2. amaliy dars. Hududni vertikal rejalashtirish. Tikka rejalashtirish va uning vazifalari
Download 273.53 Kb. Pdf ko'rish
|
2. AMALIY DARS
2. AMALIY DARS. Hududni vertikal rejalashtirish. Tikka rejalashtirish va uning vazifalari. Relef va uning tikka rejasi loyixa va muxandislik jixozlarining talablarini kondirish lozim. Bunda muxandislik tayyorgarligi tomonidan kuyilgan talablar asosida relefni okilana va unumli surishni ta’minlashi kerak. Tikka reja materiallari barcha loyixa ishlarining asosi sifatida qabul qilinadi. Tikka rejalashtirishda 2 ta ketma-ket boskichni ajratish kerak: 1-muxandislik tayyorgarligiga ta’lukli bo’ladi ya’ni relefni oqilona uzgartirish yoki saqlash xisobidan muxandislik tayyorgarligi amalga oshiriladi; 2-joylarni loyixalash, qurish va obodonchiligiga ta’lukli bo‘lib, bunda imoratlarning, inshootlarning, ko’cha va yullarning xamda boshka unsurlarning balandliklari buyicha joylashtirilishi kursatiladi. Tikka rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. qor-yomgir suvlarini okizishni tashkillashtirish va ularni er osti kuvuriga tushirishni ta’minlash; 2. daraxtzorlarning sugorish silsilasini ta’minlash; 3. transport vositalari va piedalarning kulay va xavfsizligini ta’minlovchi ko’ndalang va bo’ylama nishablarni berish; 4. relefni uy-joy qurish uchun uzgartirish va moslashtirish (yer satxini tyokislash); 5. er osti kuvurlarini utkazish uchun mos relefni xosil qilish; 6. xususiy echim, ya’ni ajoyib bino va inshootlarni relefga joylashtira bilish. Shaharsozlikda relef va uning tikka echimyoi bevosita va bilvosita kuyidagicha ta’sir utkazadi: - shahar ansambillarini, maydonlarini, aloxida binolarni joylashtirishda relefni moslashtirishda va uning u yoki bu shakllaridan foydalanishda (balandligi, suv ayirgichi, suv yikkichi va xakoza); - shaharning uzi va daxalarini qurishda, binolarning kompozitsion umumiy tikka echimida; - sanoat qorxonalarining joylashtirishda (sanoat qorxonalari katta va tyokis maydonlarni yoki texnologik jarayon bilan boglik bulgani uchun). Yuqorida keltirilganidek, shahar loyixalanaetganda muxandislik tayyorgarligi buyicha sxema tayyorlanadi va unda tikka rejalashtirishga doir ummiy masalalr qarab chikiladi. Sxemaning masshtabi 1:10000 - 1:25000 bo‘lsa tikka reja loyxasi kupincha 1:5000 - 1:10000 masshtabdan tayyorlanadi, Tula ishlangan rejalarda tikka rejalashtirish sxemasi yullar va ko’chalarning o’qi, xamda loyixa chizigining singan joylari buyicha utkaziladi. Unda masshtab 1:1000-12000 qilib tanlanadi. Qurilish loyixasida esa masshtabi 1:500-5-1:1000 qilib tanlanadi. Turli xil kiyaliklar uchun kuyidagi gorizontallar kesishuvini tanlash maksadga muvofik xisoblanadi. (jadval 2.2). Topografik rejada gorizontallarning maksadga muvofik kesishuvi jadval 2.2. Relefning sharxi Relefning kesishuvi M1:5000 M1:2000 ml:1000 M1:500 Tekis relef (nishabligi 2%) 0,5:1 0,5:1 0,5 0,5 To 4% 1:2 0,5:1,2 0,5 0,5 To 6% 2:5 1:2 0,5;1 0,5 10% va undan yuqori 2:5 2 1 1 Tikka rejaning asosiy texnik-iktisodiy kursatkichlari kuyidagilardan iborat: A) tuproq ishlarining xadmi; B) qazib olinadigan tuproqni surish va ko’miladigan joylarni to’ldirish va shu bilan ortikcha tuproqni tashib ketilmasligiga erishish; V) iloji boricha kamrok tuproq surish ishlarini amalga oshirish. Download 273.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling