15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi
Podshipniklarning ishlash sharoiti va yemirilishi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nim quruq, yoki nim suyuqlikda ishqalanish
Podshipniklarning ishlash sharoiti va yemirilishi. Val aylana boshlashi bilan uning sirti
podshipnikdagi vkladish ustida sirpanib ishqalana boshlaydi. Bunday ishqalanish natijasida ma’lum miqdor issiqlik hosil bo’ladi. Bu issiqlik podshipnik korpusi, val hamda moy vositasida tashqariga olib ketiladi. Podshipnikning normal ishlashi uchun, hosil bo’layotgan issiqlik miqdori mavjud imkoniyatlar vositasida olib ketilayotgan issiqlik miqdoridan ortiq bo’lmasligi kerak Aks holda podshipnikning qizishi ruxsat etilgan darajadan ortib, vkladish suyuqlanib ketishi mumkin. Demak, podshipnikning haddan tashqari qizib ketishi uni ishdan chiqaruvchi asosiy sabablardan biridir. Bundan tashkari, sapfaning vkladish ustida sirpanib ishqalanishi natijasida yeyilish prosessi ham sodir bo’ladi. Vkladish sirtining yeyilishi ma’lum chegaradan ortib ketsa, mexanizmning ishlashi yomonlashadi. Shuning uchun bunday podshipniklar yemirilgan deb topiladi. Podshipnikning chidamliligi, asosan, yeyilish sur’ati bilan belgilanadi. Ularning sinib ketishi esa kam uchraydi. Yeyilishning sur’ati ko’p jihatdan ishqalanish prosessi sodir bo’layotgan sirtlar orasidagi muhitga bog’liq. Ana shu muhitga qarab, ishqalanish uch turga bo’linadi. 1. Quruq ishqalanish – moylanmagan sirtlar orasidagi ishqalanish. 2. Suyuqliqda ishqalanish. Bunda ishqalanayotgan sirtlar o’zaro qovushoq moy qatlami bilan batamom ajralgan holda bo’ladi (15.2-rasm). 15.2-rasm. Sirpanish podshipnigining suyuqlikda ishqalanish holatida val bilan vkladishning o’zaro joylashuvi (kattalashtirilgan): 1- moy; 2-vkladish; 3-moy qatlami. Harakat vaqtida moyning val bilan vkladish sirtiga tegib turgan sirtqi qismi ular bilan birga harakat qiladi, natijada ishqalanish asosan moy qatlami ichidagi zarrachalar orasida ruy beradi. Moy qatlamining qalinligi sapfa hamda vkladish sirtlarida ishlov berishdan hosil bo’lgan notekisliklar yig’indisidan albatta katta bo’lishi kerak: h > R z1 + R z2 (15.1) Bu shart bajarilganda tashqi (nagruzkani) yuklama moy qatlami qabul qiladi, natijada ish sirtlarining yyyeyilish prosessi sodir bo’lmaydi. Suyuqlikda ishqalanishning harakatga ko’rsatadigan qarshiligi juda kichik (ishqalanish koeffisienti 0,001…0,005 chamasida) bo’ladi. Demak, bunday sharoitda ishlaydigan sirpanish podshipniklarining foydali ish koeffisienti hatto dumalash podshipniklarnikidan ham oshadi. Shuning uchun sirpanish podshipniklaridan foydalanilganda suyuqlikda ishqalanish bo’ladigan sharoit yaratishga iloji boricha harakat qilish kerak 3. Nim quruq, yoki nim suyuqlikda ishqalanish. Bunda ish sirtlari etarli darajada moylansa ham, ammo ikki sirtni batamom ajaratib turadigan moy qatlami bo’lmaydi. Ishqalanish Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling