№2-amaliy mashg‘ulot Boshqarish chizmalarini tuzish. Ishning maqsadi


Download 188.42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.03.2023
Hajmi188.42 Kb.
#1258063
Bog'liq
ASLO\'S 2-S 2-amaily



№2-amaliy mashg‘ulot
Boshqarish chizmalarini tuzish. 
Ishning maqsadi:Boshqarish chizmalari tarkibini o’rganish, loyiha hujjatlarini
yaratish, shakllantirish, boshqarish chizmalariga qo’yiladigan talablar bilan
tanishish.
Nazariy qism
Bajarayotgan vazifalariga qarab boshqarish chizmalari boʻlishi mumkin:
-mexanizmlar, potok (oqim) transport tizimlarining elektr yuritmalarini
boshqarish chizmalari;
-rostlovchi va berkituvchi (zapornыye) qurilmalar elektr yuritmalarni
boshqarish chizmalari;
-davriy ishlovchi texnologik agregatlarni dasturiy boshqarish chizmalari;
Masalan, quyish mashinasi bunkeriga polietilen granulalarini yuklashda,
bunkerdagi granula satxi pastki chegaradan pastga tushmasligi kerak, hamda tepa
chegaradan oshib ketmasligi kerak. Yaʼni granula satxi tepa chegaraga yetganda
pnevmotransport elektr yuritmasi oʻchirilishi va satx pastki chegaradan pastga
tushsa pnevmaotransport elektr yuritmasi ishga tushirilishi kerak.
Struktura chizmasini tayyorlashda shunday chizma ishlab chiqish talab
qilinadiki, unda iloji boricha kam elementlardan foydalanilgan xolda uning
ishlashining algoritmiga mos chizmani ishlab chiqish kerak boʻladi.
Boshqarish chizmalarining struktura chizmasini ishlab chiqishda intuiktiv,
formallashgan va kombinatsiyali usullari mavjud.
Birinchisini odatda sodda xolatlarda anologik yechimlardan foydalangan xolda
tayyorlanadi.
Murakkab chizmalarni tayyorlashda matematikaning formal logikasi
apparatidan foydalangan xolda, struktura chizmalarini sintez qilishning
formallashgan usullaridan foydalaniladi.
Kombinatsiyali usullar ham mavjud.
Elektryuritmalarni boshqarish chizmasi uchun manbani boshqarish zanjiri
fazalararo kuchlanish (380v) bilan yoki faza kuchlanishi (220v) bilan amalga
oshiriladi.
Elektryuritmani boshqarishning prinsipial chizmasi 25-rasmda keltirilgan. Bu
chizmada quyidagi belgilanishlardan foydalanilgan:
SV1 va SV2 – yoqib oʻchiruvchi knopkalar, KM-
kontaktor magnitli, KK-
issiqlik relesi, FU-qisqa tutashdan saqlagichlar, QS-rubilnik.Elektr yuritma
yoquvchi SV1 va oʻchiruvchi SV2 knopkalar yordamida ishga tushiriladi va
oʻchiriladi. SV1 bosilganda KM boshqarish oʻramidan tok oʻtib, kontaktor oʻzagi
magnitlanib, yakorni tortadi va KM normal uziq kontaktlarni ulaydi. Bunda ulovchi
kontakt SV1ning blokirovkalovchi kontakti va elektr yuritmaga manbaʼni ulovchi
KM kontaktlar ham ulanadi. Elektr yuritma ishga tushadi. Elektr yuritmani toʻxtatish
uchun SV2 oʻchiruvchi knopka bosilib, KM ga manba uziladi. Bunda
blokirovkalovchi KM kontaktlari ham uziladi. Elektr yuritma ishdan toʻxtaydi.
Elektr yuritmaga yuklama oshib ketganda, elektr yuritmani kuyishdan saqlash


uchun, issiqlik relelari ishga tushadi va manbaʼni uzadi. Elektr yuritmani qayta ishga
tushirish uchun yoquvchi SV1 knopka bosilib, KM kontaktori zanjiri ulanadi.
Rasm 9.4. Mexanizmlarning elektr yuritmalarini boshqarish chizmalari.
1.3.Nazorat savollari
1. Signallash sxemalarining qanday turlarini bilasiz va ularni loyihalash
tartiblari nimalardan iborat?
2. Prinsipial boshqarish, himoya va blokirovka sxemalarini loyihalash hususida
nimalarni bilasiz?
3. Prinsipial pnevmatik sxemalar qanday tartibda tuziladi?
4. Texnologik signallash sxemasining vazifasi, turlari va bajarish tartibi
qanday?
5. Ishlab chiqarish signallashining vazifasi, bajarish tartibi haqida nimalarni
bilasiz?
6. Prinsipial pnevmatik sxema elementlarining grafik va harfiy belgilanishi
qanday amalga oshiriladi?


Blokirovka chizmalari tuzish.
Ishning maqsadi: Blokirovka chizmalari tarkibini o’rganish, 
loyiha hujjatlarini yaratish, shakllantirish, Blokirovka chizmalariga qo’yiladigan 
talablar bilan tanishish.
Nazariy qism
Blokirovka sxemalari odatda texnologik jarayonda uskuna, apparatlarning
maʼlum bir tartibda ishga tushishini taʼminlaydi. 11-rasmdagi prinsipial sxemada
elektrodvigatel (M3) boshqa ikki (M1,M2) dvigatellar bilan blokirovka qilingan;
yaʼni M3 elektrodvigateli faqat M1 va M2 dan soʻnggina ishga tushishi mumkin.
Bunda KM1 va KM2 magnit ishga tushirgichlarning kontaktlari KM3 zanjiriga
kiritilgan universal qayta ulagich SAning dastagi “b” vaziyatda boʻlishi kerak. M1
yoki M2 dvigatelining birontasi toʻxtasa, M3 dvigatelning boshqarish zanjiri uziladi.
SA “q” (qoʻlda) vaziyatda turganda M3ni mustaqil ishga tushirish mumkin.
9.5-rasm. Prinsipial blokirovka sxemasiga misol.

1.3.Nazorat savollari
1. Signallash sxemalarining qanday turlarini bilasiz va ularni loyihalash tartiblari
nimalardan iborat?
2. Prinsipial boshqarish, himoya va blokirovka sxemalarini loyihalash hususida
nimalarni bilasiz?
3. Prinsipial pnevmatik sxemalar qanday tartibda tuziladi?
4. Texnologik signallash sxemasining vazifasi, turlari va bajarish tartibi qanday?
5. Ishlab chiqarish signallashining vazifasi, bajarish tartibi haqida 
nimalarni bilasiz?
6. Prinsipial pnevmatik sxema elementlarining grafik va harfiy belgilanishi 
qanday amalga oshiriladi?

Download 188.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling