2. Amaliy ish. Tizimli blok qismlari bilan tanishish. Darsning maqsadi


Download 107 Kb.
bet4/5
Sana08.02.2023
Hajmi107 Kb.
#1168726
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliy ish

Ma’lumotlar shinasi. Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor registrlariga (va teskari) ma’lumotlar nushasi ko’chiriladi. Intel Pentium protsessorlarida ma’lumotlar shinasi 64-razryadli va bir taktda 8-baytli ma’lumot qayta ishlashga tushadi.
Komandali shina. Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor bajarishi uchun komandalar kelib tushadi. Komandalar bayt ko’rinishida taqdim etiladi. Oddiy komandalar bir baytga kiritiladi, biroq ba’zi komandalar bajarilishi uchun 2, 3 va undan ortiq bayt kerak bo’ladi. Ona platadan shina faqat protsessor bilan bog’lanish uchungina emas, u ona platadagi ichki qurilmalar, hamda ona plataga ulanadigan boshqa qurilmalar bilan ham bog’lanishga xizmat qiladi.

Tizimli plata Disk yurituvchi



Tok manbayi bloki Qattiq disk


Tizimli blok. Personal kompyuterda bitta odam, biror bir mutahasis ko’magiga muhtoj bo’lmay ishlashi mumkin. Foydalanuvchi muloqotni ko’pgina vositalar orqali: alvafit-raqamli yoki grafik displey, klaviatura, sichqoncha va boshqalar bilan bajaradi. PK konfiguratsiyasini keragicha o’zgartirish mumkin. Biroq tayanch konfiguratsiyasi tushunchasi bor, u ommabop (tipik) hisoblanadi: tizimli blok (prosessor); monitor; klaviatura; sichqoncha. Kompyuterlarning portativ (noutbuk) variantida tizimli blok klaviatura ostida, qopqog’ida esa monitor joylashgan bo’ladi. Stol variantidagi personal kompyuterni ko’rib chiqamiz. Protsessor yoki tizimli blok PKning asosiy tashkil etuvchisidir. Protsessorda o’z navbatida kompyuterning eng asosiy qismlari joylashgan bo’ladi va ular kompyuterning ichki qurilmalari hisoblanadi.
Tizimli blok qismlari. Personal kompyuterning eng katta platasi tizimli platadir (Mother Board- ruscha materinskaya plata). Unda quyidagilar joylashgan bo’ladi:

  • Protsessor – asosiy mikrosxema, matematik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi;

  • Chipset (mikroprotsessorlar komplekti) - mikrosxemalar shodasi, ichki qurilmalar ishini boshqaradi va ona plataning asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi;

  • Shinalar – uzatuvchilar shodasi, kompyuterlar ichki qurilmalari o’rtasida xabar almashtirishga xizmat qiladi;

  • Operativ xotira va uning turli qurilmalari;

  • Doimiy xotira qurilmalari;

  • Qo’shimcha qurilmalarni ulash razyomlari (slotlar).


Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling