimi tekshiriladi. II-Texnik qarov (500 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi). I-texnik qarovdagi ishlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ishlar bajariladi: Dvigatel karteidagi, yonilg‘i nasosi va regulyator korpusidagi moy almashtiriladi, rul mexanizmi korpusi va yurgizib yuborish dvigatelning reduktor, oxirgi uzatmalar korpusidagi moyning sathi tekshirilib, lozim bo‘lsa qo‘shimcha moy qo‘yiladi.Moyning mayin va dag‘al filtrlari elementining moy o‘tkazish qobiliyati tekshiriladi. Forsunkalarning yonilg‘i purkash bosimi va yonilg‘i purkashni ilgarilash burchagi, klapalar, dekompressor, svecha elektrodlari va magneto uzgichining tirqishi, asosiy mufta tortqisi, oshqarish muftalari va tormozlari, zanjirning tarangligi rostlanadi. Elektr simlar ko‘zdan kechiriladi, shikastlangan joylari izolyasiyalanadi. Generator, startyor yakori va cho‘tkalari tekshiriladi, tozalanadi. Elektrolitning zichligi, akkumlyatorlar batareyasining zaryadsizlananlik darajasi tekshiriladi. Havo bilan sovitiladigan dvigatellarda ventilyator parragi va yo‘naltirgichning ich tomoni tozalanadi. Traktorning barcha tashqi birikmalari tekshirib chiqiladi, lozim bo‘lsa mahkamlanadi. Download 386 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling