2-3-mavzu: Hozirgi zamon dunyo siyosiy kartasi reja
Dunyo siyosiy xaritasi shakllanishining xususiyatlari va asosiy bosqichlari
Download 43.45 Kb.
|
2-ma`ruza
2. Dunyo siyosiy xaritasi shakllanishining xususiyatlari va asosiy bosqichlari. Shakllanish bosqichlari. Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasi kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoliy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari o‘zgarishi, almashinuvi qonuniyatlarini to‘la aks ettiradi. Dunyo siyosiy xaritasi (DS) – tarixiy davrlarning ko‘zgusi, materiklar, qit’alar, dunyo siosiy-iqtisodiy bo‘linishining o‘ziga xos tasvirdir.
DSning shakllanishi quyidagi davrlarga bo‘linadi: qadimgi, o‘rta asrlar, yangi davr va eng yangi davr. Qadimgi davr (davlatlarning dastlab paydo bo‘lishidan milodning V asrigacha) quldorlik tuzumi davrini o‘z ichiga oladi. Yer sharida birinchi davlatlarning paydo bo‘lishi va halokatini aks ettiradi. Qadimgi Misr, Karfagen, qadimgi Gresiya, qadimgi Rim, O‘rta Osiyoda shakllangan qadimgi Xorazm, Baqtriya, Sug‘d va boshqa davlatlar, Turk hoqonliklari (miloddan avvalgi 2007 yildan milodning 216 yiligacha Ulug‘ Xun imperiyasi, ikkinchi Xun imperiyasi milodning II-IV asri) kabi qadimgi davlatlar dunyo sivilizatsiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. O‘rta asrlar davri (V-XV asrlar). Bu davrda DS feodalizm davri bilan bog‘liq holda shakllangan. Quldorlik imperiyalari parchalanib, ularning o‘rnida ko‘p sonli katta va kichik feodal davlatlar paydo bo‘ldi. Feodal davlatlarning siyosiy funksiyalari quldorlik davridagi davlatlardiagiga nisbatan ancha murakkab va xilma-xil edi. Bu davrda ichki bozor shakllandi, regionlarning boshqalardan ajralgan holda biqiq yashashiga chek qo‘yildi. Davlatlarning o‘zlaridan uzoqqa joylashgan hududlarini bosib olishga harakat qilish ishtiyoqi kuchayadi. Dunyo materiklari va qit’alari turli davlatlar o‘rtasida taqsimlab olindi. Bu davrda muqaddas Rim imperiyasi, Angliya, Ispaniya, Fransiya, Portugaliya, Kiyev Rusi, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon-Turkiston o‘lkasidagi feodal davlatlar va boshqalar mavjud bo‘lgan. Shu jumladan, O‘rta asrlar dunyo siyosiy xaritasida Movarounnaxrning ilk feodal davlatlari (Sug‘d, Tohariston, Farg‘ona, Choch, Xorazm va boshqalar), IX-XIII asrdagi feodal davlatlar (Karluklar, Toxiriylar, Samoniylar Koraniylar, Xorazm davlatlari va boshqalar), Chig‘atoy ulusi (XIII-XIVasr), Amir Temur va Temuriylar davlatlari (XIV asrning oxiri XVasr boshi) katta salmoqqa ega bo‘lganlar. Buyuk geografik kashfiyotlar qatoriga kiradigan quyidagi sayohatlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1492-1502 yillari-Amerikaning yevropaliklar uchun kashf etilishi (X Kolumbiyaning Markaziy Amerika va Janubiy Amerikaning shimoliga sayohati). Ispaniya tomonidan Amerikaning kolonizatsiyasining boshlanishi; 1498 – Voska da Gamaning Afrikani aylanib o‘tgan dengiz sayohati. 1499-1504 yillar Amerigo Vespuchchining Janubiy Amerikaga sayohati; 1519-1522 yillar – Magellan va sheriklarining dunyo aylanasi bo‘ylab sayyohati; 1648 yil Semyon Dejnyovning sayyohati (Rossiya – Sibir); 1740 yil V.Bering va P. Chirikov sayyohatlari (Sibir); 1771-1773 yillar – J. Kuk sayyohati (Avstraliya, Okeaniya). Buyuk geografik kashfiyotlar davri dunyo siyosiy va iqtisodiy haritasida kuchli o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. U Yevropa mustamlakachilar bosqichining boshlanishi, dunyo xo‘jalik aloqalarining keng tarqalishi, aholi ko‘chish harakatlarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Buyuk geografik kashfiyotlar, birinchidan, dunyoning birinchi uchta yirik mustamlakachi davlatlari – Ispaniya (Amerikada), Portugaliya (asosan Osiyoda) imperiyalarining paydo bo‘lishiga, ikkinchidan, dunyo savdosining vujudga kelishi va dunyo bozorining shakllanishiga olib keldi. Dunyo siyosiy haritasi shakllanishining yangi asr davridagi asosiy mazmunini mustamlakalar bosib olish, metropoliya (mustamlakachi) davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va nisbatlar belgilab berdi. XX asr boshida dunyo to‘liq bo‘lib olindi. 1914 yilda mustamlakachi imperiyalar mustamlakalarining umumiy maydoni 74,9 mln. kv. km. (jami yer yuzasi quruqlik xududlarining 56 % i), ulardagi aholi 530 mln. (dunyo aholisining 35 % i). Angliya mustamlakalari maydoni 33,5 mln. kv. km. (dunyo mustamlakalarining 44, 7% i), ularning aholisi 393, 5 mln. kishi (mustamlaka aholisining 74,2 % i), Rossiya shunga mos holda – 17,4 mln. (23,3%) va 33.2 mln. (6,3 %); Fransiya – 10,6 mln. (14,1%) va 55,5 mln. (10,5%); Germaniya – 2,9 mln. (3,9) va 12,3 mln. (2,3 %); AQSH – 0,3 mln. (0.4%) va 9,7 mln. (1,8%); Yaponiya – 0,3 mln. (0,4 %) va 19,2 mln. (3,6 %) bo‘lgan. Metropoliya va mustamlakalar maydoni va aholisi o‘rtasidagi nisbat tegishlicha quyidagi miqdordan ortiq bo‘lgan: Buyuk Britaniyada 100 va 8,8 marta va 0,2%, Niderlandiya – 67 va 7,4, Portugaliya – 21 va 1,5, Fransiya – 21 va 1,3, Belgiya – 80 va 2,8, marta, Daniya – 5 marta va 4,2 %, Germaniya 5 marta va 21%, Ispaniya – 40% va 3,8 %, Italiya – 1,7 marta va 2,2 %, AQSH – 24,4 % va 11,6 %. Shu davrdan boshlab dunyoni qayta bo‘lib olish faqat urush va zo‘ravonlik vositasida amalga oshishi mumkin edi. Shu sababdan dunyoning yetakchi mamlakatlari o‘rtasida bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lib olish uchun kurash tobora keskinlashdi. Eng yangi davr birinchi jahon urushining tugashi va 1917 yil Rossiyada Oktyabr to‘ntarishidan boshlab to hozirgi kunlargacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davr quyidagi uch bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich (1917-1939 yillar) dunyo xaritasida SSSR (sotsialistik imperiya) ning bo‘lishi, Yevropada va dunyoning boshqa qismlarida muhim hududiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi bilan harakterlanadi. Avstriya – Vengriya imperiyasi parchalanadi, ko‘p davlatlarning chegaralari o‘zgaradi. Yangi mustaqil mamlakatlar – Polsha, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya (Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya qirolliklari) va boshqalar paydo bo‘ldi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Yaponiya mustamalakalari ko‘paydi va kengaydi. Germaniya mustamlakalari (3 mln. kv. km.) g‘olib davlatlargi vasiylikka (amalda mustamlakaga) berildi. Masalan, Tanganika Angiliyaga « mandat» ga berildi. Togo va Kumerun esa Angliya va Fransiya o‘rtasida bo‘lib olindi. Janubi-G‘arbiy Afrika- JARga, Shimoliy Sharqiy Yangi Gvineya – Avstraliya Ittifoqiga, Karolin, Marian, Marshall orollari-Yaponiyaga, Qarbiy Samoa orollari – Yangi Zelandiyaga, Nauru orollari – Angliya, Avstraliya, Yangi Zelandiyaga berildi. Ikkinchi bosqich (1939 – 1990 y.) Yevropa siyosiy xaritasida yuz bergan o‘zgarishlardan tashqari, sotsialistik eksperementning kengayishi (Yevropa va Osiyodagi ayrim davlatlarning sotsialistik yo‘lga o‘tishi), imperializm mustamlakachilik tizimining yemirilishi oqibatida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi (Karib regioni) okeanida 100 dan ortiq mustaqil davlatning barpo etilishi bilan harakterlanadi. Mustamlakachilik tizimining barbod bo‘lishi, milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi, xalqlarning mustaqillik uchun kurashlari dunyo siyosiy xaritasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda dunyo siyosiy xaritasida Vetnam (1945 y), KXDR (1948), Xitoy Xalq Respublikasi (1949), 1948 yilda Birma va Seylon (1972 yildan Shiri Lanka), 1953 yilda Laos va Kambodja paydo bo‘ldi. 1997 yilda Maloya Federasiyasi tuzildi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Afrikaning 90 % ga yaqin hududi va 75 % aholisi mutamlaka asoratida edi. Bu yerda faqat uchta mustaqil davlat (Janubiy Afrika Ittifoqini hisoblamaganda) – Efiopiya, Misr, Liberiya mavjud bo‘lgan, hozir ularning soni 50 dan ortiq. Uchinchi bosqich 1990 yillardan to hozirga qadar davom etayotir. Bunda quyidagilar dunyo hamjamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi va dunyo xaritasida muhim yangi sifat o‘zgarishlari sodir bo‘lishiga olib keldi: - 1991 yilda SSSR ning parchalanishi, uning tarkibidagi barcha ittifoqdosh respublikalarda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi; - Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) tashkil topishi; - Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tinch yo‘l bilan xalq – demokratik inqilobining g‘alaba qilishi (1989-1990 yillar); - 1991 yilda Varshava shartnomasi tashkiloti (harbiy) va o‘zaro yordam iqtisodiy kengayishi faoliyatining to‘xtatilishi. Ular Yevropa va dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatga doimo jiddiy ta’sir ko‘rsatib turgan edi; - 1990 yil 3 oktyabr – ikki nemis davlatining (GFR va GDR) yagona davlatga birlashuvi; - Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining parchalanishi, Sloveniya, Bosniya va Gersogovina, Harvatiya, Yugoslaviya Ittifoqi Respublikasi (tarkibida Serbiya va Chernogoriya) mustaqilligining e’lon qilinishi. Hozirgi davom etayotgan fuqoralar urushi va mamlakatlararo nizolar bilan bog‘liq bo‘lgan sobiq federatsiyaning jiddiy inqirozi; - 1990 yil may oyida ikki arab davlati – Yaman Arab Respublikasi (YAAR) va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YAXDR) milliy-yetnik asoslarda birlashdi (Yaman Respublikasi, poytaxti – Sana shahri); - 1990-91 yillarda mustamlakachilikning barbod bo‘lish jarayoni davom etib, quyidagilar mustaqillikka erishdilar; Namibiya (Afrikadagi eng so‘nggi mutamlaka); Okeaniyada yangi davlatlar – Mikroneziya Federativ Shtatlari (Karolin orollari), Marshal orollari Respublikasi paydo bo‘ldi; - 1993 yil 1 yanvarda sobiq Chexoslovakiya parchalanib, ikkita mustaqil davlat – Chexiya va Slovakiya vujudga keldi; - 1993 yil – Eriteriya davlatning (Efiopiyaning qizil dengiz qirqog‘idagi sobiq provinsiyasi) mustaqilligi e’lon qilindi. Dunyo siyosiy xaritasining kelajakda o‘zgarish miqyoslari ko‘p millatli mamlakatlarda etnik-milliy jarayonlarning rivoji yo‘nalishiga, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarning harakteriga bog‘liq. Download 43.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling