Yuqorida aytib o’tilgan podshipniklarning hamma turi ham mashinasozlikda keng
ko’lamda ishlatiladi.
Sirpanish podshipniklari.
Sirpanish podshipniklari tuzilishi jihatidan olganda ajralmaydigan
va ajraladigan
podshipniklarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda ajraladigan podshipniklardan ko’proq foydalaniladi.
Bunday podshipnikning asosiy elementi tayanch sirtiga yupqa antifriksion material qoplangan
vkladish hisoblanadi (1.1-rasm). Vkladish maxsus podshipnik korpusi yoki to’g’ridan-to’g’ri
mashina korpusiga o’rnatiladi. Sirpanish podshipniklarining ahamiyati
zamonaviy texnikada
alohida o’ringa ega. Lekin sirpanish podshipniklarida quyidagi afzalliklar bo’lganligi uchun
ayrim hollarda ulardan foydalanish ma’qul ko’riladi:
1. Кatta (1000 min
-1
gacha) chastota bilan ishlash hollarida
dumalash podshipniklariga
qaraganda ko’pga chidaydi.
2. Vallarni talab qilingan darajada aniq yo’nalishda o’rnatish imkonini beradi.
3. Ajraladigan qilib tayyorlanganligi uchun uni valning istalgan qismiga o’rnatish mumkin.
Bu ayniqsa tirsakli vallar uchun qo’l keladi.
4. Zarb bilan ta’sir qiladigan mavjud bo’lgan hollarda podshipnikdagi moy qatlami bu
kuchlarning salbiy ta’sirini kamaytiradi.
5. Dumalash podshipniklaridan foydalanish mumkin bo’lmagan agressiv muhitli sharoitda
(masalan, suvda) bemalol ishlay oladi.
6. Diametri haddan tashqari (1 m dan ortiq) bo’lgan
vallar uchun hozircha
standartlashtirilgan dumalash podshipniklari ishlab chiqarilmaydi, sirpanish
podshipniklari esa
istalgan kattalikda qilib tayyorlanishi mumkin.
15.1-rasm. Sirpanish podshipnigi – vkladish.
Do'stlaringiz bilan baham: