2-amaliy mashg‘ulot. Hayot faoliyati xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi о‘rnining ergonomikasini o’rganish


Download 86.49 Kb.
bet4/7
Sana06.11.2023
Hajmi86.49 Kb.
#1752477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy ish

Ergonomika - bu mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir. Ergonomika tushunchasi grekcha- ish va qonun degan so'zlardan kelib chiqqandir.
Ergonomika so'zini birinchi bo'lib, 1875- yili o'zining “Ergonomika jihatilari, ya’ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan.
Yangi ilmiy fanni yaratish g'oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari Bexterev V.M. va Myasnitsev V.N.lar uni “egologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan.
1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Bu tushuncha asta-sekin keng tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda boshqa ta'riflar ham ishlatilib kelindi; misol: inson muhandisiyasi, muhandislik psixologiyasi, inson-mashina tizimida izlash, inson omillari kabi tushunchalar.
Ergonomika texnika rivojlanishining ma'lum etapi (bosqichi)da paydo bo'lgan bo’lib, ishlab chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart-sharoitdir. Yangi jihoz va unga to'g'ri kelgan ishlab chiqarish muhitini loyihalashda sodir bo'ladigan ko'pchilik savollarni faqat soglom fikr asosida yechish mumkin bo'lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi.
Ayrim yangi mashinalar namunasini sinash va foydalanish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida konstruktor va muhandislarimiz shunga ishonadilarki, inson organizmisiz mashinalarga bo'lgan ilmiy asoslangan talablar, balki eng takomillashgan texnik yechimlar ham yetarsiz darajada samaralidir. Bu shunday bir tushunchaki, mashinalarning konstruksiyasi insonning funksional ehtiyojlariga mos kelmasligidir.
Demak, ergonomika Inson-mashina-ishlab chiqarish – muhit tizimini o’rganadi.
Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o'lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya'ni mehnat jarayonlarini me'yorlash (optimallashtirish) va hamma ko'ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi tartibda sinflashimiz va turlarga bo'lishimiz mumkin:

Download 86.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling