2-2Kim 18 guruh talabasi jumayev obidjon
Download 20.2 Kb.
|
JUMAYEV OBIDJON . FUQOROLIK JAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1
2-2Kim 18 guruh talabasi JUMAYEV OBIDJON 3-bilet 1. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining - yuqori boskichi. 2. Saylov tushunchasi va uning asosiy tamoyillari, tizimlari. 3. Ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari.. Javoblar 1 .Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir.Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida yoritilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi” debalohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning«Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak»2 degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir. 2. Saylov tizimi — saylov o`tkazish tartiblarining hamda ularni o`rnatuvchi xuquqiy normalarning majmui. Saylov tizimi davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan uzaro munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini o`z ichiga oladi (qarang Saylov huquqi). Jahon mamlakatlarining davlat qurilishi tajribasida Saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari qo`llaniladi. Majoritar saylov tizimi deganda (frans. majorite — kupchilik suzidan) vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniklash tushuniladi. Unda qonun bilan belgilangan kup ovozni olgan nomzod (yoki nomzodlar ro`yxati) muayyan okrug bo`yicha saylangan hisoblanadi. Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqida nisbatan, mutlaq va malakali kupchilik ovoziga asoslangan majoritar saylov tizimlari qo`llaniladi. Mac, AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston, Meksika va boshqalarda. Mutlaq ko`pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan va haqiqiy deb topilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq (yoki oddiy) kup ovoz (ya`ni 50% +1 ta ovoz) olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar nomzodlardan birontasi ham yetarlicha ovoz olmasa, kayta ovoz berish utkaziladi, bunda nomzodlar ruyxatida nisbatan kup ovoz olgan 2 ta nomzod qoldiriladi. Ba`zan qayta ovoz berish urniga 2-tur ovoz berish utkaziladi, buning natijalari boshqacha tizim buyicha aniqlanadi (masalan: Fransiyada Milliy majlis—parlamentga saylovlarda mutlaq kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim, 2-tur ovoz berishda esa nisbatan kupchilikning ovoziga asoslangan majoritar tizim qullaniladi). Nisbatan kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim eng sodda tizim bo`lib, bunda nomzodlar orasidan uz raqiblarining har biriga nisbatan kup ovoz olgani saylangan hisoblanadi. Bu tizimda kupincha saylovchilarning qullab quvvatlashiga ega bo`lmagan partiya parlamentda ko`p uringa ega bulishi mumkin. AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa bir kancha davlatlarda majoritar tizimning ana shunday shakli qo`llaniladi. Shuningdek, majoritar tizimning kamdan kam hollarda qo`llaniladigan yana bir turi malakali kupchilik ovoziga (umumiy ovozlarning 2/3, 3/4 ma'qullamoqismiga) asoslangan majoritar tizim ham mavjud (masalan: Chilida parlamentning quyi palatasi — Deputatlar palatasiga saylovlarda shunday tizim qo`llaniladi). Biroq, bunda faqat juda oz nomzodlar saylovchilarning 65% ovozini olishi mumkin bulganligi uchun, mandatlar, odatda, vakillikning proporsional tizimi buyicha taqsimlanadi. Har bir saylov okrugidan saylanadigan deputatlarning soniga qarab bir mandatli yoki kup mandatli majoritar saylov tizimlari bulishi mumkin. Bir mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir deputat saylanadi. Ko`p mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir necha deputat saylanadi.Proporsional Saylov tizimi ovoz berish natijalarini aniqlashning birmuncha murakkab tartibi bo`lib, bunda mandatlar o`z nomzodlarini vakillik organlariga qo`ygan siyosiy partiyalar va boshqa ommaviy harakatlar o`rtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda taqsimlanadi. Proporsional Saylov tizimida katta-katta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya o`z vakillarining ro`yxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy harakatlar tomonidan ko`rsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun saylov mezoni (yoki kvota), ya`ni bir deputatlik mandatini olish uchun zarur bo`lgan ovozlar miqdori (odatda, kamida 4—5% qilib) o`rnatiladi. Bunda, shartga ko`ra, muayyan jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Avvalo saylovchilar bergan ovozlar miqdori deputatlik o`rinlarining soniga bo`linadi. Shunda bitta mandat doirasidagi ovozlar soni ma`lum bo`ladi. Keyin har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputatning bir mandati uchun zarur bo`lgan ovozlar miqdoriga bo`linadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki ommaviy harakatga berilgan deputatlik o`rinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi. Saylovchilarning ovozi belgilangan me`yor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib chiqaradi. Bu o`rinlar partiya rahbar organlari tomonidan partiyaviy ro`yxatning bosh qismidan joy olgan nomzodlarga beriladi. Proporsional Saylov tizimi Isroil, Vengriya, Avstriya, Daniya, Ispaniya, Polsha va boshqa mamlakatlarda mavjud.Aralash Saylov tizimi o`zida ham majoritar, ham proporsional saylov tizimlari elementlarini mujassam etadi. Masalan Germaniyada Bundestagga saylovlarida aralash tizim qo`llaniladi. Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan ko`pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim bo`yicha, 2-yarmi esa, ko`p mandatli saylov okruglari hisoblangan german yerlari (federatsiya sub`yektlari)da siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar ro`yxati asosida proporsional tizim bo`yicha saylanadi.Aralash saylov tizimi Bolgariya, Gruziya, Litva, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham qo`llaniladi.O`zbekiston Respublikasining saylov tizimi mamlakat Konstitutsiyasi va saylov to`g`risidagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, Uzbekistonda majoritar saylov tizimi qo`llaniladi. Macalan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod saylov okrugi buyicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan kupining ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning r`ʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan bo`lsa, saylov o`tmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2 tadan ortiq nomzod ovozga qo`yilgan bo`lsa va ulardan birontasi ham kupchilik ovozini ololmasa, ya`ni deputat bulib saylanmay qolsa, okrug saylov komissiyasi eng ko`p ovoz olgan 2 nafar nomzodni okrugda takroriy ovozga qoʻyish to`g`risida qaror qabul qiladi. Bu qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida 2 hafta ichida takroriy ovoz berish o`tkaziladi. 3. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan etti mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti inson huquq va manfaatlarini himoyalash, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etmoqda. Jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan jarayonlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylandi. Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, aholining eng muhim sosial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan ikki yuzdan ortiq qonun qabul qilingani davlatimiz tomonidan soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari shular jumlasidandir. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tashkil qilingani fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi doirasida ishlab chiqilgan va 2014-yil 26-sentabrda e’lon qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Qonun 5 bob, 30 moddadan iborat bo‘lib, unda ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning asosiy prinsiplari o‘z ifodasini topgan. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va uni amalga oshirish tartibi, ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mazkur munosabat subyektlarining huquq va majburiyatlariga keng o‘rin berilgan. Ushbu qonunda ijtimoiy sheriklikning asosiy sohalari sifatida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish, bandlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘ini saqlash, barkamol avlodni shakllantirish, onalik va bolalikni, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va boshqa masalalar nazarda tutilgan. Qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishda, gumanitar muammolarni hal etishda, aholining turli qatlamlari huquq va manfaatlarini himoya qilishda davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ham mustahkamlandi. Bu jarayonda ijtimoiy sheriklik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlari hisoblanadi. Bunda davlat organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.Ijtimoiy sheriklik aholini ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlarni tiklash va o‘rganish kabi sohalarda amalga oshirilishimumkinligi ham qonunda o‘z ifodasini topgan. Bu aholi farovonligini yanada oshirish, jamiyatda umuminsoniy qadriyatlar qaror topishiga yanada keng yo‘l ochadi. Qonunga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin. Bu turli sohalarga oid taklif va loyihalarni tayyorlashda tashabbuslar bilan chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishda, ushbu hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish, ular ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Buning uchun endilikda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining taklif va tashabbuslarini ko‘rib chiqishi shartligi qonun bilan kafolatlandi. Qonunda ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari sifatida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalar berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish ham belgilab berilgan. Bunday institutlarga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turi qatorida qayd etilgan. Masalan, mulkiy yordam ko‘rsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishini anglatadi. Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi muhim o‘rin tutadi. Ushbu fond, uning mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi va ularning vazifalariga oid normalar ham qonunda o‘z aksini topgan. Qonundagi yana bir muhim yangilik – bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida jamoat fondlari hamda ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari tuzilishidir. Albatta, bu joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirib, ularning ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini kengaytiradi. Mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, gumanitar masalalarni hal etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid faoliyatni yanada rag‘batlantiradi. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish asoslari ham huquqiy tartibga solingan. Bu maqsadda davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari, ijtimoiy sheriklik subyektlarining o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. Download 20.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling