15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Tayanch so’z va iboralar: Dumalash podshipnigi, sharik, ichki va tashqi halqa, separator, seriya, aniqlik klassi. III. Mаqsаd
15-MA’RUZA. MAVZU. DUMALASH VA SIRPANISH PODSHIPNIKLARI. I. Mа`ruzа rеjаsi: 1. Dumalash podshipniklarini turlari va shartli belgilanishi. 2. Dumalash podshipniklarini tanlash va ularning xizmat muddatini aniqlash. II. Tayanch so’z va iboralar: Dumalash podshipnigi, sharik, ichki va tashqi halqa, separator, seriya, aniqlik klassi. III. Mаqsаd: Dumalash podshipniklarini tanlash va ularning xizmat muddatini aniqlashni o’rganish. Umumiy hоlаtlаr. Ma’lumki, sirpanish podshipniklarining asosiy kamchiliklaridan biri ishqalanish koeffisientining nisbatan kattaligidir. Dumalash podshipniklarida sirpanib ishqalanish o’rniga dumalab ishqalanishning mavjudligi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni keskin ravishda kamaytirishga imkon beradi, ya’ni bu podshipniklarning foydali ish koeffisienti yuqori bo’ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vallarning tayanchlari sifatida, asosan, dumalash podshipniklari ishlatiladi. Dumalash podshipniklarining tuzilishi ularni standartlashtirilgan mahsulot sifatida ko’plab ishlab chiqarishga imkon beradi. 15.1-rasm. Dumalash podshipniklarining asosiy turlari: 1-sharikli; 2-sharikli sferik; 3-sharikli radial-tirak; 4-rolikli radial; 5-rolikli radial-tirak; 6-rolikli sferik; 7-ignali radial; 8-sharikli tirak. Bu esa mahsulotning tannarxini kamaytiradi. Bulardan tashqari, dumalash podshipniklarida yana quyidagi afzalliklar ham bor: 1) ishqalanish kuchi va undan hosil bo’ladigan issiqlik miqdori kichik, vallarning aylana boshlashi uchun zarur bo’lgan qo’zg’atish momenti sirpanish podshipniklaridagiga qaraganda bir necha marta (5–10 marta) kichik; 2) sarflanadigan moy miqdori kam; 3) uzunlik bo’yicha o’lchami sirpanish podshipniklarinikiga qaraganda birmuncha qisqa; 4) rangli metall ishlatishni talab etmaydi. Dumalash podshipniklarining asosiy kamchiligi shuki, ularning dinamikaviy kuchlar ta’siriga bardosh berish xususiyati past, yuklama qabul qiladigan yuzasining kichikligi tufayli bu yuzada katta qiymatli kontakt kuchlanish hosil bo’ladi. Bu esa podshipnikning ishlash davrini qisqartiradi. Hozirgi vaqtda 1000 xildan ortiq dumalash podshipniklari ishlab chiqariladi va bundagi prosesslar avtomatlashtirilgan. Ishlab chiqarilayotgan podshipniklarning sirtqi diametri 1 mm dan to 2,6 m gacha, og’irligi esa 0,5 g dan 3,5 t gacha yetadi. Bu podshipniklar, dumalaydigan detallarining tuzilishiga qarab, sharikli va rolikli turlarga bo’linadi. Shu bilan birga, rolikli podshipniklar roliklarining rasmiga qarab, uzun va qisqa rolikli; konussimon rolikli; bochkasimon rolikli; ignasimon rolikli podshipniklarga bo’linadi. Bundan tashqari, dumalash podshipniklarining hap bir turi qabul qila oladigan kuchlarning yo’nalishiga qarab, quyidagi uch turga bo’linadi (15.1-rasm): 1) val o’qiga tik yo’nalgan kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan radial Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling