2-3-mavzu: Hozirgi zamon dunyo siyosiy kartasi reja


Download 43.45 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi43.45 Kb.
#1539253
  1   2   3   4
Bog'liq
2-ma`ruza


2-3-mavzu: Hozirgi ZAMON DUNYO SIYOSIY KARTASI


Reja:



  1. Jahonning siyosiy xaritasi haqida tushuncha.

  2. Jahon siyosiy xaritasining shakllanishi va bosqichlari.

  3. Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi.

  4. Mamlakatlarni toifalarga ajratish.



1. Jahonning siyosiy xaritasi haqida tushuncha. Siyosat so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, u lugaviy jihatdan «boshqarish» degan ma’noni bildiradi. Demak, qayerdaki boshqarish mavjud ekan shu yerda ustunlikka intilish mavjud bo‘ladi. Xususan, dunyo mamlakatlarida ham aynan shu jarayon kuzatiladi. Bugungi kunda 230 dan ortiq mamlakat mavjud ekan, ular bir-biridan rivojlanish darajasiga ko‘ra, davlat tuzumi va boshqarish shakliga ko‘ra o‘zaro farq qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki dunyo siyosiy xaritasi bu dinamik, ya’ni o‘zgaruvchan tarixiy kategoriyadir. Chunki, siyosiy haritadagi davlatlar soni, ularning tuzumi, chegara va boshqa sifat hamda miqdoriy ko‘rsatkichlari davriy nuqtai nazardan o‘zgarib turadi. Bunda siyosiy haritaning shakllanishiga bevosita ta’sir etuvchi quyidagi omillarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) yangi materiklar va xududlarning kashf etilishi bosqichi.
b) urushlar, davlat to‘ntarishi kabi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi.
v) muayyan sistemaning parchalanishi oqibatida yangi toifadagi davlatlarni vujudga kelishi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning siyosiy haritasida bir qancha sotsialistik davlatlarning paydo bo‘lishi, mustamlakachilik sistemalarini parchalanishi va o‘nlab ozod bo‘lgan mamlakatlarning vujudga kelishi qo‘shilmaslik harakatining o‘sishi kabi muhim jarayonlar o‘z aksini topdi. Urushdan keyingi butun davr asosini G‘arb bilan sharqni jahon qarama-qarshi turishi, ular o‘rtasidagi «sovuq urush» tashkil etdi. Ko‘pdan-ko‘p harbiy-siyosiy ittifoqlar, shu jumladan ikkita yirik ittifoq: Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) va Varshava shartnomasi tashkiloti (VSHT) vujudga keldi. Yer kurrasining turli joylarida yuzlab ba’zalar bunyod etildi, mahalliy urushlar bo‘lib turadi.
Dunyoning siyosiy haritasida ko‘pdan-ko‘p keskinlik o‘choqlari, regional kelishmovchiliklar (janjallar) vujudga kelib turadi.
80 – yillarning ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlarda qarama-qarshi turishdan o‘zaro bir-birini tushunish va hamkorlikka o‘tish boshlandi. O‘zaro ishonchsizlik xavsirash va dushmanlik o‘rniga yaxshi qo‘shnichilik qaror topa boshladi. Bu jarayon SSSR (MDH) bilan AQSH, Yevropa davlatlari, Osiyo-Tinch okean regioni (OTR), boshqa hududlar munosabatlarida aks etdi. Dunyoning siyosiy xaritasida 1990- yilda Germaniyaning birlashishi, haqiqiy qurolsizlanishning boshlanishi Varshava shartnomasi tashkilotining tarqatib yuborilishi, NATOning asosan siyosiy ittifoqqa aylantirilishi kabi muhim jarayon va xodisalar yo‘li bilan hal qilishga erishildi. Masalan, Markaziy Amerikadagi (Nikaragua, Salvador), Afrika janubidagi (Namibiya, Angola), Janubiy-Sharqiy Osiyodagi (Kombodja) janjallari muzokoralar yo‘li bilan hal qilindi.
Bularning natijasida halqaro keskinlik kamaya boshladi, dunyo tinchroq va xavfsizroq bo‘lib qoldi. Jahondagi keskinlikni kamaytirishda Birlashgan Millatlar Tashkilot (BMT)ning xizmati juda katta. BMT qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan.

Download 43.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling