2-amaliy mashg‘ulot. Hayot faoliyati xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi о‘rnining ergonomikasini o’rganish
Download 86.49 Kb.
|
2-amaliy ish
3. Ishlab chiqarish sanitariyasi ishchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish bilan jiddiy shug‘ullanadi. Bunga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida ishchi xodimlar uchun maishiy xonalarning o‘lchamlari quyidagicha bo‘lishi belgilanadi:
• garderobxona 1 kishiga 0,82 m² (bu o‘lchamlar ayrim o‘quv adabiyotlarda m² (kishi deb ko‘rsatilgan); • dushxona 1 kishiga 0,2 m²; • kiyim va poyabzallarni quritish uchun 1 kishiga 0,2; • ayollarning shaxsiy gigiyenasi uchun 50 kishiga 1,76; • erkaklar hojatxonasi 1 kishiga 0,09 (yoki 40 ishchiga bir unitaz hisobida); • ayollar hojatxonasi 1 kishiga 0,14 , • ovqatlanadigan xona 1 o‘tiriladigan joy 0,25; • 1200 ishchiga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash punkti 70; • ish vaqtida dam olish, isinish, quyosh radiatsiyasi va issiqlikdan saqlanish uchun 1 kishiga 0,7; • isinish uchun alohida xona 1 kishiga 0,1. Agar ayollarning umumiy soni korxonada 100 nafar va undan ko‘p bo‘lsa, ayollarning shaxsiy gigiyenasi xonasi bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Ayollar soni bir smenada 15 kishidan ortiq bo‘lsa, umumiy ayollar gigiyena xonalari bo’lishi shart. Maishiy xizmat xonalari ko‘chma vagonlardan iborat bo‘lsa, ularni chang ajratadigan jihozlardan 50 m, qurilayotgan obyektdan esa kamida 24 m o’zoqlikda o‘rnatiladi. Agar vagonlar soni ko‘p bo‘lsa, yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holda ikki qator qilib, kamida 10 tadan ortmagan holda, har bir qator orasi 1 m, ikkinchi ikki qatorli orasi esa kamida 18 m oraliq masofa saqlangan holda o‘rnatiladi. Har qanday holda ham, ishchilar toza ichimlik suvlari bilan ta’minlanishi, bu ichimlik suvlarining harorati 20˚C dan past, 8˚C dan baland (me’riy harorat 13-18˚C) bo‘lishi zarur. Issiq havoli mehnat sharoitlarida ishlovchilarni gazlangan ichimlik suvlari bilan ta’minlash kerak. 4. Ergonomika ilmiy fan bo’lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena fanlarining birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya va biofizika fanlarining ma'lumotlari qo’llaniladi. Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o'rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo’ladi hamda intellektual va flzik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. Boshqacha qilib aytganda, inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o'rtasida ma'lum kelishuvchanlik haqida so'z boradi. Albatta bunda o'ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim masalalari yechiladi. Lekin bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to’g’ri kelmaydi. Qisman ergonomika texnikani insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo bu masala har doim ham yechilavermaydi. HFX esa insonni texnikaga moslashtirish muammolarini ko'radi. Download 86.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling