2-3 Mavzular. Ma’muriy xukukning predmetn


Download 24.02 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi24.02 Kb.
#1731692
  1   2   3
Bog'liq
2 Ma’muriy xukukning predmetn,


2-3 Mavzular. Ma’muriy xukukning predmetn,
usuli va tizimi.


 
Mamuriy huquq tushunchasi va predmeti. Oldingi darslarda aytib o‘tilganidek ma’muriy huquq davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquq soxasidir.
Davlat boshqaruvi ijtimoiy xayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo‘jalik tashkilotchilik, madaniy,. ma’rifiy ishlarni amalga oshiriladi, mamuriy-siyosiy masalalarni hal qilinadi.
Davlat boshkaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga olgan huquqning alohida tarmog‘i ma’muriy huquq deb ataladi.
Ma’muriy xukuk tomonida tartibga solinadigan munosabatlar quyidagilardan iborat:
 tashkiliy jixatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi bilan vazirliklar; ko‘mitalar; xokimliklar) o‘rtasidagi munosabatlar:
 bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat idora organlari (ikki vazirlik, ikki xokimlik);
 davlat idora organlari va ularga buysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar;
 davlat idora organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar;
 davlat idora organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar.
Shunday kilib, ma’muriy huquq - davlat boshkaruv organlarining ijrochilik va farmoyish beruvchilik faoliyatiningg samaradorligini oshirishga karatilgan tedbirlarning deyarli barchasi ma’muriy xukuk normalari yordamida amalga oshiriladi.
Ma’muriy xukuk normalari davlat xukuki normalaridan kelib chikkan xolda, avvalo boshkaruviga xos bulgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat faoliyati turlari (konunchilik, sud, prokuror nazorati va boshkalar) bilan o‘zaro munosabatini, shuningdek, davlat boshqaruvi tamoyillarini mustahkamlaydi. Ma’muriy xukuk normalari davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari xamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi. Ushbu normalar davlat apparatiga xizmat kilish tartibini, xizmatchilarning javobgarligini belgilaydi.
Ma’muriy huquq normalari shu bilan, birga boshqariluvchi ob’yektlarnnng aloqalarini tartibga solib turadi. Ushbu normalar rejalashtirish tartibini, moddiy resurslarni taksimlashni, ish xakini beltilashni xam mustaxkamlaydi.
Ma’muriy huquq normalari davlat xukuqi normalarini yanada aniqlashtirib va to‘ldirib. fuqarolarning ko‘pgina xukuk va majburiyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini xamda ushbu huquqlarni xar kanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi. Ma’muriy xukuk normalari jamoat tashkilotlari va jamoat organlarining xukukiy maqomini o‘rnatishida katta axamiyatga ega.
Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni xam tartibga soladi. Miool uchun, yul xarakati koidalari, jamoat joyida yurish-turish koidalari, ov kilish, oavdo, sanitariya va yongandan saklash koidalari va x.k. boshkaruv organlari ushbu kovdalarning bajarilshp ustidan kontrolni amaja oshirish, ularning buzilganligida davlat majburlov choralarini kullaydilar. Shunday kilib. ma’muriy xukuk normalari kanday kilmishlar (xarakat yoki xarakatsizlik) ma’muriy xukuqbuzarlik xisoblanishi, ma’muriy javobgarlik turi va usulini, bunday xukukbuzarljlarni ko‘rib chiqish tartibini o‘rnatadi.
Rus olimi Petrov G.I.ning fikricha «ma’muriy huquq nafakat
davlat boshkaruvini» balki jamoat boshqaruvini xam tartibga
soladi. Davlat jamoat tashkilotlari va organlariga ba’zi bir
huquqiy vakolatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Masalan, korxona mexnat jamoasining umumiy yig‘ilishi yoki
kengashining vakolat doirasini belgilab beradi. Lekin shuni xam
ta’kidlab o‘tish kerakki, jamoat boshqaruvining ko‘pgina
tomonlari qonunchilik bilan emas, balki jamoat tashkilotlarining normalari {masalan, Ustav, Nizom) bilan tartibga solinadi, Ma’muriy huquq davlat boshqaruvining barcha sohalarini, shu jumladan xalq ho‘jaligi sohasini boshqarishni tartibga soladi. Lekin "xo‘jalik huquqi" tarafdorlari ushbu qarashni inkor etishadi. Ularning tasdiqlashlaricha, xalq xo‘jaligi sohasidagi boshqaruv munosabatlari xamda korxona va birlashmalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar yagona xujalik munosabatlari hisoblanib, xo‘jalik huquqi" tomonidan tartibga solinadi. Ma’muriy xukuk fani tarafdorlarining- fikricha esa, xalq xo‘jaligi sohasidagi davlat boshkaruvi - davlat boshkaruvinig yagona ajralmas qismi bo‘lib, u ma’muriy huquq fani tomonidan tartibga solinadi.
 

Download 24.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling