2-amaliy ish Rabbonayev javoxir


Download 46.6 Kb.
bet2/4
Sana29.04.2023
Hajmi46.6 Kb.
#1399647
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Inson ongi evolutsion taraqqiyotning eng so‘nggi bosqichi, ya’ni inson taraqqiyoti bosqichidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan. Inson ongi insonning o‘zi bilan birga, deyarli bir vaqtda maydonga kelgan. Ong tarixiy taraqqiyotning ikkinchi yo‘nalishi — odamlarning amaliy faoliyatlari bilan amalga oshiriladigan va tekshirib ko‘riladigan insonning bilish faoliyatining doimo rivojlanish jarayoni.

Ongning tabiati - ong odamning borliq haqiqatini aks ettirish formasi tariqasida keladi.

Jonsiz, noorganik matеriyadan tortib to eng oliy va murakkab matеriya hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha matеriya moddiy olamning yalpi xususiyati - in'ikos etish xususiyatiga, ya'ni ta'sirotga javob qaytarish qobiliyatiga egadir.

Ongning asosiy belgilari

Ongning asosiy belgilari — odam ongining psixologik xarakteristikasi, so‘z va ma’noning ongni tashkil qiluvchi tushunchalar sifatida kelishi, odam ongining borliqdagi narsa va hodisalarni, ularning eng barqaror muhim belgilari va xususiyatlarini ma’lum darajada so‘z bilan umumlashtirib ifodalaydi, aks ettiradi. Psixika va ongning paydo bo‘lish taraqqiyoti inson ongining paydo bo‘lishining dastlabki shart-sharoitlari, kishilarning birgalikdagi faoliyati, mehnat taqsimoti, kishilar o‘rtasidagi muloqotning borgan sari faollashib borishi, til asosida turli so‘z signallaridan, belgilar tizimidan foydalanish, insonning moddiy va ma’naviy madaniyati, inson boyliklarining yaratilishi, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish, avloddan avlodga berish, saqlash bilan bog‘liq.

Ongning paydo bo‘lishidagi omillari

Ongning paydo bo‘lishi taraqqiyotida filogenetik — organizmning oddiy shaklidan tortib murakkab, to hozirgi zamon kishisiga qadar rivojlanish jarayoni juda uzoq tarixiy, ijtimoiy, biologik o‘zgarishlar yuz bergan davrlar bilan xarakterlanadi. Ontogenetik taraqqiyotda har bir individ hayoti davomida murakkab o‘zgarishlar tizimini bosib o‘tadi. Murakkab ko‘rinishdagi shart-sharoitga moslashish refleks qobiliyatining paydo bo‘lishi taraqqiyotiga olib boradi.


Download 46.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling