2. 1Traktor va qishloq xo’jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni saqlash
Avtomobillarni joriy tahmirlash texnologik jarayonini tashkil qilish
Download 386 Kb.
|
Mashina-traktor parklari tomonidan texnik xizmat korsatishni tashkil etish
2.3Avtomobillarni joriy tahmirlash texnologik jarayonini tashkil qilish
ATK sida avtomobillar uchun JT ishlarini bajarish talabga muvofiq, JT zonasidagi texnologik uskunalar bilan jihozlangan postlarda olib boriladi. Bahzi bir texnologik operatsiyalar, TXK-1 va TXK-2 postlaridagi bajariladigan ishlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun, ularni TXK davrida bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu ishlar qo’shimcha ko’chib yuruvchi maxsus ishchilar yordamida bajariladi. JT ishlari ikki xil,agregat va yakka usulda olib boriladi. Agregat usuli. - buzilgan agregat va uzellarni, avvaldan tahmirlab qo’yilgan yoki yangisiga almashtirishdan iboratdir. Yakka usul-avtomobilni agregat yoki mexanizmini tuzatib, yana o’z o’rniga qo’yishdan iboratdir. Avtotransport korxonalarida ishchilar mehnatini tashkil etish ATK sida ishchilar mehnati quyidagi usullarda tashkil etishlishi mumkin: Maxsus brigadalar usuli, Kompleks brigadalar usuli, 3) Agregat-uchastkalar usuli Maxsus brigadalar usulida TXK va JT ishlarining har bir turi maxsus brigada ishchilari tomonidan bajariladi. KXK, 1-TXK, 2-TXK va JT ishlarini bajaruvchi brigadalar, barcha ishlarni bajara oluvchi mutaxassis ishchilar bilan mujassamlashtiriladi. Bu usulda boshqarish ishlari osonlashadi va bir xildagi ishlar bajaruvchi uchastkalar tashkil qilinadi, hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish osonlashadi.
TXK va JT ishlarini mahsus brigadalar usulda tashkil etish Bu usulning kamchiliklaridan biri, avtomobilg’ texnik holatiga javobgarlik susayadi. Bu o’z navbatida avtomobillarni JT ishlarida turib qolishiga, texnik tayyorgarlik koeffitsientini kamayishiga olib keladi. Bu usulni mavqeini oshirish uchun ATK sida "Ishlab chiqarishni markaziy boshqarish markazi (TSUP) yoki TXK va JT ishlarini kompleks boshqarish tizimini tashkil etish (bunda, har bir ishchining o’z ishiga bo’lgan masuliyati oshadi) zarur. Kompleks brigadalar usulida ATK larida TXK-1, TXK-2 va JT ishlarini alohida-alohida guruh avtomobillarga bajaruvchi kompleks brigadalar tuziladi.
Download 386 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling