2. 3Auditning xalqaro standartlarida faoliyat uzluksizligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 49.77 Kb.
bet3/8
Sana15.06.2023
Hajmi49.77 Kb.
#1479317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alimbayev Ilyosbek Audit faoliyati lotin

Maqsadlari
Auditorning maqsadlari:
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan faoliyatning uzluksizligi haqidagi farazdan foydalanishning maqbulligi xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish;
Olingan auditorlik dalillari asosida tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga bo‘lgan ahamiyatli shubhalarni belgilashi mumkin bo‘lgan hodisalar yoki sharoitlar xususida muhim
noaniqlik mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘rsida xulosa chiqarish; va
Auditorlik hisoboti (xulosasi) uchun oqibatlarni aniqlash. Talablar
Risklarni baholash tartib-taomillari va yo‘ldosh harakatlar
AXS 315 talabiga muvofiq risklarni baholash tartib taomillarini bajarishda auditor tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga bo‘lgan ahamiyatli shubhalarni belgilashi mumkin bo‘lgan hodisalar yoki sharoitlar mavjudligi yoki mavjud emasligini tekshirishi lozim. Bunda
auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatini dastlabki tarzda baholashni o‘tkazgani yoki o‘tkazmaganini aniqlashi darkor va:
(a) Agar bunday baholash o‘tkazilgan bo‘lsa, auditor mazkur baholashni tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati alohida-alohida yoki jamuljam holda tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga bo‘lgan
ahamiyatli shubhalarni belgilashi mumkin bo‘lgan hodisalar yoki sharoitlarni identifikatsiya qilgani yoki qilmaganini aniqlashi va, agar aniqlagan bo‘lsa, javob harakatlarini tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi
lozim;
(b) Agar tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bunday baholashni hali o‘tkazmagan bo‘lsa, auditor faoliyatning uzluksizligi haqida faraz qilishni amalga oshirishda foydalanish mo‘ljallanayotgan asosni tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va tadbirkorlik sub’ekti
rahbariyatiga alohida-alohida yoki jamuljam holda tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga bo‘lgan ahamiyatli shubhalarni
belgilashi mumkin bo‘lgan hodisalar yoki sharoitlar mavjudligi to‘g‘risida rasmiy so‘rov yuborishi lozim.
Butun auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor tadbirkorlik
sub’ektining o‘z uzluksiz faoliyatini davom ettirish qobiliyatiga
bo‘lgan ahamiyatli shubhalarni belgilashi mumkin bo‘lgan hodisalar
yoki sharoitlar mavjudligining auditorlik dalillariga nisbatan
ziyrak bo‘lishi lozim.


Download 49.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling